I-BOB Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish




Download 0.93 Mb.
bet2/18
Sana22.06.2022
Hajmi0.93 Mb.
#24236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
AYOLLAR YENGIL KOYLAGI DIPLOM ISHI
Samandar, Rustam diplom ishi, 1-Rus tili oraliq javoblari, EHM кафедра хужжати, Ftizyatriya hammasi
I-BOB Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish
1.1 Ayollar ko’ylagiga qo‘yiladigan talablar.
Kiyimning sifati deganda, uning vazifasiga ko‘ra insondagi niuayyan talablarni qondirishga yaraydigan xususiyatlari tushuniladi. Demak, kiyim sifati talablar orqali 85 aniqlansa, iste’molchi talablari esa kiyimning sifatiga nisbatan qo‘yiladi, ya’ni sifat va talablar o‘zaro bog'langan. Ular inson talablarini qondiradigan quyidagi xususiyatlardan iborat: Kiyimni loyihalash talablar programmasini tuzishdan boshlanadi, talablar ikki guruhga ajratiladi: iste’molchi (matlubotchi)lar talablari va sanoat-ekonomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar. Birinchi guruhga exspluatasion, estetik, gigiyenik talablar kiradi. Estetik talablar. Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, yangi otdelkalar ishlatilganligi, iste’molchilarning estetik didlarini qondirishi tushuniladi. Estetik xususiyatga ega bo'lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o'z maqsadli funksiyasini — insonning estetik talabini qondiradigan o'ziga xos xususiyatini bajara olmaydi. Estetik ehtiyoj, go‘zallik qonunlariga ko'ra, insonning go'zaliikka va ijodga bo'lgan talablarini bildiradi. Gigiyenik talablar tanadagi havo almashinuvi darajasini bildiradi. Ushbu talablar kiyimni tuzuvchi materiallarning havo o'tkazuvchanligi hamda kiyimning konstruksiyasi (tuzilishi)ga bogliq. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-terdan yoki tashqi nam (qoryomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyasining qulayligi (kishining normal fiziologik funksiyalariga xalaqit bermasligi) kiradi. Kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog’lig’iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak, ya`ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o`tkazuvchan bo`lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bo`lishi, namni shimuvchan bo`lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol' o`ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, zig'ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi. Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo`lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko`pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bo`lishiga, bichimi esa qulay bo`lishiga e`tibor berish kerak. Kuzgi va baqorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog'ingarchilik ko`pligiga asoslanib ko`proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi. Ekspluatatsion talablar. Exspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi. Exspluatasion talablar kiyimning iste’mol davrida shaklini saqlovchanligi, chidamliligi, choklarining pishiqligi orqali namoyon bo'ladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta`sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta`sirlarga chidamli bo`lishi kerak. 86 Bunday ta`sirlardan kiyim sitiladigan, cho`ziladigan, rangini o`zgartiradigan yoki g’ijimlanadigan bo`lsa, u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamaning xususiyatlarini e`tiborga olgan holda kiyim modelini to’g’ri tanlash kerak ya`ni cho’ziluvchan, sitiluvchan gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma`qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho’ntak og'izlari, ko’p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o’z ko’rinishini yo’qotadi. Ikkinshi guruhga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. Ishlab chiqarish talabi deganda buyumni korxonada ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi. Tejamkorlik loyihalash xarajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish xarajatlari bilan xarakterlanadi. Ko’p modelli potoklarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik jihatdan qo’shimcha talablar qo’yiladi: bu talablar korxonalarning unifikasiyalashtirilgan barqaror potoklarda ishlashini ta’minlaydi. Tikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1. Bir asos bo’yicha bir necha modellarni tayyorlash mumkin bo’lsin.
2. Kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan bo’lsin.
3. Kiyimni tikishda ishlab chiqarish korxonasi o’zida bor mexanizatsiyadan va shart-sharoitlardan to’liq foydalana olsin.
4. Ishlab chiqarish korxonasi tayyorlanayotgan buyum yuqori unumli bqlishini e`tiborga olish kerak natijada mahsulot tannarxi arzon samaradorligi yuqori bo’ladi.

Download 0.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0.93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-BOB Ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik modellashtirish

Download 0.93 Mb.