I bob O'yinning maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik jarayonidagi o'rni




Download 169.5 Kb.
bet5/8
Sana19.10.2022
Hajmi169.5 Kb.
#27550
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Óyin - bola hayotining asosiy turi
1665378930
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1.Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi kerak.
2.Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko'p bo'lishi kerak.
3.Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.
4.Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.
5.Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich.Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, sher yoki ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.
3-bosqich.Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich.O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko'rsatadi.
1-Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo'lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham olinadi. Sahnalashtirish o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar
atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bog'lanib ketadi.Qurilish o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos bo'lib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib bo'lmaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo'lishi va ulardan o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi.Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo'lib, ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalar tafakkurini rivojlantiradi: kuzatilayotgan inshootlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o'xshash va farq qiladigan tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to'g'ri hal qilishga o'rgatadi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar geometrik jismlarning xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past, o'ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o'yin orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash vazifasi ham amalga oshiriladi.
Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarning ma’naviy dunyosiga ham ta'sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata turib, davlatimizning xalq farovonligi to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatayotganligini tushuntiradi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javob- garlikni his etgan holda munosabatda bo'lishi hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning qizig'i shundaki, u bolalarga zo'r zavq-shavq bag'ishlaydi.
Bolalarni ba'zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli emas, balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning o'zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega.
O'yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan o'ynashni rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit yaratish zarur.
1.Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o'ynashi uchun yetarli bo'lishi kerak.
2.Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni quradigan va bir necha kungacha saqlab qolishning iloji bo'lgan joy bo'lishi kerak.
Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo'lgan g'ildirakli shkaf bo'lgani yaxshi. Uni bolalar xohlagan tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf ichini tartibli saqlash zarur.
1.Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o'yinchoqlar, o'yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo'lishi mumkin.
2.Bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo'lishi zarur.
3.Ona o'lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning har xil turlarini tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo'lishi kerak.
4.Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu- nalari tasvirlangan albom.
5.Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan kuzatish kerak.
6.Qurilish usullarini o'rgatish lozim.
7.Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha hatto undan ko'proq muddat saqlash kerak.
Qurish-yasashga o'rgatishning asosiy usullari. Bolalarni qurish-yasashga o'rgatish uchun tarbiyachi turli xil usullarni qo'llaydi:
1.Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib ko'rsatadi.
2.Tarbiyachi biron narsani o'zi qurib ko'rsatadi va bunga kirgan har bir qismni tahlil qilib beradi.
3.Tayyor qurilish namuna sifatida ko'rsatiladi.
4.Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko'rsatadi (tomini yasashni, qanday yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi).
5.Tarbiyachi ataylab chala qurib qo'yilgan qurilishni bolalarga qurib bitkazishni taklif qiladi.
6.Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi.
7.Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.
8.Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini, nimalar, qanday detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi.
Qurish-yasash usullari bolalarga mashg'ulotlarda o'rgatiladi.
1.Qurish o'yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari bilan o'ynaydigan o'yinlariga rahbarlik usullari ularning yoshiga bog'liq. Kichik guruhda bolalar uncha murakkab bo'lmagan qurilishlarni bajaradilar.
2.Ular uchun stol ustiga qo'yib o'ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur. Bitta stol atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish materiallari egallab olmasliklari uchun stolning u boshi bilan bu boshiga pastgina skameyka yoki taburetka qo'yiladi. Bolalar o'zlarining qurilish materiallarini yashigi bilan qo'yib qo'yadilar. Bu birinchidan, stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi, ikkinchidan, bolalarga yashiklardan kerakli qurilish ma'teriallarini olish qulay, Bog'cha maydonchasida' o'ynash uchun kub, gula, silindrga o'xshash alohida qurilish materiallaridan foydalanish zarur.
Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham bo'lishi kerak. Yilning ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar qurish uchun kvadrat, to'g'ri burchak, har xil o'rtasi teshik dumaloq shakldagi faner parchalari bilan to'ldirish lozim. Bolalarning qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun tik turdagi daraxtlar, hayvonlar, mashinalar, qo'g'irchoqlar ham kerak bo'ladi. Tarbiyachi bu materiallardan nima qurish mumkinligini bolalarga ko'rsatadi: qo'g'irchoqqa stol, stul, karovat yasash, ular uchun bog' va bog'ning ichiga skameykalar qo'yish, mashinaga garaj yasash va hokazo.
Bolalarni qurilish materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda o'ynaydi va bu materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog'cha hovlisida qurish mumkin.
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o'yinlari maxsus qirg'og'i ko'tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o'ynashda gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo'lishi, bolalar jazirama quyosh tagida o'ynamasliklari lozim.
Kichik bolalar qum bilan o'ynaganda oldiga ma’lum maqsad qo'ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o'zi «quradi» va bolalarga qurishni taklif qiladi. Masalan, qumni to'plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi. Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar bilan bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog'lar qurishadi, uyga qo'g'irchoqlar ko'chib keladi. O'yinni o'zgartirish uchun o'yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog'i va boshqalar. Tarbiyachi o'yinga kichik bolalarning hammasini jalb etishi kerak.

Download 169.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 169.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob O'yinning maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik jarayonidagi o'rni

Download 169.5 Kb.