i eritmasi elektr tokini o‘tkazadimi? Shakar eritmasi-chi? Elektrolitlar va noelektrolitlar
Metallarning elektr tokini o‘tkazish xususiyati borligini siz
yaxshi bilasiz. Boshqa moddalar ham elektr tokini o‘tkazadimi?
Buni qanday bilish mumkin? Quyidagi tajribani o‘tkazish bilan
turli moddalarning elektr tokini o‘tkazish xususiyati haqida bilib
olamiz.
1- rasmda tasvirlanganidek asbob yig‘ib
olamiz va asbob elektrodlarini quruq osh
tuziga qo‘yamiz. Lampochka yonmaydi.
Asbobning elektrodlarini distillangan suvga
tushiramiz, bunda ham lampochka yon-
madi. Demak, quruq osh tuzi va distil-
langan suv elektr tokini o‘tkazmaydi.
Osh tuzini suvda eritib, eritmaga as-
bobning elektrodlarini tushiramiz. Bunda
lampochka yonadi. Demak, osh tuzining
suvdagi eritmasi elektr tokini o‘tkazadi.
Istalgan moddani shu yo‘l bilan elek tr
tokini o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik xusu-
siyatini tekshirib ko‘rish mumkin.
Moddalar elektr tokini o‘tkazish yoki
o‘tkazmasligiga qarab ikki guruh — elekt-
rolitlar va noelektrolitlarga bo‘linadi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr
tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar
deyiladi. Elektrolitlarga suvda eriydigan
kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi.Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan
moddalar elektrolitmaslar (noelektrolitlar) deyiladi.
Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar
hamda metan, karbonat angidrid, shakar, spirtlar va distillangan
suv kiradi.
Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki suyuqlantirilgan-
dagina elektr tokini o‘tkazadi. Kristall holda ular elektr tokini
yomon o‘tkazadi yoki butunlay o‘tkazmaydi.
Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi
Nima uchun elektrolit faqat suvda eritilganda yoki
suyuqlantirilganda elektr tokini o‘tkazadi?
Nima uchun elektrolitlarning suvdagi eritmasi yoki suyuqlan-
tirilgani elektr tokini o‘tkazadi, aksincha, elektrolitmaslarning
suvli eritmalari esa elektr tokini o‘tkazmaydi? Ushbu savollarga
to‘liqroq javob berishga harakat qiling.
Elektrolitlar (tuzlar, kislotalar hamda ishqorlar) — suvda eri-
tilganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajraladi:
KCl
→→ K+ + Cl– yoki NaOH →→
Na+ + OH –
Ionla r mu sba t za r yadlangan (ka tionla r) yoki man fiy
zaryadlangan (anionlar) zarralardir. Ular bitta atomdan yoki bir
necha atomdan iborat atomlar guruhi bo‘lishi mumkin. Ammo
atomlar bilan ionlar bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan,
natriy o‘yuvchi xossaga ega bo‘lib, kuchli qaytaruvchi, xlor esa
kuchli zahar bo‘lib, oksidlovchidir. Natriy va xlor ionlaridan
iborat bo‘lgan osh tuzi sizga juda yaxshi tanish (5- jadval).
|