II BOB QARAG‘AY TOIFA O’SIMLIKLARGA UMUMIY TAVSIF




Download 39,23 Kb.
bet4/5
Sana30.11.2023
Hajmi39,23 Kb.
#108138
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ochiq uruĝlilar yoki qaraĝay toifalilar bòlimi klassifikatsiyasi va keng tarqalgan sinf vakillari.
1 bob 2 bob, YOSH FIZIOLOGIYASI 2019(1), Импульсные схемы на операционных усилителях, Strelkali o\'tkazgichlar, Bayonnoma, Ryodan (1), 3-mavzu, murodova r uchtepa milliy xunarmandchilik kxkda oqitiladigan duradgorlik fanini oqitishda oqitishda innovatsion talim texnologiyalaridan foydalanish bmi, portal.guldu (4).uz-ҳ, 1-t, Mustaqil ish Mirzaqulov Nazarbek, 9 olim javoblari, 2 nazorat ishi, amaliy tayyor, Laziz Norboyevkursishi
II BOB QARAG‘AY TOIFA O’SIMLIKLARGA UMUMIY TAVSIF.
2.1 Qarag‘ay toifalar pinophita
Qarag‘ay toifalar (Pinophita) bo‘limi vakillarida o‘simliklar olamining boshqa bo‘limi turlaridan farqli ravishda urug‘ hosil qilgan. Ma‟lumki barcha urug‘li o‘simliklarning ya‟ni yopiq va ochiq urug‘lilar har xil sporali o‘simliklar hisoblanadi. Demak ularda spora ikki xil: erkaklik sporalari – mikrosporalar va urg‘ochilik sporalari – makrosporalar bo‘ladi. Bunda mikrosporalar erkaklik gametofiti, makrosporalar urg‘ochilik gametofiti boshlang‘ichini beradi. Shu holatga ko‘ra urug‘li o‘simliklar urug‘siz turli sporali o‘simliklardan (selaginella, polushnik, marsiliya yoki salviniya) farq qilmaydi. Shunday bo‘lsada ular orasida muxim farq bor. Urug‘siz yuksak o‘simliklarning urug‘lanish jarayonlari suvda amalga oshadi, urug‘li o‘simliklarda esa jinsiy ko‘payishda suvning bo‘lishi shart emas. Shu tufayli urug‘li o‘simliklar suvsiz sahrolarda yilning yomg‘irsiz vaqtlarida ham jinsiy yo‘l bilan ko‘payaveradi. Deyarli barcha urug‘siz yuksak o‘simliklarda megasporalar megasporangiydan chiqib ketadi, urug‘li o‘simliklarda esa megasporangiy ichida etilgan bitta makrospora, ichkarida qolib undan urg‘ochi gametofitning rivojlanishi va urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu jixatdan qaraganda ba‟zi turli sporali yuksak o‘simliklarda shu yo‘nalishda dastlabki siljishlar kuzatiladi. Selaginellaning ba‟zi turlarida megasporalar megasporangiy ichida qoladi va urug‘lanishdan keyin murtakning muayan o‘sishiga hatto yosh o‘simlikkacha rivojlanadi. Yuksak o‘simliklarga o‘xshash tomonlari ko‘p bo‘lgan turlar qirilib ketgan ba‟zi plaunsimonlarda miadesma (Miadesmia) va lepidokarpan (Lepidocarpon) turkumlarida kuzatiladi. Ularda megasporangiya sporafloidlar deb nomlanuvchi yon o‘simtalari qayrilib o‘sib qolishidan hosil bo‘ladi. Bu holat urug‘ga eng yaqin tuzilma bo‘lsada u hozirgi urug‘ga gomologik emas, balki analog bo‘ladi. Chunki ochiq urug‘lilarda urug‘ miadesmiya va lepidokarpondan ancha oldinroq paydo bo‘lgan. Urug‘li o‘simliklarda megasporangiy urug‘li plaunsimonlardan farqli o‘laroq “integument” (lotincha – integumentum – qoplag‘ich, qoplam degan ma‟noni anglatadi) deb nomlanuvchi maxsus qoplam bilan qoplangan. Ularning kelib chiqishi lepidokarpon yoki miadesmiya megasporangiylari qoplag‘ichidan butunlay farq qiladi. Integument bilan qoplangan megasporangiy urug‘kurtak deb nomlanadi. Bu haqiqatdan ham urug‘ning boshlang‘ichi bo‘lib undan urug‘lanishdan keyin urug‘ rivojlanadi. Ma‟lumki megasporaning rivojlanishi ya‟ni urg‘ochi gametofitning rivojlanishi megasporangiyada (urug‘kurtak ichida) sodir bo‘ladi. Urug‘kurtak ichida urug‘lanish sodir bo‘lib, murtak rivojlanadi. Bu hol urug‘lanishni suvsiz sodir bo‘lishini ta‟minlaydi. Murtakning