• Metod birlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi, yillik hisoboti.
  • Metod birlashmaning har bir a’zosining majburiyatlari




    Download 492.78 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/7
    Sana18.10.2022
    Hajmi492.78 Kb.
    #27452
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    hffpN0EruKkAOHdWjgmWesI50OHSYnlFNJkkg5Tm
    Diyonat, Odil Yoqubov, 2 5285530494128101228, Shalola-shodmonova-dasturlash, Ma\'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi (A.Sattorov), b41d5475c6b85e36a24e18d9ca246ed2 Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari, Сердобольская Чуличков Пособие Теорвер, suv test, Multimedia tarmoqlari, 1678635060 (1), Vino kislotasi, ATT Kurs mavzulari, Multisim modellashtirish dasturi, Rustam, Презентация Microsoft PowerPoint kons
     Metod birlashmaning har bir a’zosining majburiyatlari: 
    har bir o‘qituvchi kamida bitta Metod birlashmaga a’zo bo‘lishi; 
    Metod birlashma o‘tkazadigan yig‘ilishlar va tadbirlarda qatnashish; 
    kasbiy mahoratini oshirishga intilish; 
    pedagogning huquqiy-me’yoriy faoliyatini bilish va unga amal qilish;
    pedagogik faoliyatida o‘z-o‘zini tahlil qilib borish. 
    Metod birlashma quyidagi huquqlarga ega
    umumta’lim maktabi rahbariyatiga fan xonalari mas’ullarini 
    rag‘batlantirish va fan to‘garaklarini tashkil qilish yuzasidan takliflar 
    beradi;
    ayrim fan yoki yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar 
    beradigan sinflar ochish bo‘yicha takliflar beradi;
    ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar mavjud umumta’lim 
    maktablarida yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlar va yakuniy nazorat 
    materiallarini tayyorlaydi; 
    Metod birlashma a’zolarining malakasini oshirishga doir takliflar beradi. 
    Metod birlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim: 
    Metod birlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, 
    yig‘ilish bayonnomasi, 
    yillik hisoboti. 
    Metod birlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metod birlashma rahbari 
    javobgar hisoblanadi. 
    Metod birlashmaning yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnoasi, hisoboti uch yil 
    mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi. 
    Metod birlashmalar umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari 
    bo‘yicha o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra maktab direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi 
    va tugatiladi. 
    Metod birlashma qarorlarini bajarish metod birlashmaning har bir a’zosi uchun 
    majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati Metod birlashma rahbari tomonidan 
    amalga oshiriladi. 
    Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga 
    muvofiq javobgar bo‘ladi. 
     
    Tarix fanidan metod birlashma ishini samarali tashkil etishda tarix to‘garagining 
    o‘rni kattadir. Aynan tarix bo‘yicha to‘garaklarda o‘quvchilar reja asosida bilimlarini 
    tarixiy manbalar, ilmiy va ilmiy ommabop materiallar, badiiy adabiyotlar yordamida 
    o‘zlarining tarix bo‘yicha bilimlarini oshirib boradilar.
    Tarix to‘garagi (yoki tarixchilar jamiyati) sinfdan tashqari qilinadigan barcha 
    ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning eng ixcham ko‘rinishidir.
    Tarix to‘garagida o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab mavzular – Amir Temur 
    shaxsi va faoliyati, Vatanimiz tarixidagi jarayonlar, o‘sha davrning buyuk shaxslari, 


