I-modul topshiriqlari




Download 16.7 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi16.7 Kb.
#49721
Bog'liq
I-modul topshiriq
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

I-Modul topshiriqlari


Quyidagi variantlar asosida Windows Forms ilova dasturini yarating. Dasturingizga Screen Recorder dasturlari yordamida video tavsif tayyorlang.


Videotavsifingiz quyidagilar aks etishi lozim:
- Ilova dasturining yaratilish jarayoni
- ilova dasturingizning vazifalari
- dasturning bajarilishi tavsifi
- variant boʻyicha javoblaringiz
- web camera orqali videotavsifda oʻzingizning ham tasviringiz boʻlishi
HEMIS tizimiga tayyorlagan videotavsifdan olingan screenshotlar hamda dastur kodi pdf qilib yuklansin.
VARIANTLAR
1-variant. DriveInfo.txt fayliga joriy kompyuterdagi disklar haqida (Disk nomi, tipi, fayl tizimi, hajmi, undagi boʻsh joy, tizimdagi belgisi haqida) ma’lumot yozuvchi ilova dasturi yarating. Dasturingizda istisno holatlari ham hisobga olinsin
2-variant. Koʻrsatilgan diskdagi mavjud katalog va fayllar roʻyxatini hosil qilivchi ilova dasturini yarating. Dasturingizda istisno holatlari ham hisobga olinsin.
3-variant. Koʻrsatilgan joyda katalog va katalog ichida katalog yaratuvchi (bu katalog nomlari foydalanuvchi tomonidan berilsin), yaratilgan kataloglar haqida ma’lumot beruvchi ilova dasturi yarating. Dasturingizda istisno holatlari ham hisobga olinsin
4-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Unda joriy katalogdagi fayllar roʻyxatini raqamlangan holda chiqaring. Shu katalog ichida yangi katalog yarating, katalog nomi foydalanuvchi tomonidan tanlansin. Foydalanuvchi tanlangan raqamdagi fayl nusxasini shu yangi katalogga koʻchiring. Dasturingizda istisno holatlari ham hisobga olinsin.
5-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Unda 1 ta CheckedListBox, 1 ta RichTextBox va bitta Button komponentasini joylashtiring. CheckedListBoxda matnli fayllar roʻyxatini hosil qiling (kamida 3 ta). Ushbu roʻyxatdan fayllar tanlanib, Button tugmasi bosilganida tanlangan fayllar matni qoʻshilib, yangi – conjoint.txt fayli yaratilsin va ushbu fayl matni RichTextBoxga yuklansin
6-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Unda 1 ta RichTextBox va 1 ta Button komponentasini joylashtiring. Ilova dasturingiz *.exe fayli joylashgan papkada ixtiyoriy matnli tarkibga ega boʻlgan MyFile.txt faylini yarating. Buttonning Click hodisasiga shunday kod yozingki, dasturingiz ishga tushurilganida foydalanuvchi RichTextBoxda matn kiritib Buttonni bosganida shu matn MyFile.txt oxiridan qoʻshilib borsin.
7-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Bitta matnli fayl berilgan. Unda uchraydigan textBox1 orqali berilgan barcha satrlar textBox2 orqali berilgan soʻzlarga almashtirilsin va natija yangi faylga yozilsin.
8-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. K- nomerdagi satrdan keyin boʻsh satr qoʻyilsin. Agar bunday nomerli satr mavjud boʻlmasa, u holda fayl oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
9-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. Undaki K-nomerdagi satr oʻchirilsin. Agar faylda bunday nomerdagi satr mavjud boʻlmasa, u holda fayl oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
10-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. Faylning har bir satridan birinchi k ta belgi oʻchirilsin (agar satr uzunligi K dan kichik boʻlsa, u holda satrning hamma belgilari oʻchirilsin).
11-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Matnli fayl berilgan. Fayldagi hamma katta lotin harflari kichik harflarga va aksincha, barcha kichik lotin harflari katta harflarga almashtirilsin.
12-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: K (013-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: K (014-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun son va matnli fayl berilgan. Fayldan K-nomerdagi abzas oʻchirilsin (abzas bir biridan bitta yoki bir nechta boʻsh satrlar bilan ajratiladi). Oʻchirilgan abzasdan oldin va kiyin keluvchi boʻsh satrlar oʻchirilmasin. Agar berilgan nomerdagi abzas mavjud boʻlmasa u holda fayl oʻzgartirishsiz qoldirilsin.
15-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: K butun soni va matnli fayl berilgan. Yangi satrli fayl hosil qilinsin va unga boshlangʻich fayldagi uzunligi K ga teng boʻlgan barcha soʻzlar yozilsin. Soʻz deb, probellarga, tinish belgilariga ega boʻlmagan va probellar, tinish belgilari yoki satrning boshi/oxiri bilan chegaralangan belgilar toʻplamiga aytiladi. Agar boshlangʻich fayl K uzunlikdagi soʻz boʻlmasa, u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
