2.2. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi obrazlar tavsifi
Mumtoz adabiyotimizda poetika ilmi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, tahlil va talqinning asosiy obyekti sifatida salmoqli o‘rin egallaydi. Ushbu maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar – Alisher Navoiy va Lamii Chalabiylarning “Farhod va Shirin” dostonlari qiyoslanilgan. Farhod obrazining genezisi, navoiyshunoslikda amalga oshirilgan tadqiqotlar borasida olimlarning fikrlari o‘rganilib, tahlil qilingan. Shakl jihatidan Navoiy masnaviysidan farq qiluvchi Usmonli turk shoiri Lamii Chalabiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi lirik janrlar xususida so‘z yuritilib, vazn va shakl nuqtayi nazaridan farqli o‘rinlar tahlilga tortilgan. Qiyoslar natijasida dostonlarning kompozitsiyasiga xos xususiyatlar, qahramonlar tasviri, voqealar ifodasida she’r navlarining o‘ziga xosligi masalalari ochib berilgan. Har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi o‘xshash va farqli tomonlari aniqlanilgan. Sharq mumtoz poetik tahlilida adabiy tur va janrlar asosiy obyekt bo‘lib, nazm va nasr yo‘nalishida yaratilgan badiiy asarlar, ulardagi janrlar takomili masalasi shoirlarning poetik mahoratidan darak beruvchi belgi sifatida ahamiyatlidir. Xususan, ishqiy mavzudagi dostonlarda mavzu va ritm, janrlar masalasi, sayyor syujet va g‘oyalarning ifodalanishi mavzu doirasiga ko‘ra salmoqli o‘rin egallab, bu turkumga kiruvchi “Farhod va Shirin” dostonini sharq adabiyotida mavjud Farhod qissalari bilan qiyosiy o‘rganish komil inson sifatida gavdalanuvchi Farhod obrazining rivojlanish tadrijini kuzatish nuqtayi nazaridan, ayniqsa, muhimdir. H. Arasli o‘zbek va ozarbayjon adabiy aloqalari mavzusida olib borgan tadqiqot ishlarida shu masalaga alohida ahamiyat beradi. H. Arasli “Farhod va Shirin” haqida fikr yuritib, Navoiy dostoniga asos bo‘lgan manbalar qatorida XIV asr ozarbayjon shoiri Orif Ardabiliy yaratgan “Farhodnoma” asarini ham sanab o‘tadi. Shuningdek, “Xusrav va Shirin” tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki ishlardan yana biri sifatida chex sharqshunosi G.Duda tomonidan yaratilgan kattagina monografiyani ko‘rsatish mumkin. Said Nafisiy, Ali Asg‘ar Hikmat kabi Eron adabiyotshunoslarining asarlarida ham “Farhod va Shirin” qissasi va uning tarixi haqidagi fikrlar mavjud. Chet el sharqshunosligida “Farhod va Shirin” yoki “Xusrav va Shirin” to‘g‘risidagi qayd va mulohazalar to‘g‘risida so‘z borar ekan, dastlab turk adabiyotshunosi Ogah Sirri Levendning Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarini nazarga olish lozim. Milliy navoiyshunosligimizda esa “Farhod va Shirin” dostoni bo‘yicha professor Sodirxon Erkinov tadqiqot olib borgan bo‘lsalar, u kishi o‘z tadqiqotlarida aynan Lamii Chalabiyning asarini topa olmagani va Ogah Sirri Levendning katologidagi manbalardan foydalanganligini aytadi. Usmonli turk adabiyoti va bugungi kun navoiyshunosligi nuqtayi nazridan bu ikkala dostonni tahlilga tortish, undagi lirik janrlarga munosabat bildirish fanning yangi qirralarini kashf etish uchun asos vazifasini bajaradi. Asosiy qism Lamii Chalabiyning “Farhod va Shirin” dostoni shoir ijodining cho‘qqisi bo‘lib, u haqida qardosh olimlar tomonidan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Biroq mazkur ilmiy