    allomalar, madaniyat va san’at arboblari haqida, o‘sha davr madaniyati va san’at tarixi 
    va boshqalar rejalashtiriladi.
    Maktab tajribasida to‘garak ishining mazmuni a’zolarining yoshiga, bilim 
    saviyalari va malakalariga qarab turlicha bo‘ladi. 5-6-sinf o‘quvchilari uchun tashkil 
    etilgan tarix to‘garagining asosiy vazifasi o‘quvchilarda tarixni o‘rganishga paydo 
    bo‘la boshlagan qiziqishni rivojlantirishga qaratilga bo‘lsa, 7-8-sinflarda ularni tarixiy 
    materiallar ustida mustaqil va ijodiy ishlay boshlashga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. 
    Agar 5-9-sinf o‘quvchilarga hikoyaviy ma’lumotlar qiziqarli va tushunarli bo‘lsa, 10-
    11-sinf o‘quvchilarini esa mavzuni o‘rgangan olimlar, tadqiqotchilar asarlari 
    qiziqtiradi.
    Tashkil etilgan to‘garak mavzulari va mazmuni o‘quvchilarning o‘sib borayotgan 
    talablariga to‘la javob beradigan bo‘lishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
    foydalanish bilan birga o‘quvchilarning ishtirokini ham ta’minlanishiga e’tibor 
    qaratilishi kerak bo‘ladi. Bunda o‘quvchilarni tarixiy tadqiqotning ba’zi tomonlari 
    bilan ham ma’lum darajada tanishtiriladi. Masalan, tarix fanining maxsus sohalaridan 
    bo‘lgan xronologiya, arxeologiya, numizmatika, etnografiya, sfragistika, geraldika, 
    paleografiya, metrologiya, tarixiy geografiyaga oid bo‘lgan ma’lumotlardan 
    o‘quvchilarning intellektual bilimlarini kengaytirish maqsadida foydalanishni ko‘zda 
    tutadi.
    Tarix to‘garagi o‘quvchilarning tarixni o‘rganishga qiziqishini oshirishiga, darsda 
    olgan bilimlarini yanada boyitishga, xususan axborotlarni izlash, ularni tahlil qilish, 
    ma’ruza bilan ishtirok etish, ta’limning texnika vositalari bilan ishlashga o‘rganadilar, 
    xullas mustaqil ijodiy ishlay bilish sohasida ham malakalarini hosil qilishiga yordam 
    beradi.
    Tarix yoki tarixiy-o‘lkashunoslik to‘garagi odatda bir xil yoshdagi sinf 
    o‘quvchilaridan tashkil topadi.
    To‘garak ishining mazmuni a’zolarining yoshiga, bilim saviyalari va 
    malakalariga qarab turlicha bo‘ladi. 5-6-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan tarix 
    to‘garagining asosiy vazifasi o‘quvchilarda tarixni o‘rganishga paydo bo‘la boshlagan 
    qiziqishni rivojlantirish, ularni tarixiy materiallar ustida mustaqil va ijodiy ishlay 
    boshlashga o‘rgatishdan iboratdir. 
    7-8-sinflarda, ayniqsa 9-sinflarda tashkil etilgan to‘garak tematikasi, uning 
    mazmuni o‘quvchilarning o‘sib borayotgan talablariga to‘la javob beradigan bo‘lishi 
    kerak. Maktab tajribasida 9-sinflardagi o‘quvchilar uchun tashkil etilgan to‘garaklarda 
    mamlakat iqtisodiyotiga, xalq xo‘jaligining yuksalishiga doir masalalarni o‘rganishga 
    katta e’tibor berilganini ko‘ramiz. 
    Tarix yoki tarixiy-o‘lkashunoslik to‘garagida o‘quvchilarning qiziqishlariga 
    qarab har xil masalalar - harbiy-tarixiy, ulug‘ kishilar, tarixiy arboblar va mashhur 
    qahramonlarning biografiyasi, madaniyat va san’at tarixi, tarixiy-o‘lkashunoslik 
    materiallari, kundalik voqealar va boshqalar o‘rganiladi. To‘garak o‘quvchilarni 
    tarixiy tadqiqotning ba’zi tomonlari bilan ham ma’lum darajada tanishtiradi. Masalan, 
    yosh arxeologlar, yosh arxivshunoslar to‘garagida o‘quvchilar arxeologiya ishlarini 
    olib borish, arxivda ishlash malakalarini egallaydilar. To‘garakda ma’ruza qilishga, 
    axborot berishga, ko‘rsatmali qurollar tayyorlash va eskilarini ta’mirlashga, ta’limning 
    texnika vositalari bilan ishlashga o‘rganadilar. Tarixiy-o‘lkashunoslik to‘garaklarining 


