• Xulosa sifatida shuni qayd etish lozimki
  • unda ishtirok etgan har bir o‘quvchi o‘zining qobiliyat va talantini namoyish qilsin




    Download 492.78 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana18.10.2022
    Hajmi492.78 Kb.
    #27452
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    hffpN0EruKkAOHdWjgmWesI50OHSYnlFNJkkg5Tm
    Diyonat, Odil Yoqubov, 2 5285530494128101228, Shalola-shodmonova-dasturlash, Ma\'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi (A.Sattorov), b41d5475c6b85e36a24e18d9ca246ed2 Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari, Сердобольская Чуличков Пособие Теорвер, suv test, Multimedia tarmoqlari, 1678635060 (1), Vino kislotasi, ATT Kurs mavzulari, Multisim modellashtirish dasturi, Rustam, Презентация Microsoft PowerPoint kons
    unda ishtirok etgan har bir o‘quvchi o‘zining qobiliyat va talantini namoyish qilsin.
     - bu tadbirlarning maroqli o‘tishi uchun mavzuga mos ma’ruzalar tinglash
    she’rxonlik qilish, tarixiy voqealarning qatnashuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil 
    qilish mumkin. Har bir kecha albatta badiiy qism (qo‘shiq, kuy, muzika, 
    inssenirovka, viktorina o‘yinlar yoki turli zakovat musobaqalari, konkurslar va shu 
    kabilar) bilan to‘ldirilishi maqsadga muvofiqdir.
    Bunday ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilar faolligini oshiradi, ularni 
    tashkiliy ishlaridagi ishtiroki ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatadi, jamoa oldidagi 
    javobgarlik hissini oshiradi.
    Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tarixiy kechalar mavzu jihatidan o‘quv dasturining 
    mazmuni bilan zamonamizning dolzarb masalalari, buyuk shaxslar, davlat arboblari va 
    allomalarning tavallud sanalari bilan bog‘liq xolda reja asosida o‘tkazilishi maqsadga 
    muvofiq.
    Tarixiy kechalar davrimizning dolzarb hisoblangan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
    madaniy hayotiga doir mavzularga ham bag‘ishlanadi. Bu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, 
    tarixiy kecha va konferensiyalar sinfdan tashqari o‘quv ishlarining muhim shakli 
    bo‘lib, o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini to‘ldirish, ularning mustaqil va ijodiy 
    ishlash qobiliyatini o‘stirish, ijtimoiy faoliyatga tayyorlashning muhim vositasi bo‘lib 
    xizmat qiladi.
    Tarix fanidan metod birlashma faoliyatida ekskursiya o‘ziga xos ahamiyat kasb 
    etadi.