ishlarda Alisher Navoiy va Lamii Chalabiyning “Farhod va Shirin” dostonlari qiyosiy tahlil etilgan emas. Usmonli turk shoiri Lamii Chalabiy Navoiydan “Farhod va Shirin” dostonini tarjima qilar ekan, unda an’anaviy mavzu, syujetni saqlab qolgan holatda kompozitsiyaga o‘zgartirishlar kiritgan. Shoir dastlab asarni Navoiy darajasida yoza olmasligini aytgan, biroq shoir 16 oy davomida Anado‘li turkchasida “Ferhad ile Shirin” masnaviysini yozib tugatgan. Asar Navoiydan tarjima shaklida bitilgan bo‘lsa ham kompozitsiya, janr va vaznda individuallik holatlarining mavjud ekanligiga guvoh bo‘ldik. Misol uchun, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni hazaji musaddasi mahzuf (ruknlari va taqti’: mafoiylun mafoiylun fauvlun V — — — /V — — —/ V — —) vaznida yozilgan, 54 bob, 5782 baytdan iborat. Lamiyning dostoni Navoiynikidan baytlar hajmiga ko‘ra “Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili 140 2365 bayt ko‘proq bo‘lib, umumiy 54 bob, 8157 baytni tashkil qiladi. Navoiydan farqli ravishda Lamii Chalabiyda doston vaznlari aralash holatda kelgan. Hazaj, ramal, muzori’ va mujtass bahrlari barobar qo‘llanilgan. Dostonda qasida, g‘azal, tarji’band, tarkibband janrlarini kuzatish mumkin. Asar garchand hazaj bahrida yozilgan bo‘lsa ham ichidagi lirik janrlarda ramali musammani mahzuf (ruknlari va taqti’: foilotun, foilotun, foilotun, foilun — V— —/—V — —/—V— —/—V —), mujtassi musammani maxbuni mahzuf (ruknlari va taqti’: mafoilun failotun mafoilun failun V—V—/VV— —/ V—V—/ VV— ), muzoriyi musammani axrabi makfufi mahzuf (— —V/—V—V / V— —V—/V—), muzoriyi musammmani axrab (— —V/—V— — / — —V/—V— — ) vaznlarida bitilgan. Asar shaklan musaddas ko‘rinishda ifodalansa-da, shoir o‘z ijodida individuallikka intilib, asarda musamman shaklidan ham foydalangan, bu qasida, g‘azal janrlarida namoyon bo‘ladi. Doston tarkibida uchrovchi qasida janri Sharq adabiyotida dastlab paydo bo‘lgan she’r shakllaridan biri bo‘lib, u arabcha “maqsad”, “niyat” ma’nolarini bildiradi. Qasida biror tarixiy shaxs, hukmdor yoki voqeaga bag‘ishlab yoziladigan katta hajmli she’r turi hisoblanib, qasidalar hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bo‘lishi mumkin. Qasida janridan g‘azal janri o‘sib chiqqanligi tufayli ularning qofiyalanishi bir xil bo‘lib, g‘azal singari a-a, b-a, d-a, e-a … tarzidadir. Ayrim hollarda masnaviy ko‘rinishida ham qofiyalanishi mumkin. Qasida tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: 1. Qasidai tom (to‘liq qasida) – bunda qasida to‘rt qismdan tarkib topadi: a) nasib – lirik kirish (tabiat tasviri); b) gurizgoh – nasib bilan madhni bog‘lovchi, 4-5 baytdan tashkil topuvchi qism; s) madh – asosiy qism; d) qasd – mamduh (madh etilayotgan shaxs)ga niyat va istaklar bildirilagan qism. 2. Qasidai mujarrada (chala qasida) – bunda faqat madh keltiriladi. Qasidalar mavzusiga ko‘ra vasf, madh, hajv, marsiya, munojot va falsafiy qasidalarga bo‘linadi. Turkiy adabiyotdagi ilk qasida “Devonu lug‘otit turk”da “qo‘nug‘” shaklida uchraydi. Dostonda keltirilgan dastlabki qasida I bobda keltirilganligi uchun hamd xarakteriga ega. 26 bayt, 52 misrani tashkil qiluvchi qasida tuzilishiga ko‘ra qasidai mujarrada shaklida. Qofiyalanishi a-a, a-a, a-a, a-b, d-a, e-a …. ko‘rinishida bo‘lib, ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan.
