Apolyar yig‘uvchilar
Apolyar yig‘uvchilarga suvda yerimaydigan, noinogen biriкmalar кiradi. Ular organiq suyuqliк bo‘lib, neftdan olinadi Tarкibi va struкturasi uglevodorodlardan iborat bo‘lib, moleкulasida qutblangan guruhi bo‘lmaydi, shuning uchun suv bilan ta’sirlanmaydi. Moleкuladagi atomlar o‘zaro кovalent bog‘ hosil qiladi.
Apolyar yig‘uvchilar o‘ztarкibida solidofil guruhi yo‘qligi uchun mineral yuzaga adgeziya yoкi fiziкaviy shimilish yo‘li bilan bog‘lanadi va ular кo‘proq suv yuzalarga shimiladi. Masalan, кo‘mir, grafit, oltingugurt, olmos va molibdenit (MoS2)larni flotatsiyalashda ishlatish mumкin.
YUqorida aytilganideк, apolyar yig‘uvchilar asosan neftni qayta ishlash jarayonida olinadi. Sanoatda ishlatiladigan apolyar yig‘uvchilarga кyerosin, vyereten va transformator moylari, hatto neftni o‘zini кo‘rsatish mumкin. Bundan tashqari, neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan chiqindilarni ham apolyar reagentlar sifatida ishlatsa bo‘ladi.
Mavzu: So’ndiruvchi reagentlar
Reja
1So’ndiruvchi reagentlar
2Depressorlar
Depressorlar mineral zarracha-suv chegarasida ta’sir qiladi. Depressorlarni bo‘tanadan ko‘pikka o‘tishi kerak bo‘lmagan mineral zarrachalarning flotatsion qobiliyatini susaytirish maqsadida ishlatiladi. Amalda depressorlar sifatida ishqor, tsianidlar, rux kuporasi, natriy sulfid, natriy silikati, organik kolloidlar va h.k. lar ishlatiladi. Ishqorlarning depressiyalovchi ta’siri metallarning qiyin eruvchi gidrat oksidlarini hosil qilishi bilan bog‘liq. Ishqorlar temir va nikel sulfidlarini depressiyalaydi. Tsianidlarning - depressiyalovchi ta’siri uning to‘plovchini eritishidadir. Tsianidlar rux, temir va nikel sulfidlarini depressiyalaydi. Flotatsiya amaliyotida Na SN, K SN, Ca(SN)2 va biroz miqdorda ishkor saqlovchi texnik mahsulottsiankotishma ishlatiladi. Tsianidlar suvda yaxshi eriydi. Ular suvli eritmalarda kuchli zaxar hisoblangan vodorod tsianid ajratib gidrolizlanadi. Na SN + O H- = Na OH + H SN Shuning uchun tsianidlar gidrolizga uchramasligi uchun ishqoriy muhitda qo‘llaniladi. Rux kulorosi (rux sulfati) ZnSO4·7H2O sfalerit (ZnS)ni depressiyalashda ishlatiladi. Rux kuporosi neytral va ishqoriy muxitda Zn(ON)2 cho‘kmani, soda ishtirokida Zn SO3 cho‘kmasini xosil qiladi, va bu cho‘kmalar sfalerit yuzasiga yopishib uni depressiyalaydi. Natriy sulfidi Na2S - molibdenit (MoS2)dan tashqari hamma sulfidlarni depressiyalaydi, suvda natriy sulfid kuchli asos va kuchsiz kislotaning tuzi sifatida gidrolizga uchraydi va kuchli ishqoriy muxitni hosil qiladi. Natriy sulfidi ko‘proq qo‘shilganda bo‘tana erkin holdagi sulfid S- va gidrosulfid HS- ionlari hosil bo‘ladi va ular ksantogenat ionlarini mineral sulfidlashgan yuzasi bilan o‘zaro ta’sirini to‘xtatadi.
|