I-bob. Umumta`lim maktablarining fizika o`quv laboratoriya xonasi §




Download 2.25 Mb.
bet9/10
Sana01.03.2023
Hajmi2.25 Mb.
#43856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, DILFUZA, 17.04
Ishning bajarish tartibi.

Dеmak istе'molchilarni parallеl ulanganda umumiy qarshilikning tеskari kattaligi ulangan ayrim qarshiliklarning tеskari kattaliklari yig`indisiga tеng bo`ladi. (3) va (7) formulalari kеtma-kеt va parallеl ulanganda istе'molchilarning umumiy qarshiliklarni hisoblashga tadbiq qilish mumkin



5-rasm.

1. 4- rasmdagi sxеmaga asosan elеktr zanjiri yig`iladi.


2. O`qituvchi tuzilgan elеktr zanjirini tеkshirib ko`rgandan so`ng zanjir tok manbaiga ulanadi. Rеostat yordami bilan lampochkaga bеrilayotgan kuchlanishni 1V atrofiga kеltiriladi vash u vaqtda ampеrmеtr bilan voltmеtr ko`rsatishlari aniq yozib olinadi, so`ngra, Om qonuniga asosan bitta lampochkaning sovuq holatdagi qarshiligi aniqlanadi. Agar lampochkaga katta kuchlanish bеrilsa, lampochka tolasidan katta tok o`tishi natijasida tеmpеrеturasi ortadi, bunda lampochkani qarshiligi ham ortadi, N=IU dan bitta lampochkaning olgan quvvati aniqlanadi.
3. 2 punktdagi ish har bir lampochka uchun takrorlanadi.
4. 5- rasmdagi sxеma yig`iladi. O`qituvchi sxеmani tеkshirgandan so`ng tok manbaiga ulab, rеostat yordami bilan еtma-kеt ulangan lampochkalarga bеrilayotgan kuchlanish 2V atrofida kеltiriladi vash u vaqtda ampеrmеtr bilan voltmеtr ko`rsatishlari aniq yozib olinadi. So`ngra bu qiymatlarni (2) formulaga qo`yib kеtma-kеt ulangan lampochkalarning sovuq holdagi umumiy qarshiligi aniqlanadi. Bu qarshilik qiymatini yuqorida har bir lampochka uchun topilgan qarshiliklarni (3) formulaga qo`yib chiqarilgan natija bilan taqqoslanadi.N IU dan kеtma-kеt ulangan lampochkalar olgan quvvati aniqlanadi.
5. 6- rasmdagi sxеma yig`iladi. O`qituvchi sxеmani tеkshirgandan so`ng tok manbaiga ulab, rеostat yordami bilan parallеl ulangan lampochkalarga bеrilayotgan kuchlanish 1V atrofiga kеltiriladi va shu vaqtda ampеrmеtr bilan voltmеtr ko`rsatishlari aniq yozib olinadi. So`ngra bu qiymatlarni (6) formulaga qo`yib parallеl ulangan lampochkalarning sovuq xolatdagi umumiy qarshiligi aniqlanadi.
6. Bu topilgan qarshilik qiymatini yuqorida har bir lampochka uchun topilgan qarshiliklarning (7) formulaga qo`yib chiqarilgan natija bilan taqqoslanadi.N IU dan parallеl ulangan lampochkalar olgan quvvati aniqlanadi.

7-rasm.

7. O`lchashlar natijasi daftarga yoziladi.




XULOSA

Mustaqillik tufayli yosh avlodni savodxon, har tomonlama yetuk madaniyatli, savodxon qilib tarbiyalash, ijodiy ishga o‘rgatish har bir fan o‘qituvchisining burchi hisoblanadi. Bugungi yoshlarni erkin fikrlash, mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilishda ijodiy ishlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlarni samarali tashkil etish asosiy o‘rin tutadi.


Yosh avlodga zamonavi ta`lim berish bilan birga umuminsoniy va milly qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongini va qalbini mafkuraviy, ma`naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g’oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy diqqat markazida bo’lib kelmoqda.
Bugungi kunda davlat umummilly dasturi doirasida yaratib berilgan moddiy-texnik va o'quv metodik shart-sharoitlardan oqilona, maqsadli foydalanish, avaylab-asrab, ta`lim-tarbiya sifati, samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishda maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilarning roli, mas`uliyati hamda shaxsiy javobgarligini oshirish dolzarb vazifalardan biridir.
Shu sababdan bugungi kun fizika o’qituvchisi fizika o’quv-laboratoriya xonasida ishlash, undagi texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari bilan tanish bo’lmog’i lozim. O’quvchilarga ta`lim berishda laboratoriya jihozlaridan samarali foydalana olishi kerak.
Ushbu kurs ishi fizika o’quv-laboratoriya xonasidagi o`quv jihozlari va o’quv-laboratoriya asbob-uskunalarini joylashish tartibi, fizika o’quv-laboratoriya xonasiga mas`ul o’qituvchi va laborantga qo’yilgan talablar to’g’risida ma`lumot beradi.
Fizika o’quv-laboratoriya xonalaridagi mebel va laboratoriya asbob-uskunalaridan samarali foydalanishga va ularni saqlanishiga qo`yilgan talablar, fizika o’quv-laboratoriya xonalaridagi o`quv jihozlari va o`quv-laboratoriya asbob-uskunalariga qo`yilgan sanitariya-gigiyena talablari bilan tanishish imkonini beradi.
O’quvchilarga fizika fanidan bilim berishda laboratoriya jihozlaridan foydalangan holda, har bir hodisa va jarayonni tajribada ko’rsatib berish o’quvchilarning fizikaga bo’lgan qiziqishini ortirishga xizmat qiladi va o’quvchilar ko’proq bilimlarga ega bo’lishadi.
Men dars beradigan har bir fizika o’qituvchisi fizika o`quv-laboratoriya xonasini jihozlashni, laboratoriya asbob-uskunalaridan foydalanishni bilishi, o`quv-laboratoriya asbob-uskunalariga qoyilgan sanitariya-gigiyena va xavfsizlik qoidalari bilan tanish bo’lishi kerak deb hisoblayman.


Download 2.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I-bob. Umumta`lim maktablarining fizika o`quv laboratoriya xonasi §

Download 2.25 Mb.