Ey kemâl-i sun‘ına eşkâl-i ‘âlem ‘ayn-ı dâl — V— —/—V — —/—V — —/—V — Hatt-i dest-i kudretüŋden nakş-ı âdem bir misâl — V— —/ —V — —/ —V — —/—V — Midhatungde andalib-i natika mebhuti lal — V— —/ —V — —/ —V — —/—V — Fikretungde Shah-baz-i akile bi perr u bal — V— —/ —V — —/ —V — —/—V —
Dostonning ikkinchi bobida keltirilgan keyingi 29 bayt, 58 misrani tashkil qiluvchi qasida ham qasidai mujarrada shaklida bo‘lib, hamd xarakteriga ega. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu qasidaning so‘nggiga qadar shoir qofiyalanib keluvchi ikkinchi misrada “Kalimayi shahodat”ni qo‘llaydi. Qasida g‘azal kabi a-a, b-a, d-a … ko‘rinishida qofiyalanib, mujtass bahrining mujtassi musammani maxbuni mahzuf vaznida yozilgan. Cihân u câna pür oldı ol iy göŋül âgâh V—V—/VV— —/ V—V—/VV— Nidâ-yı eşhedü en lâ-ilâhe ille’llâh V—V—/VV— —/ V—V—/VV— Dostonning VI bobi payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) madhiga bag‘ishlangan bo‘lib, undan so‘ng 76 bayt, 152 misrani tashkil qiluvchi qasidai tom keltirilgan. Qasidaning dastlabki 4 bayti arabiy so‘zlardan iborat bo‘lib, keyingi baytlar turkiyda keltiriladi. Qasida mulamma san’ati asosiga qurilgan, nafaqat dastlabki 8 misra, balki qasidaning keyingi o‘rinlarida ham arabiy so‘zlarga duch kelishimiz mumkin. Qasida a-a, b-a, d-a … ko‘rinishida qofiyalanib, muzoriyi musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilgan. Mihmân-ı sadr-ı suffe -imi‘râc -ı Rûh-ı — —V/—V—V / V— —V—/V— Kuds Sultân -ı çâr - bâliş –i eyvân -ı kibriyâ — —V/—V—V / V— —V—/V— Namuŋla buldı cümle cih ân ‘izzet ü şeref — —V/—V—V / V— —V—/V— Ahmed ü Muhammed ü Mahmûd u Mustafâ — —V/—V—V / V— —V—/V— Lamii asaridagi keyingi qasida IX bobdan o‘rin olgan bo‘lib, hukmdor Yovuz Sulton Selim I ga bag‘ishlangan. Qasida 60 bayt, 120 misrani tashkil qiladi. Qasidai tom xarakteriga ega ushbu qasida muzoriyi musammmani axrab vaznida yozilgan.