    faoliyati ko‘proq yuqori sinf o‘quvchilarining kichik yoshdagi o‘quvchilar va aholi 
    orasida olib boradigan targ‘ibot ishlari bilan bog‘langan bo‘ladi. 
    To‘garakda tarixiy-biografik mavzularni o‘rganish o‘quvchi yoshlarni 
    tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda 5-7-sinf o‘quvchilari uchun 
    kishilarning jangdagi qahramonligi, jonbozligi qiziqarli va tushunarli bo‘lsa, yuqori 
    sinflardagi o‘quvchilarni olim, tadqiqotchi va davlat arboblarining ichki dunyosi, yirik 
    olim bo‘lgunga qadar bosib o‘tgan yo‘li qiziqtiradi. Shu sababdan 8-9-sinflarda va 
    o‘rta maxsus ta’lim tizimida to‘-garaklar tematikasining asosiy mazmunini ko‘pincha 
    biografik xarakterdagi mavzular tashkil etadi.
    To‘garakda harbiy o‘tmishni o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, 5-
    6-sinf o‘quvchilari to‘garagida qadimgi dunyo, o‘rta asrlardagi harbiy texnikani 
    o‘rganish mumkin. 7-9-sinflardagi o‘quvchilarning to‘garaklarida urush va harbiy 
    san’at tarixining nazariy masalalari o‘rganiladi.
    Shunday qilib, sinfdan tashqari ishlarning muhim formasi bo‘lgan tarix to‘garagi 
    ham o‘quvchilarning tarixni o‘rganishga qiziqishini oshiradi, olgan bilimlarini 
    chuqurlashtirish va kengaytirishga hamda mustaqil ijodiy ishlay bilish sohasida 
    malakalarini hosil qilishlariga yordam beradi. 
    Tarix fanidan metod birlashma ishini samarali tashkil etishning shakllaridan biri
    konferensiyalardir. Tarixni o‘rganishda konferensiyalar alohida o‘rin tutadi. Maqsadli 
    ravishda o‘tkaziladigan konferensiyalar tarixni chuqur o‘rganishga, unda o‘quvchilarni 
    faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Konferensiyalar sinfdan tashqari o‘quv ishlarining muhim shakli bo‘lib, 
    o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini to‘ldirish, ularning mustaqil va ijodiy ishlash 
    qobiliyatlarini o‘stirish, ijtimoiy faoliyatga tayyorlashning muhim vositasi bo‘lib 
    xizmat qiladi.
    Eng keng foydalaniladigan muhim turlaridan biri kitobxonlar konferensiyasidir. 
    Konferensiyada o‘qituvchi rahbarligida o‘qilgan kitoblar muhokama qilinadi. 
    Imkoniyat bo‘lganda muhokamaga qo‘yilgan kitobning muallifi ishtirok qilsa yana 
    yaxshi bo‘ladi. Tarix fani o‘qituvchisi tomonidan tuzilgan rejada ma’ruza o‘qish, 
    o‘quv konferensiyalarini o‘tkazish, ushbu konferensiyalarda mavzuning turli soha 
    ijodkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, so‘ngra mavzuga oid kinofilm, pesalar 
    ko‘rish, turli tanlovlar tashkil qilish, mavzuga doir san’at ko‘rgazmalarini tashkil etish 
    va boshqalarni kiritish mumkin.
    Konferensiyalarda iqtidorli o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash, ishtirokchilarni 
    viktorina savollariga jalb etish kabi interfaol usullardan foydalanish ham yaxshi 
    natijalarni beradi. 
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bilim va ko‘nikmalari jihatdan tengqurlariga 
    qaraganda ilgarilab ketgan o‘quvchiga nisbatan “iqtidorli bola” degan ta’rif 
    qo‘llaniladi. Mamlakatimiz olimlari va amaliyotchi pedagoglari o‘sib borayotgan 
    bolaning har bir yoshida qanday bilimlarga ega bo‘lishi zarurligi me’yorlarini 
    aniqlashgan. Bilim va ko‘nikmalar darajasi shu me’yorlardan yuqori bo‘lgan bolani 
    iqtidorli bolalar qatoriga kiritish mumkin.
    O‘quvchidagi ma’lum qobiliyat, bilim, ko‘nikma va imkoniyatlarining boshqa 
    tengdoshlariga nisbatan yuqoriroq darajada bo‘lishi uning iqtidorliligining ko‘rsatkichi 


