Ichki yuqumsiz kasalliklar




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana24.03.2024
Hajmi0.76 Mb.
#175978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
дарс ишланма
3 vord akuwer (2), akuwer 5 (3), akuwer 4, akuwer word, Referat mavzu Gazlarning siqishning nazariy asoslari. Suv xalqa, DILFUZA FIZIKA, 97907 (1)
Suyaklarni 
sinishining 
rentgenodiagnostikasi. 
Uzun, 
naysimon 
suyaklarning diafiz qismi sinsa, paypaslaganda o„sha joy suyagi qimirlab, 
harakatlanib turadi va shiqirlagan tovush chiqadi. Ayrim holatlarda singan 
suyakning o„tkir uchlarini paypaslash mumkin yoki o„tkir uchlari terining 
jarohatlangan joyida tashqariga chiqib turadi. Suyak sinishining xususiyatini, 
yo„nalishini, singan suyak bo„lakchalarining holatini rentgenologik tekshirish 
orqali aniq bilish mumkin. 
Rentgenogrammada singan suyak bo„lakchalari orasi yorqin, shaffof rangda, 
suyak to„qimasi qora rangda ko„rinadi. Shaffof, yorqin rang qancha katta bo„lsa, 
singan suyak bo„lakchalari asosiy suyakdan ancha uzoqlashganini, siljiganini 
bildiradi. Bunday holat suyak singaniga 12-15 kun bo„lganligini bildiradi. Suyak 
singaniga bir-ikki kun bo„lgan bo„lsa yorug„ chiziqlar zo„rg„a bilinadi.(Rasm 100) 
Singan suyak bitib ketgandan keyingi rentgenogrammada singan suyak 
bo„lakchalari asosiy suyakka yopishib bitgan bo„lsa, suyakchalar orasidagi yorug„ 
chiziqlar zo„rg„a bilinadi yoki umuman ko„rinmaydi. Agarda bitish jarayonida 
ayrim mayda suyakchalar so„rilib ketgan bo„lsa, o„sha joy oq rangda ko„rinadi va 


14 
suyakda qora qadoq, qavariq (mozol) ko„rinadi. Rentgenogrammada bitta yorqin, 
shaffof chiziq suyakning boshlanishidan oxirigacha ko„rinsa, oddiy sinish deyiladi. 
Agarda yorug„ chiziq suyak boshlanishidan oxirigacha ko„rinmasdan, uning ayrim 
qalin joyida tugasa, bunga suyakning yorilishi deyiladi. Rentgenogrammadagi 
suyak soyasida ko„plab, har xil yo„nalishda tarqalgan hamda bir-biri bilan 
kesishgan yorug„ chiziqlar bo„lsa, murakkab, parchalangan sinish deyiladi. 
Suyakning sinib, joyidan qo„zg„alishi katta va qalin suyaklarda yaxshi aniq 
ko„rinadi. Singan suyak parchasi kichkina va yupqa bo„lsa rasmda zo„rg„a 
ko‟rinadigan mo„ylovcha “gulbarg” yoki “tikanak” holida ko„rinadi va asosiy 
suyakdan uzoqlashgan holda joylashadi. 
Uzun naysimon suyaklar, jarohat va shikatlanish natijasida diafizda, 
metafizda, epifizda va aralash sinishi mumkin. Bunda suyakning sinish chizig„i 
diafiz yoki metafiz, epifiz chegaralaridan o„tadi. Aralash sinishda, sinish chizig„i 
suyakning hamma qismidan o„tadi. (Rasm 101) 

Download 0.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish