119
vositalaridan foydalanishda deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko‘ra bir xil
bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga
ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga,
siyosiy
partiyalarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki
nashr maydoni ajratilishi mumkin. Saylov kampaniyasida ishtirok
etuvchi ommaviy axborot
vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda
boshqa talablar barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng va bir xil bo‘lishi
kerak. Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo‘lishi, deputatlikka
nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek deputatlikka nomzodlarning sha’ni va
qadr-qimmatiga putur etkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi. Saylovoldi tashviqoti
maqsadida ommaviy axborot vositalaridan
foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar
bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.