    Yurtimizda barcha jabhalarda bo‘lgan o‘zgarishlar kabi muzeylarning faoliyatida 
    ham yangi davrni boshladi. O‘zbekiston Respublikasining Muzeylarni rivojlantirishga 
    oid qator Farmon va qarorlari, xususan muzeylarda bolalar bilan ishlash olib borishni 
    yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qarqtildi. 
    Maktab o‘quvchi – yoshlarini madaniy merosimiz vorislari sifatida muzeyning 
    doimiy ishtirokchilari hisoblanadilar. Muzey – nafaqat ma’naviy-ma’rifiy maskan, 
    balki ko‘rgazmali ashyolari bilan bilimi beruvchi katta quvvatga ega bo‘lgan, tarbiya 
    o‘chog‘i hamdir. Shu bois, ta’lim tizimida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya 
    ishlarining samaradorligini ta’minlashda maktab jamoasi uchun sinfdan tashqari 
    ishlarda muzeylarning ahamiyati kattadir. Buning uchun fanlarni oldindan 
    muvofiqlashtirib rejaga kiritilgan amaliy mashg‘ulotlar, ekspeditsiya – sayohatlar bilan 
    mujassamlashtirgan holda o‘tilishi mavzuni chuqur o‘zlashtirilishi effektini orttiradi. 
    O‘quvchi-yoshlar muzeylarning doimiy ishtirokchilari bo‘lgani uchun ular bilan 
    ishlash muzeyshunoslikning doimiy muhim masalalaridan hisoblanib, buning uchun 
    zamon talabiga mos turli tadbirlarni ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
    . Muzey eksponatlarini namoyish qilishga qo‘yilgan osori-atiqalar bolalar va turli 
    yoshdagi o‘quvchilar uchun juda sirli va qiziqarlidir. Madaniy tarbiya beruvchi 
    pedagog shu sehrli dunyoga olib kiruvchi yo‘lboshchi vazifasini bajaradi.
    Muzey pedagogikasi kichik yoshdagi tashrifchilar bilan ishlashning turli 
    shakllarini: viktorina, konkurslar, rolli o‘yinlar orqali olib borishni tavsiya qiladi. 
    O‘quvchi-yoshlar uchun vazifa sifatida topshiriqlarni beradi:
    1. Mening shajaram
    2. Mening uyimdagi yodgorliklar
    3. Yurtim bo‘ylab sayohat
    4. Mening qishlog‘im va.x.z.
    Muzey pedagogikasida ya’ni O‘quvchi-yoshlar bilan ishlashda quyidagilarga amal 
    qilish kerak:
    1. Yodgorliklar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari va talablarini
    shakllantirish;
    2. Estetik qoniqish va hayajonlanish hissini, qobiliyatini
    rivojlantirish;
    3. Yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirish;
    4. Boshqa madaniyatga nisbatan hurmat, tushunish hissini shakllantirish
    5. Muzey ekspozitsiyasini o‘ziga xos tilini o‘zlashtira olish
    6. Madaniy meros bilan aloqa qilish ko‘nikmalar, muzeyda o‘zini tutish, o‘rganish, 
    predmetlarni ko‘rish ko‘nikmasini hosil qilish.
    Bugungi kunda muzeylar asosan yoshlarning qiziqishi va talabini qondiruvchi, 
    tarix bilan yuzma-yuz turib erkin muloqotga kirishishga imkon beruvchi mo‘jizaviy
    ma’rifiy maskanga aylanib bormoqda.
    Muzeylar moddiy va ma’naviy yodgorliklar orqali ilmiy, tarixiy, madaniy 
    qadriyatlarni yosh avlodga yetkazuvchi markaz hisoblanadi. Shunday ekan, muzey 
    pedagogikasida eksponatlar, ko‘rgazmalar ta’lim-tarbiyaviy quvvatga ega bo‘lgan 
    darsxona ekanligi jihatidan, o‘sib kelayotgan turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar 
    uchun dasturlashtirilgan holda yondashishni talab etadi. Ya’ni jajji tashrifchilar bilan 