Alisher Navoiy epik asarlarini o‘rgatishni samarali tashkil etishda o‘quvchilarning qiziqish va maqsadlari umumiy bo‘lishiga erishish eng muhim shartlardan biridir. Chunki har qanday ishni boshlashdan oldin inson ko‘z o‘ngida mo‘ljal namoyon bo‘ladi, u shu mo‘ljalga yetish uchun o‘z oldiga vazifalar qo‘yadi. Shundan so‘ng vazifalarni qanday tartibda, qaysi vositalar orqali amalga oshirish mumkinligi ustida fikr yuritadi. Ushbu jarayonning borish tartibi asar mazmunini o‘zlashtirish uchun ham xosdir. Ya'ni, har qanday o‘qitish jarayoni aniq maqsadga yo‘naltiriladi. Maqsad aniq va real bo‘lsa, natijalar ham samarali bo‘lishi tabiiy. Bundan tashqari, pedagogik jarayonning amalga oshirilishi unda qo‘llaniladigan usul va vositalarning maqsadga muvofiq tanlanishiga ham bog‘liqdir. O‘rganuvchi tadqiqotda o‘qituvchilarning darslarga qo‘yayotgan maqsadlari bilan uni olib borish bosqich va usullari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi kuzatilgan edi. Darsga qo‘yilayotgan maqsad va unga erishish uchun tanlangan usul, vositalarning bir-biriga mos bo‘lishiga erishish maqsadida o‘qituvchilar uchun “Ta'limiy maqsadlarni belgilash”, “Tarqatma materiallar tayyorlash” talablari ishlab chiqildi. Shu tariqa Alisher Navoiy epik asarlarini o‘rgatishda zamonaviy ta'lim usullari, ya'ni interfaol metodlardan foydalanishda o‘qituvchilarning ruhiy va kasbiy tayyorligi, o‘quvchilar mashg‘ulotlar mobaynida foydalanishlari lozim bo‘lgan pedagogik ashyolarning mavjudligi, o‘quvchilarda o‘zlari bildirgan fikrlar va taklif etgan yechimlar uchun hech kim tomonidan tanqid qilinmasligi kabi omillar zarurligi aniqlandi
Keyingi yillarda o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari pedagog mutaxassislar orasida eng ko‘p tarqalgan fikrlardan biriga aylanib bormoqda. Bunga sabab o‘qitishning avtoritar usuli deb baholanadigan an’anaviy usulda o‘qituvchi faol bo‘lib, o‘quvchi esa tinglovchi passiv, faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda, avtoritar o‘qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi.
Bundan farqli o‘laroq, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda o‘quvchi ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Ta’limning milliy modelini – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat besh tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy qism – birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan o‘qitish o‘quvchi shaxsiga yo‘nartirilgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon – o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan. O‘qitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida talaba va o‘qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo‘ladi. Bunday texnologiyalarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Hamkorlik pedagogikasi;
2. Pedagogik jarayonda shaxsni ko‘zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya (Sh.A.Amonashvili texnologiyasi);
3. O‘quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);
4. O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish asosiga qurilgan texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi, N.P.Guzikning o‘qitish tizimini rejalashtirish texnologiyasi);
5. O‘qitshni individuallashtirsh texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Graniskaya, V.D.Shadrikov texnologiyasi);
Xususan, hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko‘pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J.Russo, Y.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shaskiy, V.A.Suxomlinskiy va boshqa ko‘plab taniqli mutaxassislardir. Shulardan biri Shalva Aleksandrovich Amonashvili, taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvini, tili va matematika o‘qitishning ajoyib pedagogikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi. Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
1. Bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda oliyjanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirish;
2. Bolaning qalbi va yuragini ulug‘lomoq;
3. Boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
4. Keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;
5. Ideal tarbiya –bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq.
Sh.A.Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:
insonparvarlik;
shaxsiy yondashuv;
oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati;
o‘quv faoliyati.
muloqot mahorati;
Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o‘z-o‘zini baholash kabi.
O‘quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi)ni Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi hamda hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berishga harakat qildi. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash, o‘qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi.
Endi shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning nima uchun bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar ta’limning hozirgi kuni, kelajagi bo‘lib qolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha to‘xtalsak.
Oliy ta’limda va akademik litseylarda an’anaviy o‘qitish texnologiyasi o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga tobora zid bo‘lib bormoqda. Chunki, mazkur o‘qitish texnologiyasida pedagogikaning talabaga munosabati avtoritar xarakterga ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, talabalar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda avtoritar o‘qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo‘qoladi, o‘qitish majburiy yo‘sinda amalga oshiriladi.
Hanuzgacha jahonda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning sinf-dars tizimida mashg‘ulotlari asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi. An’anaviy o‘qitish texnologiyasining qusurlari ustida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezident Islom Karimov bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o‘rgatiladimi? degan savollarni qo‘ydi va ularga quyidagicha javob berdi: «Aminmanki, o‘rgatilmaydi. Mobodo biror o‘quvchi o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o‘qituvchi hukmron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: «Mening aytganim-aytgan, deganim-degan». Demak, an’anaviy ta’lim texnologiyasida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya’ni zo‘ravonlik pedagogikasi amal qiladi»1.
An’anaviy o‘qitish texnologiyasida pedagog yagona subyekt, talabalar pedagogik jarayon obyekti, o‘qitish tushuntiruv-ko‘rgazmali usulda olib boriladi. O‘qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli o‘quvchilarning tashabbusi va mustaqilligi o‘zidan-o‘zi so‘nib boraveradi.
Shu bois texnologiya asosan talabalarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni ko‘zda tutmaydi.
O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, an’anaviy o‘qitish texnologiyasi o‘z tabiatiga ko‘ra ta’lim muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilgan talablarga butunlay javob bermaydi.
Bundan farqli o‘laroq shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda o‘quvchi talimning milliy modeli mohiyatiga ko‘ra pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Ta’limning milliy modelini – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy qism – birinchi o‘rinda turadi.
Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan o‘qitish o‘quvchi shaxsiga yo‘nartirilgan bo‘lishi lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining kommunikativ asosi – pedagogik jarayonda talabaga insoniy-shaxsiy yondashishdir. Buni bir-birini to‘ldiradigan, shaxsiy-insoniy munosabatlarni rivojlantiradigan 1-2-3 jadvallarda ko‘rish mumkin.
XULOSA
Alisher Navoiyning epik asarlarini shaxsiy-insonparvarlik texnologiyasi asosida o‘rgatish o‘quvchilarda qiziqish, faollik, mustaqil fikrlash, badiiy asarga akseologik yondashuv kabi ijobiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Mumtoz adabiy namunalarning qiziqarlilik va o‘zlashtirilish darajasi ortadi. Buning uchun adabiyot o‘qituvchilari o‘zlarida innovatsion yondashuv yo‘sinini shakllantirishlari lozim bo‘ladi. O‘rganilgan ko‘plab nazariy-metodik adabiyotlarning qiyosiy tahlili va o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari davomida erishilgan natijalar tahliliga tayanib quyidagi ilmiy xulosalarga kelindi:
1. shaxsiy-insonparvarlik texnologiyasi o‘quvchilar oldiga muammo tarzida qo‘yilgan asarni o‘zlashtirish uchun o‘qibgina qolmay, bir-birlarini ham o‘qishga yo‘naltirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
3. Alisher Navoiyning epik asarlarini shaxsiy-insonparvarlik texnologiyalarida o‘zlashtirishda o‘qituvchining o‘rni pasaymaydi, aksincha, ortadi.
4. Adabiy ta'lim bo‘yicha shaxsiy-insonparvarlik texnologiyasi ta'limning kichik guruhlarda tashkil etilishini ko‘zda tutadi va guruhdagi har bir o‘quvchining bir-birlari hamda o‘qituvchi bilan faol, qizg‘in, ta'sirchan muloqotlariga asoslanadi. Bunday muloqot badiiy asarni o‘zlashtirish, o‘rgatish orqali o‘rganish bilan birga o‘quvchilarning ichki kechinmalarini namoyon qilishning muhim shartidir. Zero, adabiy ta'lim so‘z orqali o‘rganish, so‘z orqali o‘qitish va so‘z orqali anglash, his qilish bo‘lgani uchun faol o‘quv muhitida so‘z orqali o‘zaro kuchli ta'sir ko‘rsatishi tabiiydir.
O‘rnatilayotgan yangicha munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi kunda natija bermaydigan va noinsoniy hisoblangan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir, chunki tarbiya jarayonida zo‘ravonlik aslo mumkin emas, jazolash insonni kamsitadi, ezadi, uning rivojlanishini susaytiradi.
Isloh qilinayotgan ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlarni erkin, majburlashsiz o‘qitish, ularning shaxsiga indivudual yondashishning mazmun-mohiyatini namoyon qilish juda muhimdir.
|