• Kurs ishi obyekti
  • Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati
  • Kurs ishi tuzilishi.
  • I bob O'yinning maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik jarayonidagi o'rni




    Download 169.5 Kb.
    bet2/8
    Sana19.10.2022
    Hajmi169.5 Kb.
    #27550
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Óyin - bola hayotining asosiy turi
    1665378930, CASE технологиялар
    Kurs ishining maqsadi: O’yin bola hayotining asosiy turini oʻrganish.
    Kurs ishining vazifalari:
    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qoidali o‘yinlar talim berish shakli pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
    2. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli mazmunini ishlab chiqish.
    3. Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli koʻnikmalariga qoʻyilgan talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish.
    Kurs ishi obyekti: Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 50-sonli Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti.
    Kurs ishi predmeti: Qoidali o‘yinlar bolalarga talim berish shakli o‘ziga xosligining mazmuni.
    Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalandik.
    1) Kuzatish
    2) Suhbat.
    3) Savol javob.
    4) Tajriba
    Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim tizimi konsepsiyasi mohiyatini va uning ahamiyatini o`rganib chiqamiz va tahlil qilib ma`lumotlar yig`amiz. To`plangan ma`lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo‘lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
    Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
    I Bob O‘yinning maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik jarayonidagi o'rni.

      1. O‘yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli.

    O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotisi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul.


    Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
    Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin.
    Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
    Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi.
    Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
    O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin.
    G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojla- nishini, o'yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan.
    Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
    Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta’lim- tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo'lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand bo'lishlarini ta’minlash lozim.
    Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsi- ning hamma tomonlariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.
    Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari chiroyli bo'lishini ham ta’minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
    O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz
    yaratishlari - xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda avval o'rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
    O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham foydalaniladi.
    Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlikbola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning .isosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi.
    Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi.
    Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.


      1. Download 169.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 169.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob O'yinning maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik jarayonidagi o'rni

    Download 169.5 Kb.