    tarixchilar, tadqiqotchilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlar ularning yosh - psixologik 
    jihatlariga to‘la javob berishi maqsadga muvofiqdir.
    XXI asr boshlariga kelib zamonaviy muzeylarda o‘quvchi yoshlar bilan ish olib 
    borish jarayonlarining yangi yo‘nalishlari rivojlana boshladi.
    Bu muzey o‘quvchi-yoshlarning tarixiy tafakkurini rivojlantirib, ularning tarixiy 
    davr bilan erkin muloqotga kirishlari, o‘sha davr “jonli” muhitida “yashash”lari uchun 
    katta imkoniyat yaratadi. Ushbu fikrni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tatbiq 
    etiladigan bo‘lsa, muzeyga tashrif buyuruvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini 
    inobatga olingan ilmiy ma’lumotnoma apparatining shakllantirilishi, buning uchun 
    zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalaridan keng foydalanishni joriy etilishini 
    ta’minlash muhimdir. Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarga 
    vazifa sifatida topshiriqlarni beradi. Bu topshiriqlarni quyidagicha tayyorlanishi 
    mumkin:
    - AmirTemur shajarasini tuzing. Amir Temur farzandlari haqida
    batafsil ma’lumot tayyorlang;
    - Amir Temur hayoti va faoliyati solnomasini tuzing;
    - Amir Temurning naslu nasabini yozing;
    - “Sohibqiron” so‘zining ma’nosini ayting;
    - Amir Temur saltanati hududlarini aniqlang va “Amir Temur buyuk
    Sarkarda” ekanligi haqida ma’lumot bering;
    - Amir Temur va temuriylar davri yodgorliklari haqida ma’lumot
    tayyorlash;
    - Muzeydagi eksponatlardan “AmirTemur – bunyodkor” mavzusida
    insho yozing.
    O‘quvchi-yoshlarda 
    muzeyda 
    o’zini 
    qanday 
    tutish 
    madaniyati 
    ham 
    shakllantiriladi.Jumladan: 
    -Yodgorliklar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari va talablarini
    shakllantirish;
    - Estetik zavqlanish hissi va qobiliyatini rivojlantirish;
    -Yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirish;
    -Boshqa madaniyatga nisbatan hurmat, tushunish hissini shakllantirish;
    -Muzey ekspozitsiyasini o‘ziga xos tilini o‘zlashtira olish;
    -Madaniy meros bilan aloqa qilish ko‘nikmalar, muzeyda o‘zini tutish, o‘rganish, 
    predmetlarni ko‘rish ko‘nikmasini hosil qilish.
    B.Xodjaevning “Muzey pedagogikasi: taraqqiyot tarixi va istiqboli” nomli 
    maqolasida muzey pedagogikasining konseptual asoslari va tarixiy – tadrijiy 
    rivojlanish tavsifi bayon etilgan. Muallif muzey pedagogikasining istiqbolli yo‘nalishi 
    sifatida virtual muzeylar muzeylar yaratishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq 
    etgan.
    Muallif, XX asr boshlarida dunyo bo‘yicha faqat AQShda bosh shiori “iltimos 
    ushlab ko‘r” iborasi bilan muzey faoliyat yuritgani, 90 – yillarning boshlariga keli 
    bularning soni 400 tadan oshgani, ular orasida Amsterdamdagi Tropik muzey, 
    Gaagadagi (Niderlandiya) “Museon” nomli bolalar ma’rifiy markazi, Avstriyadagi 
    “Bolalardunyosi”, Buyuk Britaniyadagi “Kashfiyotlar fabrikasi” va “Evrika”
    muzeylari juda mashhurligini misol tariqasida keltirgan.


    Muzeylarning o‘ziga xos jihati – o‘quvchilarning muzey materiallari bilan 
    ishlashini tashkil etish ularning fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan 
    bilim, ko‘nikma va malakalarini integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual 
    muzeyni yaratish ikkita metodikaning – muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot 
    texnologiyalariga asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga 
    keladi.
    XX asrning 90-yillarida muzeyshunoslikka kirib kelgan “virtual muzey” iborasi 
    bugungi kunda zamonaviy muzeyshunoslikning butun boshli yo‘nalishiga aylanib 
    ulgurdi. Virtual muzeyda muzeydagi materiallar ko‘rgazmasi amalga oshiriladi. 
    Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, keng, tez va 
    osonlik bilan ommaga taqdim etishni internet texnologiyalari yordamida amalga 
    oshiradi.
    O‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy 
    ildizlarini anglaydilar, tarixiy, abadiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy 
    meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan o‘quvchilarning 
    mustaqil ishini tashkil qilish o‘qituvchining yordami va ko‘rsatmasi orqali amalga 
    oshirish umumta’lim fanlari dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni 
    talab etadi. Bu esa o‘quv dasturlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. 
    Bunday ishlarni olib borish ancha samarali hisoblanadi.
    Xulosa sifatida shuni qayd etish lozimki, tarix fanidan metod birlashmaning 
    faoliyatida dars, darsdan va maktabdan tashqari ishlar o‘quvchilarning tarixni 
    o‘rganishga qiziqishini oshiradi, olgan bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga 
    hamda mustaqil ijodiy ishlay bilish sohasida malakalarini hosil qilishlariga yordam 
    beradi. 

    Download 492.78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 492.78 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    unda ishtirok etgan har bir o‘quvchi o‘zining qobiliyat va talantini namoyish qilsin

    Download 492.78 Kb.
    Pdf ko'rish