rivojlanish jarayonida urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Ko‘pchilik urug‘li o‘simliklarda urug‘murtakning unib chiqib tayyor urug‘ holiga kelishi ona organizmining o‘zida sodir bo‘ladi .Ammo sagovniklarda va ginkgo turkumi vakillarida urug‘kurtak murtak hosil bo‘lgunga qadar hattoki urug‘lanishga qadar ham erga to‘kilishi mumkin va shunday ekan ularda murtakning rivojlanishi qisman erda amalga oshadi. Bu holat qirilib ketgan ochiq urug‘lilarda, urug‘li qirquloqlar va kordaitlarda yanada ko‘proq namoyon bo‘lgan. Ginkgo va sagovniklarda shuningdek qirilib ketgan ba‟zi bir guruxlarda urug‘ evolyustiyasining boshlang‘ich bosqichlari namoyon bo‘ladi. Shunday qilib murtak erta yoki kech shakllanadimi, u erda yoki ona organizmida paydo bo‘ladimi, har ikkala holda ham urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Sagovniklar va ginkgo urug‘larida primitiv urug‘larga xos xarakterli xususiyat mavjud bo‘lib, ularda tinim davri bo‘lmaydi. Urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligida urug‘larida tinim davri bo‘ladi. Agar urug‘ tinim davrini o‘tamasa urug‘ unib chiqmaydi.bundan tashqari tinim davri muhim biologik ahamiyatga ega bo‘lib, u urug‘ni uzoqroq masofalarga tarqalishiga hamda, yilning noqulay sharoitlaridan saqlanishiga imkon beradi. Ichki urug‘lanish murtakning urug‘kurtak ichida rivojlanishi urug‘li o‘simliklarning qirqquloqlar va boshqa urug‘li yuksak o‘simliklarga nisbatan er yuzida keng tarqalishiga, yuqori darajada moslasha olishiga imkon beradi. Spora bilan ko‘payishda juda ko‘p (odatda millionlab) avlod paydo bo‘ladi. Urug‘ bilan ko‘payishda esa bundan bir necha marta kam avlod paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra urug‘ sporaga nisbatan o‘simliklarning ishonchli tarqalish hosilasidir. Urug‘ yaxshi tarkibiy tuzilmali bo‘lib, unda murtak – kichkina ildizcha, kurtakcha, va urug‘palladan iborat. urug‘ po‘stiga biriki b turgan ildizcha po‘stloqdan ajralgach tashqariga chiqadi va yangi o‘simlik ildiz tarzida rivojlanadi. Murtak urug‘da biroz rivojlanadi va urug‘ po‘stini yorib chiqadi. Lekin buning uchun unga ba‟zi dastlabki oziq moddalar va fermentlar kerak. Urug‘ning o‘zida zaxira oziq moddalar va murtakning kichkina biokimyoviy laboratoriyasi tayyor bo‘ladi. Bu holatlar hayvonot dunyosidagi avlodga g‘amxo‘rlik instinktiga o‘xshab ketadi. Bugungi kunda fanga ma‟lum bo‘lgan barcha ochiq urug‘li o‘simliklar (qirilib ketganlari ham) o‘zlarining qadimiy hayotiy shakliga ya‟ni, daraxt va butalardan iboratligi bilan ajralib turadi. ko‘pincha ular ninabargli daraxtlar singari yirik daraxt bo‘lib, ba‟zan esa ninabarglilarning ba‟zi turlari yoki efedra kabi uncha yirik bo‘lmagan buta bo‘lib o‘sadi. Ba‟zi bir ilashib o‘suvchi ninabarglilarni hisobga olmaganda deyarli barcha ochiq urug‘lilar tik o‘suvchi o‘simliklar hisoblanadi. Lekin bular orasida gnetum turkumining ko‘pchilik turlari va ba‟zi efedralar liana bo‘lib o‘sadi. Ochiq urug‘lilarning faqatgina ikki turi Chimborasoning stenneya (MDH da dekorativ o‘simlik) o‘rmonlarida o‘sadigan Gnetum trinerve – uch tomirli gnetum va Yangi Kaledoniyada o‘sadigan Parasitaxus ustus shular jumlasidandir. Ba‟zi ochiq urug‘lilar nisbatan katta yoki kichik bo‘lib ko‘plab shox shabba hosil qiladi, qisman tangachasimon bargli, boshqalari esa kam shox shabba hosil qiladi yoki qilmaydi barglari esa nisbatan yirik ko‘plarida patsimon bo‘ladi. Ko‘p shox shabba hosil qiladigan ochiq urug‘lilarga kordaitlar, ginkgolar