Mehnat muhofazasi va texnika havfzik qoidalari




Download 0.93 Mb.
bet17/18
Sana22.06.2022
Hajmi0.93 Mb.
#24236
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
AYOLLAR YENGIL KOYLAGI DIPLOM ISHI
Samandar, Rustam diplom ishi, 1-Rus tili oraliq javoblari, EHM кафедра хужжати, Ftizyatriya hammasi
Mehnat muhofazasi va texnika havfzik qoidalari
Mehnat muhofazasi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog'ligini va xavfsizligini 
ta'minlash uchun yo'naltirilgan qonunlar majmuasi, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, 
profilaktik tadbirlar va vositalardir. 
Mehnatkashlaming sog'ligini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoillarini yaratib berish, kasbiy 
kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohailarini yo'qotish O'zbekiston Respublikasi hukumatinmg 
asosiy g'amho'rlikligidan biridir. 
Mehnat muhofazasi qonunlarida quyidagilar ko'rsatilgandir: 
koraonalarda mehnalni mahofaza qilishni tashkil etish qoidalari, uni rejalashtirish va 
mablag' bilan taminlash xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, shu bilan 
birga kasbiy kasaiklar 
va ishlab chiqarish jarohallaridan saqlanish 
shaxs
iy vosilalari, zararli ish sharoitlari uchun 
tovon to’lash 
- ayollaraing, yoshlaming va mehnat imkoniyatlari cheklanganlarning mehnatini muhofaza qilish 
qoida va me'yorlari: 
-mehnat muhofazasi sohasida nazorat tashkilotlari faoliyatini tartibgasoluvchiqoidalar; 
- mehnat muhofazasi qonunlari buzilganda qo'llaniladigan javobgarlik; 
Ishlab chiqarish korxonalarida odamga ko'pincha pasi va yuqori harorat, kuchli issiqlik nurlari, 
"chang titrashlar (vibratsiya), elektromagnit to'lqinlari, zaharli ximiyaviy moddalar, shovqin va 
boshqalar ta'sir ko'rsatadi: bular kishi sog'ligining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga 
olib kelishi mumkin. Bunday noxush ta'sirotlar va ulardan kelib chiqadigan asoratlarning oldini 
olish uchun ishchilar sog'ligi. 
Shuningdek, sanitariya-texnika moslamalari va qurilmalarining holati, sanitariya-maishiy 
jihozlar, 
individ
ual himoya vositalari smchiklab tekshiriladi. 
Kasbiy kasalliklar asosan to'rt guruhga: tashkiliy sabablar, gigienik sabablar, texnik va ruhiy 
fiziologik sabablarga bo'linishi mumkin. 
Tashkiliy sabablar: 
-xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong'in xavfi bo'yicha yo'riqnomaning 
umuman o'tkazilmaganligi va sifatsiz o'tkazilganligi; 
-ish joylari, yo'lak va transport yo'llarining to'silib qolishi; ish vaqtidan tashqari ishlash; 
Gigienik sabablar: 
oqova suvlaridagi va havodagi zararli moddalarning yuqori 
kontsentratsiyasi mavjudligi; 
-yoritilganlikning yetarli emasligi yoki ularning noqulay o'rnatilganligi; 
- sexlarda shovqinning me'yoridan ortiq bo'lishi; 
- har bir ishchiga to'g'ri kelishi kerak bo'lgan maydon va hajm bo'yicha 
ko'rilish me'yorlarming buzilishi; 
Texnik sabablar: 
uskuna va mexanizmlarning nosozligi;
mashinalarning xavfli joylarining to'silmaganligi; 
- og'ir va sermehnat ishlarning yetarli mexanizatsiyalashtirilmaganligi; Ruhiy—fiziologik 
sabablar: 
haddan ortiq charchash; 
ishning og'irligi; 
ishning monotonligi;
ishlab — chiqarish va mehnat intizomining buzilishi; 
ishchining nosog'lomligi; 
Kasb kasalliklari mehnat qobiliyatining pasayishiga, o'tkir va surinkali zaharlanishning
avj olishiga, umuman kasalliklarning ko'payishiga, uzoq muddat o'tgandan keyin paydo 
bo'ladigan yomon asoratlarga sabab bo'lishi mumkin. Charchashning tez yoki sekin ro'y berishi 
mehnatning xususiyatiga bog'liq: 
Kishi bir tarzda turib muskullariga zo'r keladigan ish bajarganda ancha tez, bir tekisda ish 
bajarganda birmuncha sekin toliqadi. 
Charchashning oldini olish uchun bekorchi harakatlarni bartaraf qilishga, ish o'rinlarining 
ratsional tashkil etilishiga, ish vaziyatiga va mashq qilishiga katta e'tibor berish kerak. 
Tikuvchining gavdasi stol chetidan 10—15 sm. narida turishi, tikayotgan bo'lak va ko'z orasidagi 
masofa taxminan 30 — 35 sra. bo'lishi kerak. Tirsagi stol sathida bo'lib, qo'l panjalari mashina 
platformasida turishi lozim, oyoq muskullari zo'riqishini kamaytirish uchun oyoq tagiga taglik 
qo'yiladi, mashina tepkisining oldingi tomoni poldan 220mm. baland turishi, tepki 20 gradus 
burchak ostida og'gan bo'lishi, oyoq qulay harakatlamshi, tepkining oldingi chetidan stul 
o'rindig'ining orqa chetigacha bo'lgan oraliq (gorizontal bo'lib) 650 mm. dan oshmasligi lozim. 
Ish joylarida mikroiqlim omillari — harorat, nisbiy namlik, havoning tozaligi hamda atmosfera 
bosimi tashkil etadi, Bunday muhit kishi organizmiga salbiy ta'sir qilib, uni sovitib yoki qizitib 
boradi. Kishi organizmining me'yoriy harakati 36 — 37 gradus bo'ladi. Organizm o'zi uchun 
zarur bo'lgan haroratni ta'minlab turish qobiliyatiga ega. 
Sex havosining harorati yuqori bo'lganda qon tomirlari kengayib, teriga qon me'yoridan ko'p kela 
boshlaydi va atrof muhitga issiqlik uzatish bir muncha ko'payadi. Shuning uchun issiq tsexlarda 
sal sho'rlangan gaz suvlari beriladi. Sexlardagi havo harorati pasayganda, qon tomirlari torayib, 
teriga qonning kelishi susayadi va tanada tashqi muhitga issiqlik berishi kamayadi. Kishi o'zini 
yaxshi his qilishi uchun harorat nisbiy namlik va havo harakati tezligi uyg'un bo'lishi zarur. 
Odamlar bino ichida uzoq vaqt bo'lganlarida bino havosi og'irlashadi. Shuning uchun binoni 
shamollatib, havosini almashtirib, iflos havuni chiqarib, tozasini kiritish zarurati tug'iladi. Sex 
havosini shamollatish tabiiy va mexanik bo'ladi. Mexanik shamollatish vintelyator va 
konditsionerlar bilan amalga oshiriladi. Agar havoni almashtirish fortochka, deraza yoki devor 
teshiklari orqali amalga oshirilsa, tabiiy shamollatish deyiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida tsexlarda chang ajralib kishi bunday havodan nafas olganda yuqori 
nafas yo'llari qichiydi va kishi o'zi hohlamagan holda yuzaki nafas oladi. Bu esa o'pka faoliyatiga 
salbiy ta'sir qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Chang, ko'z shilliq pardalarini 
qichittirib konyuektivit kasalligini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari chang zarrachalari 
tuberklyoz tayoqchalarini va zaruriy bakteriyalarni tashuvchi vositadir, U lampalar ustiga o'tirib, 
tsexdagi yorug'likni kamaytiradi. Bu esa ishchilar faoliyatiga va sog'ligiga ta'sir qiladi. Sexdan 
shamollatish sistemasi orqali so'rib olingan havo atmosferaga chiqarib yuborishdan oldin zararli 
moddalardan tozalanadi. Retsirkulyatsiya uchun tsexga qayta yuboriladigan havo zararli 
moddalarning miqdori 0,3 YKBK dan oshmasligi kerak. Hozirgi kunda changli havoni 
tozalovchi uskunalarning ko'plab turlari mavjud. 
Ishlab chiqarish sharoitida yoritganlik ishchilar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko'zni 
zo'riqtirmaydigan, ish vaqtida xonaning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo'lishi talab 
qilinadi. Yorug'lik ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi, yorug'lik nurlari ko'zga to'g'ridan -to'g'ri 
tushmasligi kerak. 
Ma'lumki, tabiiy yorug'lik manbai quyoshdir. Sun'iy yorug'lik manbai esa elektr energiyasi 
bo'lib, u cho'g'lanma va lyuminestsent lampalar orqali amalga oshiriladi. 
Lyuminestsent lampalar ishchilarni kamroq toliqtiradi, ranglarni idrok qilish qobiliyatlari ortadi. 
Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushning tartibsiz ravishda qo'shilib eshitilishi-shovqin deb 
ataladi. Tovush fizik holat sifatida, suv va boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to'lqinsimbn 
harakatlardan iborat. Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, 
miyada og'riq turg'izadi va quloq shang'illab asab sistemasiga ham yomon ta'sir qiladi. Ayniqsa 
fikrni to'plab, aqlli ish bilan shug'ullanishga imkon bermaydi, ish qobiliyatini (10 — 60% ga) 