    bo‘lib, uni avaylab-asrash, barkamollik sari yetaklash ustoz va murabbiylarning eng 
    muhim vazifalari qatoriga kiradi.
    “Iqtidor – o‘zi nima?! “Insonning o‘z hatti – harakatlariga nisbatan sub’ektiv 
    munosabatiga iqtidor deyiladi. U shaxsning o‘z xulqi va qilmishlariga nisbatan haq 
    ekanligiga komil ishonch qat’iyligi natijasida namoyon bo‘ladi. Biror soha bo‘yicha 
    layoqatini ongli ravishda sezgan odam o‘zidagi qobiliyatini to‘la namoyon qilish 
    uchun qat’iyat ko‘rsatadi. Kuch – quvvatini ayamaydi va kutilgan natijasiga – 
    maqsadiga yetadi, ya’ni o‘zini bor bo‘yicha ko‘rsata biladi, ana shuni iqtidor desa 
    arziydi”
    1
    Ma’lumki, boladagi iqtidor, eng avvalo, irsiy imkoniyatlar bilan bog‘liq holda 
    sog‘lom ijtimoiy muhitda shakllanadi. Tarixda buyukligi, iqtidorli shaxsligi bilan nom 
    qoldirgan insonlar ko‘p narsalarga ota – onalari va tarbiyachilari ta’sirida erishganlar. 
    Lekin tajribilar shuni ko‘rsatdigi, iqtidorning yuzaga chiqishida tarbiyaviy muhitning 
    o‘rni nihoyatda katta.
    Tarix fanidan iqtidorli bolani qanday va qaysi xislatlariga qarab tanlash, aniqlash 
    mumkin? Fikrimizcha, bunda quyidagilarga e’tibor qaratmoq kerak: 

    Tarixiy voqea va hodisalarga oid yangi – yangi bilimlarni egallashga 
    intilishi; 

    Tarixdan darsliklardaetarli yoritilmagan voqea va hodisalarni o‘rganish 
    ishtiyoqida bo‘lishi; 

    Qandaydir savollarga javob qidirib yurishi; 

    Mustaqil o‘qishga ko‘p vaqt ajratishi; 

    Tarixiy voqea va hodisalarni bir – biriga taqqoslash orqali xulosalar 
    chiqarishga intilishi; 

    Tirishqoqlik, tashabbuskorlik, mulohazakorlik kabi sifatlar yuqoriligi; 

    O‘zining bilim olish jarayonini o‘ziga xos usulda rejalashtira olishi; 

    O‘z faoliyatini ichki nazorat orqali kuzata olish qobiliyatiga egaligi; 

    Yoshiga nisbatan murakkab, tarixiy – ilmiy asarlar bilan qiziqishi va tarixiy 
    mavzudagi romanlarni o‘qishga qiziqishi; 

    Aqliy faollik kabi ko‘plab xislatlar iqtidorli bolani tengqurlaridan akjratib 
    ko‘rsatadigan belgilaridir; 
    Tarix fani bo‘yicha iqtidorli bunday bolalarni tarbiyalash, yanada yuqori 
    pog‘onalarga ko‘tarish, ularga alohida e’tiborni talab qiladi. Boshlang‘ich va yuqori 
    sinflarda mana shu e’tiborning yetishmasligi tufayli minglab iqtidor egalari 
    keyinchalik oddiy insonlar darajasida qolib ketadi. Vaholanki, undan fan sohasi 
    olimlari, akademiklar yetishib chiqishi mumkin edi.
    Bu masaladagi muammo shundaki, tarix fani sohasida iqtidor kurtaklarini 
    namoyon etgan bolaga yoshligidan oilada ota-onalar repetitorga yuborib, ulardagi 
    tarixdan epizodik bilimlarni yosh xususiyatlaridan kengroq tarzida o‘rgatadilar. Shu 
    tariqa ularda yoshligidan bu boradagi iqtidor ancha shakllanib ulguradi. Keyin esa bu 
    bolalar hammaga, ya’ni o‘rtamiyona iqtidorli bolalarga mo‘ljallangan umumiy ta’lim 
    maktablariga berishadi. U endi berilayotgan bilimlardan qoniqmay qoladi. Hatto men 
    1
    Ibyurohimov A, Sultonov X, Jo‘raev N. Vatan tuyg‘usi. Toshkent, “O‘zbekiston” – 1996 yil 47-sahifa 