16-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Matnli fayl va lotin harflarining bosh harflaridan C (bu yerda C oʻzgaruvchi) belgi berilgan. Matnli fayl hosil qilinsin va unga boshlangʻich fayldagi barcha shu C harfidan boshlanuvchi soʻzlar yozilsin (katta yoki kichik harflar bilan boshlanuvchi). Soʻz deb, probellarga, tinish belgilariga ega boʻlmagan va probellar, tinish belgilari yoki satrning boshi/oxiri bilan chegaralangan belgilar toʻplamiga aytiladi. Agar boshlangʻich fayl tarkibida mos soʻzlar mavjud boʻlamsa, u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
17-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Matnli fayl va lotin harflarining kichik harflaridan C (bu yerda C oʻzgaruvchi) belgi berilgan. Matnli fayl hosil qilinsin va unga boshlangʻich fayldagi barcha shu C harfidan boshlanuvchi soʻzlar yozilsin (katta yoki kichik harflar bilan boshlanuvchi). Soʻz deb, probellarga, tinish belgilariga ega boʻlmagan va probellar, tinish belgilari yoki satrning boshi/oxiri bilan chegaralangan belgilar toʻplamiga aytiladi. Agar boshlangʻich fayl tarkibida mos soʻzlar mavjud boʻlamsa, u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
18-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Bir xil oʻlchamdagi butun sonlardan iborat ikkita fayl berilgan. Shu sonlardan, kengligi 30 ta belgidan iborat boʻlgan ikkita ustunga ajratilgan matnli fayl hosil qilinsin. Birinchi ustunda birinchi boshlangʻich fayl sonlari, ikkinchisida esa ikkinchi boshlangʻich fayl sonlari joylashadi. Matnli fayldagi har bir satrning boshi va oxiriga “|” ajratuvchi (kod 124) qoʻshilsin.
19-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: 10 ta raqamdan iborat S satr va lotin harflaridan iborat matnli fayl beilgan. Matnli fayli quyidagicha shifrlang: Matnli fayl satrining K – belgisini, shu belgining kodiga S satridagi K – raqamini qoʻshishdan hosil boʻlgan kod belgisiga almashtiring. Agar K=11 boʻlsa, ya’na satrning birinchi raqamidan boshlang.
20-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: listBoxga textbox komponentasi orqali 4 ta faylning nomi kiritiladi. Shu fayllarning qaysilari textBoxda koʻrsatilgan katalogda joylashgani aniqlansin.
21-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Manfiy boʻlmagan butun sonlardan iborat fayl va K soni berilgan (K butun). Faylning K - elementi chop qilinsin (elementlar 1 dan boshlab nomerlanadi). Agar bunday element mavjud boʻlmasa, (-1) chop qilinsin.
22-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Elementlari soni 4 dan koʻp boʻlgan butun sonlar iborat fayl berilgan. Ushbu faylning birinchi, ikkinchi, oxirgi va oxiridan bitta oldingi elementlari chop qilinsin.
23-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Ikkita haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayllarning birinchisi boʻsh boʻlmagani ma’lum va ikkinchisi joriy katalogda mavjud emas. Mavjud boʻlmagan fayl yaratilsin va mavjud boʻlgan faylning birinchi va oxirgi elementi shu faylga yozilsin. (tartibi buzilmagan holda)
24-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Ikkita haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayllardan biri (birinchisi boʻlishi shart emas) boʻsh boʻlmagani ma’lum va boshqasi esa joriy katalogda mavjud emas. Mavjud boʻlmagan fayl yaratilsin va mavjud boʻlgan faylning birinchi va oxirgi elementi shu faylga yozilsin. (tartibi buzilmagan holda).
25-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Berilgan fayl elementlarini teskari tartibda saqlovchi yangi fayl hosil qilinsin.
26-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Berilgan ketma-ketlikni dastlabki n ta xadi yigʻindisini toping: . Bunda input.txt faylida bir nechta satrda n ning qiymatlari ( ) beriladi. Har bir satrdagi n uchun S ning qiymatini hisoblab, output.txt fayliga yozilsin

27-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Yuzasi s va balandligi h bo`lgan uchburchak berilgan. Uni asosini toping. Bunda input.txt faylida bir nechta satrda s va h ning qiymatlari butun sonlarda ( ) beriladi. Har bir satrdagi s va h lar uchun masala yechimini hisoblab, output.txt fayliga yozilsin


28-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Butun sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil qilinsin. Ulardan birinchisi boshlangʻich faylning juft sonlarini, ikkinchisi esa toq sonlarini oʻzida saqlasin. Agar boshlangʻich faylda juft yoki toq sonlar mavjud boʻlmasa u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
29-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Butun sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil qilinsin. Ularning birinchisi boshlangʻich faylning musbat sonlaridan (teskari tartibda), ikkinchisi esa manfiy sonlaridan (teskari tartibda) iborat boʻsin. Agar boshlangʻich faylning manfiy yoki musbat sonlari mavjud boʻlmasa u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
30-variant. Windows Forms ilova dasturini yarating. Ushbu ilova dasturida quyidagi masala yechimi hal etilsin: Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayl elementlarining oʻrta arifmetigi topilsin.
Download 16.7 Kb.




Download 16.7 Kb.