va ninabarglilar kirsa, aksincha kam shox shabba hosil qiladigan turlarga urug‘li qirqquloqlar, bennititsimonlar, sagovniklar kabilar kiradi. Bu ikki guruxning barglari nafaqat o‘lchami va soni bilan balki anatomik va morfologik tuzilishi bilan farqlanadi. Ko‘p hollarda ochiq urug‘lilar bargining tuzilishi turkum, oila yoki qabilani aniqlashda xarakterli belgi sanaladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning barg og‘izchalari asosan 2 xili gaploxeyli (oddiy labchali) va sindetoxeyli (murakkab labchali) farqlanadi. Bulardan gaploxeyli tipi qadimiy va sodda tip hisoblanadi. U shunisi bilan xarakterlanadiki og‘izchaning murtak hujayrasidan faqat oxirgi hujayra hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha hujayra esa og‘izchaning qo‘shni ona hujayra protodermasi hujayrasining bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Gaploxeyli tip ko‘pchilik ochiq urug‘lilarda kuzatiladi (shuningdek ginkgolarda ham gaploxeyli og‘izchalar mavjud). Sindetoxeyli tip takomillashgan va evolyustion jihatdan yosh tip sanaladi. Unda o‘sha dastlabki (murtak) hujayradan ham oxirgi hujayra ham qo‘shimcha hujayra hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Sindetoxeyli tip bennetitsimonlar va unga yaqin ba‟zi qirilib ketgan guruxlarga shuningdek hozirgi velvichiya turkumiga xos. Qarag‘aytoifa o‘simliklarning yana bir qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularning generativ kurtaklarida barcha sporali yuksak o‘simliklar singari arxegoniy rivojlanadi. Murtak va endospermli haqiqiy urug‘ning bo‘lishi ko‘pchilik ochiq urug‘li o‘simliklar uchun xos. Murtak borligi va uning yashirin joyda bo‘lishi bu o‘simliklarning erda yashashga moslanishdagi ko‘p xususiyatlaridan biridir. Ularning yog‘ochligi faqat traxeyadan iborat bo‘lib, ularda yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos bo‘lgan haqiqiy naychalar bo‘lmaydi. Ammo zog‘oza, gnetum va velvichiya singari urug‘i po‘stga o‘ralgan ochiq urug‘lilar bundan mustasno. Qadimgi ochiq urug‘lilar (urug‘li paporotniklar va sagovniklar) ning tanasida o‘zak va po‘stloq kuchli, yog‘ochlik zaif rivojlangan. Hozirgi ochiq urug‘lilarda (masalan, ninabargli daraxtlarda) esa po‘stloq juda yupqa, o‘zak biroz rivojlangan bo‘lib, tanasi asosan yog‘ochdan iborat. Ochiq urug‘li o‘simliklarning guli (qazilma bennettitlarni hisobga olmaganda) bir jinsli. Erkak gullari g‘udda, boshoqcha yoki kuchala shaklida bo‘ladi. Urg‘ochi gullari esa xilma – xil tuzilgan, ko‘pincha g‘uddaga to‘plangan bo‘ladi. Ular bir yoki bir necha yoki juda ko‘p makrosporachi bargchalardan iborat bo‘lib, bitta yoki bir necha urug‘kurtagi ochiq holda joylashadi. Ko‘pchiligining murtakli haqiqiy urug‘i ham bo‘ladi. Faqat yo‘qolib ketgan urug‘li paporotniklar va kordaitlarda juda sodda urug‘ bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar devon davridan ma‟lum, mezozoy erasida avj olib rivojlangan, paleozoy erasida esa birmuncha kamaygan. Toshko‘mir davrining oxirida erda iqlim juda o‘zgarib ancha quruq va sovuq bo‘lgan. Bunday sharoit o‘simliklar dunyosida o‘zgarishlarni vujudga keltirgan. Qirqquloqsimonlarning ko‘pi qirilib ketgan. Ularning o‘rniga yangi sharoitga moslashgan ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Hozir ularning 600 ga yaqin turi ma‟lum. Ochiq urug‘li o‘simliklarning hammasi daraxt yoki butalar bo‘lib, o‘t o‘simliklari bo‘lmagan, ular butun er yuzida uchraydi.shimoliy yarim sharda ular ninabargli o‘rmonlarni hosil qilgan.