    o‘z tengdoshlarimdan ko‘p narsani bilaman, degan maqtanchoqlik kayfiyati paydo 
    bo‘ladi va o‘z ustida ishlamay qo‘yadi. O‘sib kelayotgan iqtidor egasi hamma qatori 
    bolaga aylanadi. Xo‘sh, ota-ona noyob iqtidorli farzandlarining iqtidorini tyoshligidan 
    tarbiyalashga kirishib xato qiladimi? Yo‘q, albatta?! Bu nihoyatda muhim ish bo‘lib, 
    iqtidorli bolalarni o‘qitish uchun mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan maktab – 
    internatlar tashkil etilganini mamnuniyat bilan e’tirof etish mumkin.
    Qolaversa, ana shunday iqtidor egalarini umumiy o‘rta ta’lim sharoitida ham 
    tarbiyalash mumkin. Ma’lumki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsni sinfdagi 
    o‘rtamiyona iqtidor egalarining bilim darajasiga qarab o‘tiladi. Sinfdagi iqtidori 
    pastroq bolalar esa tushuntirish jarayonining uzoq vaqt davom etishiga sabab bo‘ladi. 
    Sinfdagi o‘quvchilarni iqtidoriga qarab shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin. 
    Bular iqtidori past bolalar, o‘rtamiyoni iqtidorlilar va iqtidor yuqori bolalar. 
    O‘rtamiyoni iqtidorli bolalar yaxshi o‘zlashtirayotgan mavzu iqtidori yuqoriroq bolalar 
    uchun zerikarli bo‘ladi. Agar o‘qituvchi iqtidori yuqori bo‘lgan bolalarni inobatga olib 
    dars o‘tsa, sinfni yarmi, ya’ni iqtidori pastroq va o‘rtamiyona iqtidorli o‘quvchilar 
    darsni umuman tushunmay qoladi. Iqtidori o‘rtamiyona o‘quvchilarni mo‘ljallab dars 
    o‘tganda ham ulardan ancha ilgarilab ketgan iqtidori yuqori bo‘lgan bolalar zerikadi 
    yoki o‘z imkoniyatlaridan voz kechib, asta-sekin o‘rtamiyonalar darajasiga tushib 
    qoladi, undagi iqtidor so‘nadi.
    Bu muammoning yechimini qanday qilib topish mumkin yoki iqtidorli bolalarni 
    tarbiyalashni qanday qilib yaxshilash kerak, degan savol haqli ravishda ko‘ndalang 
    bo‘lib turibdi. Bu muammoni hal etishning yagona yo‘li iqtidorli bolalar bilan alohida 
    shug‘ullanishdan iboratdir. Buning uchun iqtidorli deb topilgan bolaning qiziqishlar 
    doirasini o‘rganib chiqish, tarixiy voqea va hodisalarni bayon qilish layoqatini, tarixiy 
    voqea va hodisalarni qiyosiy taqqoslash orqali xulosalar chiqarish borasidagi iqtidorini 
    aniqlash kabilarga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, tarix fanidan o‘z iqtidorini 
    ko‘rsatgan bola 6-sinfda darsligida berilgan ma’lumotlar bilan qanoatlanmaydi. U 
    ehromlar nima uchun yetti mo‘jizalar qtoriga kiradi va yetti mo‘jizaning har biri 
    haqida batafsil bilishni istaydi. Shu sababli tarix fani o‘qituvchisi avvalo Misr 
    ehromlari haqida qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda keng ma’lumotlar 
    berish bilan birgalikda, yetti mo‘jiza (Misr ehromlari, Bobil osma bog‘lari, Ma’buda 
    Artimeda ibodatxonasi, Olimp xudosi Zevs haykali, Quyosh xudosi Gelios haykali, 
    Aleksandr mayog‘i, Galikarnas maqbarasi)ning barchasi haqida keng ma’lumot 
    berishga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘ng iqtidorli o‘quvchiga yetti mo‘jiza haqida bayon 
    yozishni topshirish ham yaxshi samara berishi mumkin. 7-sinfda O‘zbekiston tarixidan 
    “Amir Temur va temuriylar davlati” bobidagi mavzularni tushuntirishda iqtidorli 
    bolaga Bo‘riboy Axmedovning “Amir Temur” tarixiy romani (T; 1995 yil) yoki 
    Abdulhamid Muhammadjonov
    2
    va Hamid Ziyoevlarning
    3
    asarlaridan xarakterli 
    epizodlarni so‘zlab berish ham o‘rinli bo‘ladi. 7-sinfda o‘qiydigan iqtidorli bola 
    Sohibqiron bobomiz haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni eshitgach, bu asarlarni o‘qish 
    ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Fikrimizcha, bu jarayonlar bevosita o‘qituvchi nazorati ostida 
    2
    Muhammadjonov A. Temur va temuriylar saltanati. Tarixiy ocherk. Toshkent, 1994 yil 
    3
    Ziyoev H. Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008 yil. 


