avtomobili uchun 12 xil panellar tayyorlanadi. Tsexda shtamplarning
458 komplekti mavjud.
2. Shtamplash tsexi №2. Yangi shtamplash
tsexining yer maydoni
1.2 gektarni tashkil etib, ushbu tsex 2250 tonna kuchga ega bo‟lgan, bir
o'qda ketma-ket joylashgan shtamplash dastgoxlariga ega liniya bilan
jixozlangan:
- Bitta shtamp dastgoxi 2250 quvvatga ega;
- Uchta shtamp dastgoxlarining quvvati 1000 tonnaga tengdir.
Shuningdek, mazkur shtamplash tsexida
markazlashtirilgan bichim
chiqindilarini yig'ish, xamda metall chiqindilarini briketlash (shtamplab
to'rtburchak shaklga keltirish) tizimlari mavjud. Ikkinchi shtamplash
sexida Lacetti avtomobili uchun 17 xil panellar va Spark avtomobili
uchun 21 xildagi panellar tayyorlanadi. Shuningdek tsexda 122 ta
shtamplar komplekti mavjud.
3. Payvandlash tsexi №1. Ushbu tsexning umumiy maydoni 2.2
gektarni
tashkil qilib, tsexda Nexia, Lacetti va Matiz avtomobillarining kuzovlarini
payvandlash uchun 4 ta liniya mavjud bo'lib, payvandlash tsexi 115 ta
payvanlash robotlari bilan jixozlangan. TSexdagi barcha qurilmalar qo'l
rejimi va avtomatik boshqaruv rejimlarida bir xil ishlash imkoniga ega.
Mazkur tsexda soatiga Nexia - 20 ta, Matiz - 12 ta, Lacetti - 6 ta, ja'mi 38
ta kuzov ishlab chiqariladi.
4. Payvanlash tsexi №2. Butunlay yangi texnologik platforma asosida
2012 yilda qurilgan ushbu yangi payvandlash tsexining umumiy yer
maydoni 1.2 gektarni tashkil qiladi. Mazkur
tsexda Spark va Cobalt
avtomobillarining kuzovlarini payvanlash uchun 2 ta liniya mavjud.
5. Bo'yoqlash tsexi. Ushbu tsexning umumiy yer maydoni 1.7 gektar
bo'lib, tsexning ko'p qavatli binosidagi zamonaviy jixozlar tsex
maydonidan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi.
Mazkur