2.2 Qarag‘aytoifa o’simliklarning kelib chiqishi va klassifikastiyasi.


Yuksak o‘simliklar ichida urug‘li o‘simliklar progressiv evolyustion yo‘nalish sari rivojlanib borgan. Ular sporali o‘simliklardan ancha murakkab tuzilganligi va tashqi muhitda moslashganligi bilan farq qiladi. Urug‘li o‘simliklarda sporali o‘simliklarga xos bo‘lgan suv tomchilariga bog‘liqlik yo‘q. Jinsiy jarayon, ya‟ni urug‘lanish kuruqlikda sodir bo‘ladi. Urug‘li o‘simliklarning yangi bir ustunlik tomoni shundaki, changlanish va urug‘lanish jarayonlari urug‘chili o‘simliklarning o‘zida sodir bo‘ladi.Chunki urug‘ murtagida ildizcha, poyacha va bargchalarni ko‘rish mumkin. Shu sababdan urug‘lar qulay sharoitga tushishi bilan o‘sib, haqiqiy o‘simlikka aylanadi. Sporali o‘simliklarda esa spora o‘sib o‘simta yoki maysachadan jinsiy organlar etilib suv tomchilari yordamida urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklarga nisbatan quruqlikka yaxshiroq moslashgan va keng tarqalgan. Bundan tashqari sporada oziq moddalar urug‘larga nisbatan kam bo‘ladi. Shu sababdan sporalar tez-tez nobud bo‘lib turadi. Urug‘li o‘simliklar ikkita bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi: 1.Qarag‘aytoifa (Ochiq urug‘lilar) o‘simliklar bo‘limi. 2.Magnoliyatoifa (Yopiq urug‘lilar) o‘simliklar bo‘limi. Ochiq urug‘li o‘simliklarda urug‘ hosil bo‘ladi, lekin meva vujudga kelmaydi. Chunki ochiq urug‘larda meva bo‘lmaydi, urug‘ kurtak ochiq holda joylashgan. Yopiq urug‘li o‘simliklarda esa urug‘ ham, meva ham bor, ya‟ni urug‘ni tashqi tomondan meva o‘rab turadi. Shu sababdan ochiq urug‘li va yopiq urug‘li nomlari kelib chiqqan. Ochiq urug‘li o‘simliklarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklar evolyustiyasi yanada progressiv bo‘lgan.
Ochiq urug‘li o‘simliklar ham yuksak o‘simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy erasining oxiri, mezazoy erasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo‘lgan. Ayniqsa, paleozoy va mezozoy eralarida tog‘ ko‘tarilishi jarayonlari natijasida quruqlik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo‘lsa ham qurg‘oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o‘zgarishi paporotniklarni siqib chiqarib, ularning o‘rnini ochiq urug‘li o‘simliklar egallashiga sabab bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar ba‟zi olimlarning fikricha, eng qadimiy har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug‘lilar ham boshqa urug‘li o‘simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megasporagiylardan megaspora voyaga etadi. Bu ikkala spora shakli, katta kichikligi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ko‘pincha mikro va megasporalar strobillarda (qubbalarda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo‘lgan. Demak, ayrim bennettitlarning strobillari ikki jinsli bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog‘ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari xilma-xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababdan ochiq urug‘lilarni klassifikastiya qilishda bu belgilar muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda bu bo‘limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo‘lib, ular 68 turkum, 10 qabila va 6 sinf (ajdod) ga kiradi. Ochiq urug‘lilar Er yuzida keng tarqalgan bo‘lib, Shimoliy yarim sharda Tayga o‘rmonlarini hosil qiladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning chiqib kelishi asosan devon davri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o‘sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Ochiq urug‘lilar evolyustiyasida kambiyning paydo bo‘lishi, ikkilamchi ksilemaning vujudga kelishi katta rol o‘ynagan, natijada ularning daraxtsimon shakllari taraqqiy etib borgan. Devon davrining oxirlarida arxeopterislar vujudga kelib, ularning bo‘yi 30 m ga etgan. Ularda dastlabki barglar shakllanib borgan, bu esa ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishida katta rol o‘ynagan. Bu borada 1968 yilda