    bo‘lmog‘i lozim. Negaki notanish atamalar, izohtalab voqealar haqida o‘qituvchi 
    ko‘magi zarur bo‘ladi. Tarix fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-7 sinfida 
    o‘qiydigan iqtidorli bolalarning iqtidorlarini yanada yangi pog‘onalarga ko‘tarish 
    uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 

    Ular bilan alohida kengaytirilgan reja asosida ishlash; 

    Dars mavzusini qo‘shimcha tarixiy adabiyotlar asosida tushuntirish; 

    Tarixiy romanlar, ilmiy asarlarni o‘qishni tavsiya etish va ularda bayon 
    qilingan tarixiy voqea – hodisalar yuzasidan o‘zaro savol – javoblar uyushtirib borish; 

    Qo‘shimcha adabiyotlardan o‘qilgan tarixiy voqea va hodisalar yuzasidan 
    qisqacha konspekt va tezislar tuzishga o‘rgatish; 

    O‘rganilgan mavzu materiallariga o‘z fikr – mulohazalarini qo‘shgan holda 
    bayon qilishga o‘rgatish; 

    O‘lka tarixi, arxeologiyasi, etnografiyasi va toponomikasi bo‘yicha 
    materiallar yig‘ishga jalb etish; 

    Har bir sinfda o‘tilgan mavzular bo‘yicha xronologik jadval tuzishga 
    o‘rgatish; 

    Tarixiy mavzuda stendlar tayyorlashga jalb etish; 

    Shu kecha – kunduzda mamlakatimizda va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-
    iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar, amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar haqida 
    axborotlar tayyorlashga o‘rgatish, to‘garaklarda ular haqida axborotlar berib 
    borishlarini tashkil etish; 

    Yoshiga nisbatan murakkab, tarixiy – ilmiy asarlarni o‘qishni tavsiya etish 
    va ularni birgalikda tahlil etish; 

    Ilmiy yo‘nalishdagi konspektlar tuzishning ilk tushunchalarini o‘rgatish; 

    Me’moriy obidalar haqida o‘z tasavvurlarini yozishni talab qilish; 

    “Ma’naviyat yulduzlari” rukni ostida daho ajdodlarimiz haqida ma’lumot 
    to‘plashga jalb etish; 

    Internetdan olinadigan ma’lumotlar bilan ishlashga o‘rgatish; 

    Muzey materiallari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish; 

    “Yosh tarixchi” gazetasi va to‘garagi ishida maqolalar va ma’ruzalar bilan 
    qatnashishini uyushtirish; 

    Respublika va viloyat ommaviy-axborot vositalarida o‘z qarashlarini bayon 
    qilishga o‘rgatish; 

    Davlat va jamiyat hayotida muhim rol o‘ynagan tarixiy shaxslarning 
    hukmdorligi, siyosat yurgizish bobidagi faoliyati, insonparvarlik borasidagi 
    faoliyatlariga chizgilar bitish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor 
    qaratmoq zarur.
    Tarixdan iqtidorli bolalar bilan ishlashda ularga ochiq va yopiq testlarni ko‘proq 
    ishlitish, ayniqsa tarixiy lug‘atlar, tarixiy hujjatlar, kitob su’ratlari, xaritalardan 
    olingan, shuningdek turli sinflarda O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixidan o‘rganilgan 
    tarixiy voqea va hodisalarni qiyoslashni talab qiladigan murakkab testlar bilan ishlash 
    ham ahamiyat kasb etadi.
    Ijtimoiy – gumanitar fanlar yo‘nalishidagi iqtidorli bolalarni tanlash va 
    tarbiyalashda eng avvalo ularning tarix, o‘zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillardan 
    bilimi, qobiliyati, iqtidori o‘rganib chiqiladi. Bilim olish, bilimini takomillashtirib 