Xulosa
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar modelini yaratish, zamonaviy o‘quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash muhim vazifalardan hisoblanadi.
- bmi da kasb-hunar ta’limida yengil sanoat yo’nalishi bo’yicha kichik mutaxassislar tayyorlashning metodologik muammolari o‘rganilib, maxsus fanlarni o‘qitishda amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishga alohida e’tiborni qaratish lozimligi ilmiy jihatdan asoslandi;
- o‘tkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar asosida mavzuni modulli o‘qitishda o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, o‘qitishni jadallashtirishga erishilishi, kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish, mustaqil o‘qish imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish aniqlandi;
- kasb-hunar kollejida “xotin-qizlar milliy ko’ylaklarini tikish” mavzusidagi amaliy mashg’ulotni modulli o‘qitishdan va faol usullardan foydalanish bo’yicha o‘tkazilgan tajriba –sinov ishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, “tikuvchilik texnologiyasi” fani bo’yicha tajriba sinov guruhlarida “a‘lo” va “yaxshi” bahoga o‘zlashtirish oshdi, “qoniqarli” baho olganlar kamaydi, “qoniqarsiz” baho oluvchilar bo’lmadi. Demak, tajriba-sinov guruhlarida yaxshi baholarning oshishi va qoniqarsiz baholarning kamayishi bmi da ishlab chiqilgan “xotin-qizlar milliy ko’ylaklarini tikish” mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarni modulli o‘qitishda va faol usullarni qo’llashda ta’lim samaradorligining oshishini isbotladi.



Download 0.93 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0.93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat muhofazasi va texnika havfzik qoidalari

Download 0.93 Mb.