Yengilavtomobillargao‘rnatilgan porshenli ichki yonuv dvigatellar quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi




Download 237.72 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2023
Hajmi237.72 Kb.
#38545
1   2   3
Bog'liq
yyyy
Uyma, portal.guldu.uz-“СТРАТЕГИК МЕНЕЖМЕНТ”, 30471-r23, 1. Modernizatsiya, boshlang\'ich111, boshlang\'ich55555, boshlang\'ich66666, mustaqil ish, Matematik. Naqshlar Reja-muhaz.org, Jo\'rayev S, Sohiba, Документ Microsoft Word (2), ЗАКЛЮЧЕНИ1, gerb
Yengilavtomobillargao‘rnatilgan porshenli ichki yonuv dvigatellar quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
a) Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab:
benzin yonilg‘isida ishlaydidigan (injektorli va karburatorli);
dizel yonilg‘isida ishlaydigan;
gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyultirilgan-propan, siqilgan-metan).
20
b) Ish siklining amalga oshishi bo ‘yicha:
ikki taktli;
to‘rt taktli;
olti taktli.
v) Ish aralashmasining alangalanishi bo ‘yicha:
> elektr uchquni bilan alangalanadigan-karburatorli va injektorli dvigatellar;
siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi-dizel dvigatellari.
g) Silindrlar soniga qarab:
uch silindrli;
to‘rt silindrli;
olti silindrli;
sakkiz silindrli.
KIRTISH CHIQARISH KALAPANI YOPIQ OCHIQ
IKKALA
KLAPANI
YOPIQ
Kiritish quvuri
orqali yonuvchi
aralashma
kiritiladi
Porshen pastga harakatlanadi
Porshen

PChN

Porshen yuqoriga
harakat qilib,
yonuvchi
aralashmani siqadi.
Porshen
PChN
v
Yonuvchi

Chiqindi

YucH
. To‘rt taktli sikl: a-kiritish; b-siqish; v-ish yo‘li; g-chiqarish.
Chiqarish takti, porshenning PCHN dan YUCHN ga tomon harakatlanishi bilan boshlanadi va tirsakli valning 540...720°S gacha burilishida davom etadi. Bunda chiqarish klapani ochiq bo‘ladi. Bu takt davomida, porshen yuqoriga harakatlanib ishlatilgan gazlarni atmosferaga siqib chiqaradi va silindrni tozalaydi. Takt oxirida silindr ichida qolgan gazlarning harorati esa 600...950°S ni tashkil etadi (14g rasm).
Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda ham xuddi to‘rt taktli dvigatellar kabi ish aralashmasini silindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. Shunga qarab bu sikl bo‘yicha ishlaydigan dvigatellar karburatorli, injektorli yoki dizel bo‘lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga haydash bilan silindrni tozalash uchun yonilg‘i aralashmasi (karburatorli dvigatelda) yoki havo oqimidan (dizelda) foydalaniladi.
Dvigatelning turli silindrlarda bir xil nomli taktlarning takrorlanishidagi ketma-ketlik dvigatelning ish tartibi deb ataladi. To‘rt silindrli to‘rt taktli dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3 ketma-ketligida bajarilishi mumkin.
Porshen PCHN dan YUCHNga harakatlana boshlaganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos yordamida kiritish darchasi orqali silindrga yonilg‘i aralashma yoki havo kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi; yuqoriga
harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab siqish takti boshlanadi va porshen YUCHNga yetay deganda siqish kamerasiga o‘t oldirish shami bilan elektr uchquni beriladi (karburatorli, injektorli dvigatelda) yoki yokilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi.

Download 237.72 Kb.
1   2   3




Download 237.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yengilavtomobillargao‘rnatilgan porshenli ichki yonuv dvigatellar quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi

Download 237.72 Kb.