D. J.. Peti va Ch. Beklar yuqori devon davriga xos bo‘lgan urug‘ yoki urug‘li o‘simliklarning mahsuli urug‘ bundan 370 mln. yil oldin bo‘lganligini isbotlaganlar. Arxeopterislarda o‘zak va ikkilamchi ksilemaning bo‘lishi ularni ochiq urug‘lilarga yaqinlashtiradi. Lekin urug‘li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan, umuman bularda yog‘ochlik o‘rniga floema yaxshi rivojlangan. Demak ochiq urug‘lilar haqiqiy qirqquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o‘simliklardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ochiq urug‘li o‘simliklarda xarakterli belgilardan biri urug‘ning hosil bo‘lishidir. Urug‘ urug‘kurtakdan hosil bo‘ladi. Urug‘kurtak esa shakli o‘zgargan megosporangiydir. Ular megosporofilda ochiq holda o‘rnashgan. Magnoliyatoifa o‘simliklarda esa urug‘kurtak urug‘chi tugunchasining ichida joylashgan. Evolyustiya jarayonida megosporangiya urug‘kurtakka, mikrosporangiya esa changdonga aylangan. Mikrosporangiyalar esa changga aylangan. Qarag‘aytoifa o‘simliklar hayotiy shakli jihatdan daraxt, buta va ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o‘simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. Qarag‘aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo‘lishidir. Qubbalar o‘q poya, qoplagich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo‘ltig‘ida urug‘kurtak yoki changdonlar joylashgan, shunga ko‘ra ular changchi (erkaklik) va urug‘chi (urg‘ochi) qubbalarga ajraladi

XULOSA
Ochiq urug‘lilarni xarakterlovchi asosiy belgilaridan biri, ular urug‘ hosil qilib, shu urug‘lari yordami bilan ko`payadi. Urug‘lar shaklan o`zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo`lgan “urug‘kurtak”dan paydo bo`ladi. Urug‘kurtak va shunga yarasha urug‘ to`g‘ridan-to`g‘ri sporofillarda joylashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joylashishi — ochiq urug‘lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir.
Qubbalilarning geologik tarixi yuqori karbon davridan boshlanadi. Ularning yuksalishi mezozoy erasining yura va ayniqsa bo‘r davriga to‘g‘ri keladi. Ular o‘simliklar olamining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p jihatdan o‘xshash belgilariga ko‘raqubbalilar kordaitlardan kelib chiqqan degan xulosaga kelinadi.
Bu davrda qubbalilarning ekologik va geografik jihatdan differensiallanishisodir bo‘lgan va ular ayrim oilalilarining vakillari janubiy, ayrimlariniki esa shimoliy yarim sharlarda tarqalgan.
Qarag‘aydoshlar turlarning soniga ko‘ra eng kata oila hisoblanadi. Uning 10
ga yaqin turkumga mansub 250 dan ortiq turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida keng tarqalgan. Xo‘jalik ahamiyati jihatidan ochiq urug‘li o‘simliklar ichida to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Poyasida yillik halqalar aniq ko‘rinadi, traxeoidlarining radial devorida hoshiyali tuynuklar bor. Aksariyat qismi bir uyli, qubbalilari bir jinsli. Changchi qubbalari to‘q sariq yoki qizil rangli. Changdonning ostki tomonida mikrosporangiylar ikkitadan joylashgan. Changida maxsus havo bo‘shliqlari bor.
Urug‘chi qubba markazidan o‘tadigan ustunchaning urug‘ qipiqlari qoplag‘ich qipiqlari qo‘ltig‘ida, uning ust tomonida esa ikkitadan urug‘murta joylashgan. Urug‘i ko‘pincha qanotli, ayrim turlarida urug‘ kanotsiz likopcha shaklida.
Igna barglilar juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Xalqning yog‘ochga bo‘lgan talabini deyarli hammasi shular hisobidan qondiriladi. Qurilish ehtiyojlari, yoqilg‘i, qog‘oz materiallari, uy anjomlari uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar tayyorlashda ishlatilishidan tashqari, ulardan smola (yelim) terpentin, kanifol, skipidar, glyukozidlar va yog‘och spirti olishda foydalaniladi. Ayrim turlarining urug‘i oziq-ovqat uchun va moy olishda ham ishlatiladi.



Download 39,23 Kb.
1   2   3   4   5




Download 39,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB QARAG‘AY TOIFA O’SIMLIKLARGA UMUMIY TAVSIF

Download 39,23 Kb.