Axborotni himoyalash usullari




Download 175.97 Kb.
bet6/6
Sana22.02.2023
Hajmi175.97 Kb.
#43220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu
kimyoning-asosiy-qonunlari-, Amirova N 3, 11-amaliy topshiriq, 403 guruh 2-mustaqil ish mavzulari (1), 2-mavzu, 7 лаб, drtyjhkj, elektronika, Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiya, HTML, O‘ q u V – uslubiymajmu a ў Қ у в – у с л у б и й м-hozir.org, Sahna ma\'ruza 3 (1), Dori vositalarini ishlab chiqarish Validatsiya Q A Ubaydullaev Toshkent, 1731255168336226

Axborotni himoyalash usullari


Kompyuter tarmog’ida axborotni samarali himoyasini ta‘minlash uchun himoya tizimini loyihalash va amalga oshirish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak:
-xavf-xatarni tahlillash;
-xavfsizlik siyosatini amalga oshirish; -xavfsizlik siyosatini madadlash.
Birinchi bosqichda-kompyuter tarmog’ining zaif elementlari tahlillanadi, tahdidlar aniqlanadi va baholanadi, himoyaning optimal vositalari tanlanadi. Xavfxatarni tahlillash xavfsizlik siyosatini qabul qilish bilan tugallanadi.
Ikkinchi bosqich - xavfsizlik siyosatini amalga oshirish moliyaviy xarajatlarni hisoblash va masalalarni yechish uchun mos vositalarni tanlash bilan boshlanadi.
Bunda tanlangan vositalar ishlashining ixtilofli emasligi, vositalarni yetkazib beruvchilarning obroʻsi, himoya mexanizmlari va beriladigan kafolatlar xususidagi toʻla axborot olish imkoniyati kabi omillar hisobga olinishi zarur. Undan tashqari, axborot xavfsizligi boʻyicha asosiy qoidalar aks ettirilgan prinsiplar hisobga olinishi kerak.
Uchinchi bosqich - xavfsizlik siyosatini madadlash bosqichi eng muxim hisoblanadi. Bu bosqichda oʻtkaziladigan tadbirlar niyati buzuq odamlarning tarmoqqa bostirib kirishini doimo nazorat qilib turishni, axborot ob‘ektini himoyalash tizimidagi ―tahdidlarni aniqlashni, konfidensial ma‘lumotlardan ruxsatsiz foydalanish hollarini hisobga olishni talab etadi. Tarmoq xavfsizligi siyosatini himoyalashda asosiy javobgarlik tizim adminstratori boʻynida boʻladi. U xavfsizlikning muayyan tizimi buzilishining barcha hollariga operativ munosabat bildirishi, ularni tahlillashi va moliyaviy vositalarning maksimal tejalishini hisobga olgan holda himoyaning zaruriy apparat va dasturiy vositalaridan foydalanishi shart.
Axborotni himoyalashda hozirda qator himoya usullaridan foydalanilib, umummiy holda ular quyidagilarga boʻlinadi:
–axborotning huquqiy himoyasi;
–axborotning injiner – texnik himoyasi;
–axborotning tashkiliy himoyasi;
–axborotning dasturiy himoyasi;
–axborotning apparat va apparat-dasturiy himoyasi.
Himoya usullarining turlanishi ularda foydalanilgan vositalar va yondoshishlarga asoslanadi. Himoya usullarining tanlash esa oʻz navbatida tashkilotda ishlab chiqilgan axborot xavfsizligi siyosatiga koʻra amalga oshiriladi. Odatda axborot xavfsizligini ta‘minlashda barcha himoya usullaridan kompleks tarzda foydalanish orqali erishiladi.
Nazariy savollar:
1.Axborot xavfsizligi nima?
3.Axborot xavfsizligi sohalari?
4. Foydalanishni boshqarish qanday tashkil qilinadi?
5. Axborot xavsizligi xususiyatlari
6.Axborot xavfsizligi siyosati?
7.Axborotni himoyalash usullari?
Download 175.97 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 175.97 Kb.