ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish




Download 492.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana18.10.2022
Hajmi492.78 Kb.
#27452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hffpN0EruKkAOHdWjgmWesI50OHSYnlFNJkkg5Tm
Diyonat, Odil Yoqubov, 2 5285530494128101228, Shalola-shodmonova-dasturlash, Ma\'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi (A.Sattorov), b41d5475c6b85e36a24e18d9ca246ed2 Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari, Сердобольская Чуличков Пособие Теорвер, suv test, Multimedia tarmoqlari, 1678635060 (1), Vino kislotasi, ATT Kurs mavzulari, Multisim modellashtirish dasturi, Rustam, Презентация Microsoft PowerPoint kons
ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish 
chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; 
o‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi; 
fan o‘qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda 
ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qiladi. 
Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida yig‘ilishlar, davra 
suhbatlari, uchrashuvlar, ochiq darslar kabi tadbirlarni tashkil etadi. 
Umumta’lim maktabida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari yo‘nalishi hamda 5-
11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha
Metod birlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.
Umumta’lim maktabida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi 
bo‘lsa, Metod birlashma tashkil etiladi.
Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda 
ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metod 
birlashmaga birlashadi.
Metod birlashma rahbari metod birlashma a’zolari bilan kelishgan holda, 
umumta’lim maktabining metodik kengashi qaroriga asosan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 
metodik ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzliksiz metodik xizmatni 
tashkil eta olgan, ijodkor va tajribali o‘kituvchilardan maktab direktorining buyrug‘i 
bilan tayinlanadi.
Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan 
o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishlari yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha Metod 
birlashmaga a’zo bo‘lishlari shart.
Metod birlashma tarkibi umumta’lim maktabi direktorining buyrug‘i bilan 
shakllantiriladi. 
Metod birlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari 
bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi. 
Metod birlashma yillik ish reja asosida faoliyat ko‘rsatadi. 


Metod birlashma ish rejasi metod birlashma rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va 
Metod birlashma yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi, umumta’lim maktabi metodik 
kengashining qaroriga asosan umumta’lim maktabi direktori tomonidan tasdiqlanadi. 
Metod birlashma umumta’lim maktabining metodik kengashiga bo‘ysunadi va o‘z 
faoliyatini pedagogik kengash va metodik kengash qarorlarini bajarishga yo‘naltiradi. 
Metod birlashmalar rahbarlari umumta’lim maktabining metodik kengashi a’zosi 
hisoblanadi va kengash yig‘ilishida hisobot beradi. 
Metod birlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. 
Metod birlashma yig‘ilishlariga boshqa Metod birlashmalarning mavzulari yoki 
qiziqishlariga ta’sir yetuvchi masalalarni ko‘rib chiqishda ularning rahbarlari 
(o‘qituvchilari) taklif etilishi lozim. 
O‘quv yili oxirida Metod birlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorning 
o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tahlil qilinadi. 
Metod birlashma rahbari umumta’lim maktabida fan oyliklari va metodik kunlarni 
o‘tkazishga mas’ul hisoblanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarning qobiliyatlarini 
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor o‘qituvchilarni 
aniqlash, ularning tajribasini o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilayotgan 
metodlarni takomillashtirish maqsadida fan oyliklari o‘tkaziladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklari quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 
T/r 
Fan va yo‘nalishlar nomi 
O‘tkazish 
muddati 
1. Boshlang‘ich ta’lim
sentabr 
2. Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili 
oktabr 
3. Rus va xorijiy tillar
noyabr 
4. Tarbiya va ijtimoiy fanlar (Tarix, huquq) 
dekabr 
5. Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) 
yanvar 
6. Aniq 
fanlar 
(matematika, 
informatika 
va 
axborot 
texnologiyalari) 
fevral 
7. Geografiya va iqtisodiyot 
mart 
8. Amaliy 
fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa 
madaniyati, texnologiya)
aprel 
9. Jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik 
may 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklarini o‘tkazishda quyidagilarni amalga 
oshirishga e’tibor qaratilishi lozim: 
 ta’lim 
muassasasida 
o‘quv-tarbiya 
jarayonining 
sifatini, 
fan 
o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ualrning qobiliyati va 
iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish; 
 ta’lim muassasasida fanlarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy 
metodlarni aniqlash va ta’lim-tarbiya jarayonidagi natijalarini targ‘ibot 
qilish; 
 pedagoglarning ijodiy faolligini oshirish, ularning ish tajribalarini o‘rganish; 


 sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o‘quv jarayoni bilan uzviyligini 
ta’minlash; 
 o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil etish. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan oyliklarida amalga oshiriladigan ishlar 
umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metod birlashmasi ish rejasiga kiritiladi. 
Har bir fan oyliklarining yakuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Metod 
birlashmalari, chorak yakunida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining metodika kengashi 
va o‘quv yili yakunida pedagogika kengashlarida muhokama qilinadi. 
Fan oyliklari yakunida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Metod birlashmasi 
rahbari tomonidan ma’lum bir fan o‘qituvchisining ish tajribasini ommalashtirish 
bo‘yicha maktabning metodika kengashiga tavsiya etishi mumkin. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini 
oshirish, ijodiy ishlashlari va o‘z bilimini muntazam boyitib borishlari, axborot 
informatsion texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish 
maqsadida metodik kunlar tashkil etiladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining metodik kunlari quyidagi 
jadval asosida tashkil etiladi: 

Download 492.78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 492.78 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish

Download 492.78 Kb.
Pdf ko'rish