    borish va o‘z oldiga qo‘ygan maqsad sari didillik , qat’iyatlilik bilan intiladigan 
    iqtidorli bolalar o‘z hatti-harakatlariga hamisha tanqidiy ko‘z bilan qaraydilar. Bunday 
    iqtidor egasini avaylab-asrab ularga o‘z iqtidorini namoyon etmog‘i uchun shart-
    sharoit yaratish, ilm o‘rganishda yaqindan ko‘mak berish har bir o‘qituvchi –
    murabbiydan yuksak mas’uliyat talab qiladi.
    Yurtimizdagi iqtidor egalarini aniqlash, ularning iqtidorini rivojlantirish va aniq 
    maqsadga yo‘naltirish orqali tarbiyalanadi. Bu masalada jahonga yuz tutgan maktab 
    Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab – internatida uzoq 
    yillik tajribalar asosida shakllangan “...yutuqning faqat btr foizigina iqtidor, qolgan 
    to‘qson to‘qqiz foizini mehnat tashkil qiladi” tamoyiliga amal qilinadi. 
    Uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘quv muassasalarida iqtidorli bolalarni tanlash va 
    tarbiyalashda ta’limning turli usullari qatorida murakkab test – topshiriqlari bilan 
    ishlashga o‘rgatish samarali natijalar beradi. Masalan, tarix faniga o‘z iqtidorini 
    ko‘rsatgan o‘quvchilar uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘quv muassasalarida DTS maksimal 
    talablari darajasida tuzilgan test topshiriqlari bilan birgalikda tarix fani o‘qituvchisi o‘z 
    qobiliyat darajasidan kelib chiqib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar davrida 
    o‘rgatgan qo‘shimcha tarixiy manbalar materiallariga asoslanib tuzilgan nisbatan 
    murakkab test topshiriqlaridan foydalanishi iqtidorli o‘quvchilar bilim darajasini 
    yanada oshirish va ularni tarix fanining muammolari masalalarini o‘rganishga 
    qiziqtirishda qo‘l keladi.
    Tarix fanidan test topshiriqlari tuzilishi darajasi tarixiy voqea – hodisalar bo‘lib 
    o‘tgan vaqti, tarixiy voqea – hodisalar mazmun – mohiyatini o‘zida aks ettirish 
    darajasi, qadimiy va zamonaviy voqealarning qiyosan tahlil qilnishi kabi 
    xususiyatlariga qarab shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: oddiy testlar, 
    o‘rtacha darajadagi testlar, murakkab testlar. 
    Tarix fanidan murakkab testlar olimpiada test topshiriqlari darajasida, hatto undan 
    ham murakkabroq bo‘lishi kerak, deb o‘ylaymiz. Negaki, olimpiada test topshiriqlari 
    ham o‘z tuzilishi jihatdan nisbatan murakkablik tamoyiliga asoslangan bo‘lsada, 
    uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘quv muassalari darslik va dasturlaridan chetga chiqmaydi, 
    albatta. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, olimpiada test topshiriqlarining hammasi ham 
    murakkab bo‘lavermaydi.
    Tarixga ixtisoslashgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, tarixga 
    yo‘naltirilgan iqtidorli bolalar maktab – internatlarida esa o‘quv yili davomida 
    o‘quvchilarni nisbatan murakkab test topshiriqlari bilan ishlashga o‘rgatib borish talab 
    qilinadi. Negaki, iqtidorli bolalar o‘qtituvchidan imkon qadar ko‘proq narsani 
    o‘rganishni istaydilar. Demakki, ularning istaklarini nafaqat qondira bilish, balki 
    ortig‘i bilan bilim bera olish hamma vaqt eng birinchi darajali vazifa bo‘lib qolishi 
    kerak.
    Qadim yunon faylasufi Arastu aytganidek, tarbiya uch narsaga – iste’dod, ilm va 
    mashqqa ehtiyoj sezadi. Tarix fanidan iqtidorli o‘quvchilarni o‘qitishda murakkab test 
    topshiriqlaridan foydalanish o‘quvchi iqtidori rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
    Birinchidan, o‘quvchi qobiliyati, layoqati, iste’dodi va iqtidorini hisobga olib testlar 
    tuziladi. Tarix fanidan tuziladigan murakkab test topshiriqlari quyidagicha mazmunni 
    o‘zida namoyon etishi lozim: 

    Download 492.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 492.78 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metod birlashmaning har bir a’zosining majburiyatlari

    Download 492.78 Kb.
    Pdf ko'rish