-§ Fizika o`quv-laboratoriya xonalaridagi o`quv jihozlari va o`quv-laboratoriya asbob-uskunalariga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari




Download 2.25 Mb.
bet6/10
Sana01.03.2023
Hajmi2.25 Mb.
#43856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, DILFUZA, 17.04
2.2-§ Fizika o`quv-laboratoriya xonalaridagi o`quv jihozlari va o`quv-laboratoriya asbob-uskunalariga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari

Xonadagi o’quv jihozlarining barchasi, ta`limning texnikaviy vositalari va boshqalar mehnat gigiyenasi, sanitariya- gigiyena hamda xavfsizligi texnikasi talablariga javob berishi lozim. O’quv xonasida texnika vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi “eslatmalar” bo’lishi kerak.


Xona tabiiy va sun`iy yoritilish talablariga mos bo’lishi kerak. O’quv binosi oynalarining joylashishi janubga, sharqqa yoki janubi-sharq tomonda bo’lishi kerak. Xonadagi yoritilish chap yon tomonlama bo’lishi kerak.
Sun`iy yoritilish uchun o’quvchining yoshi, ko'rish qobiliyatlarining o'sib borishini e'tiborga olingan holda zamonaviy sun`iy yoritkichlardan foydalanish va ularning joylashtirilishi hamda doimiy ravishda ishlashini ta`minlash kerak.
O’qituvchi ish joyi yoritilishida sun`iy yoritkichlar bilan yoritilish me`yorlariga amal qilish kerak.
Xonani bo’yoqlari uning joylashishiga qarab iliq yoki salqin tonda nimrang bo’lishi, janubga tomon qaragan xonalar salqin tonlarda ya`ni och moviy, kulrang, yashil rangda bo’yalishi, shimolga tomon joylashgan xonalar iliq tondagi ranglar ya`ni sariq, pushti ranglarda bo’yalishi kerak. Oq, to’q ranglar, jigarrang, ochiq moviy, qora, qizil, malina ranglari tavsiya etilmaydi.
Sinf pollari zich, yoriqlarsiz, issiqni saqlashga moslangan linolium yoki parket bo’lishi kerak. Sinf eshigi va deraza romlari oq rangda bo’lishi kerak. Devorlardan yorug’likning qaytish koeffitsienti kamida – 0.5-0.6 shiftda 0.7-0.3 pollarda 0.3-0.5 bo’lishi kerak.
Sinf xonasi, laborant xonasining issiqligi, ventilyatsiyasi hisob-kitobi olinishi, xona harorati , havo namligi ni tashkil etishi kerak.
Xonaning elektr toki bilan ta`minlanishi amaldagi talablar asosida bo’lishi kerak.
Yoritish vositalari toza va soz holatda bo’lishi lozim. Yorug’lik tushuvchi oynalarni kamida yilida ikki marta tozalash kerak.
O`quv-laboratoriya xonalarida sinalmagan yong’in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo’lgan moddalar va materiallarni qo’llash taqiqlanadi.
O’quv-laboratoriya xonalari uchun hududiy yong’in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma ishlab chiqilishi va ko’rinadigan joyga osib qo’yilishi lozim.
O’qituvchi va o’quvchilar bilan yong’in xavfsizligi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilishi va ularga yong’inning oldini olish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berilishi kerak.
Ta’lim muassasasi binosiga tutash holda qurilgan o’quv-laboratoriya xonalari boshqa xonalardan tovush yutuvchi vositalar bilan himoyalangan bo’lishi lozim.
O’quv-laboratoriya xonalaridagi chiqindilar har doim yig’ishtirib olinishi lozim.
O’quv-laboratoriya xonalarining poli issiq, tekis va tozalash uchun qulay bo’lishi lozim.
O’quv-laboratoriya xonalari ichimlik suvi bilan ta`minlanishi lozim.



Download 2.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Fizika o`quv-laboratoriya xonalaridagi o`quv jihozlari va o`quv-laboratoriya asbob-uskunalariga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari

Download 2.25 Mb.