• 1.1-rasm. Strategiyani amalga oshirish jarayonining sakkizta asosiy boshqaruv elementlari Asosiy strategik yondashuvi.
  • Boshqalarga vakolatni berish yondashuvi
  • Hamkorlikka asoslangan yondashuv
  • Musobaqaviy yondashuv
  • «Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi




    Download 130 Kb.
    Sana06.12.2022
    Hajmi130 Kb.
    #33388
    Bog'liq
    1-Amaliy mazgulot.
    Тренинг, Issiqlik texnikasi va ichki yonuv dvigatellari, 5, Guruh talabasi Ikromov Javohir 4-Àìàëèé èø Ìàâçó Ðåçåðâëè íóñõà, Arofatxon, 6-Amaliy ish, KT Laboratoriya ishi 6,7 (1), Lesson 22 modals Obligation, 4, Lak bo’yoq materiallarining asosiy xossalari va ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar, Funksiya va uning berilish usullari. Funksiya xossalari, talaba-varaqasi-355201105456 (3), Grantlar tizimi boʻyicha QOʻLLANMA, result

    AMALIY MASHG’ULOT
    1-MAVZU: KOMPANIYANING BOSH QIYMATLARINI YARATISH
    REJA:
    1.1. Strategiyani bajarish bo‘yicha asosiy vazifalar
    1.2. Strategiyaga mos yo‘nalishlarni belgilash
    1.3. Strategiyani quvvatlovchi ishchanlik muhitini yaratish
    1.4. Hal qiluvchi vazifalarga odamlar tanlash
    Strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma'muriy ish bo‘lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat.
    Kompaniyaning ko‘rinishi qanday bo‘lishi va qanday raqobat mavqyeiga ega bo‘lishi lozimligini aniqlash bu kompaniyaning strategik tasviri yoki ko‘rinishi demakdir.
    Zamonaviy rahbar o‘z kompaniyasining mavqyeini va ushbu mavqyega ta'sir etuvchi muhit qanday o‘zgarishini tasavvur etishi lozim.
    Strategiyaga mos yo‘nalishni belgilash - bu asosiy boshqaruv funksiyalaridir.
    Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta'sir etuvchi tezkor strategiyalarni qo‘llab, vaziyatni nazoratga olishdir.
    Strategiyani quvvatlovchi ishchanlik muhitini yaratish - bu asosan menejerning tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirishi, xo‘jalikni to‘g‘ri yuritishi va ishchi-xodimlarni maqsadlarni bajarishga jalb etish jarayonidir.




    -Jadvalni tahlil eting.


    -Strategiyani amalga oshirish jarayonining sakkizta asosiy boshqaruv elementlari quyidagi chizmada berilgan. Sharxlang.






    Katta miqdordagi resurslarni strategik muhim faoliyat turlariga jamlash




    Rivoj topadigan tashkilotni yaratish






    Strategiyani qo‘llab-quvvatlovchi siyosatni yuritish

    Strategik liderlikni amalga oshirish






    Doimiy takomillashish uchun eng yaxshi mexanizm va amaliyotni joriy qilish

    Strategiyaga mos ravishda korporativ madaniyatni shakllantirish



    Rag‘batlantirish va mukofotlash tizimini asosiy strategik maqsadlarga erishish bilan bog‘lash



    Korxonani qo‘llab-quvvatlovchi xodimlarga o‘z strategik rolidan foydalanish imkoniyati taqdim etish



    1.1-rasm. Strategiyani amalga oshirish jarayonining sakkizta asosiy boshqaruv elementlari


    Asosiy strategik yondashuvi. Ushbu yondashuvda bosh strategik funksiyasini bajaruvchi rahbar vaziyatni baholashga va strategiyani yaratishga kuchli ta'sir o‘tkazadi. Bu strategiyani rahbarning o‘zi bajaradi degani emas, lekin u strategiyaning "bosh arxitektori" sifatida uning asosiy tamoyillarini yaratadi.
    Boshqalarga vakolatni berish yondashuvi. Ushbu yondashuvdan foydalanadigan rahbar strategiyani shakllantirish mas'uliyatini boshqalarga: ishonchli insonlardan iborat maqsadli guruhga, strategik rejalashtirish bo‘limiga yoki boshqa lavozimli shaxslarga yuklaydi. Rahbar strategiyani yaratish jarayonidan chetroqda bo‘lib, hisobotlar va muloqotlar orqali axborot olib, ko‘rsatmalar berishi mumkin. Strategik reja muhokama etilgandan so‘ng rahbar uni rasmiy tasdiqlaydi. Ushbu yondashuvning kamchiligi shundan iboratki, rahbar strategiyani shakllantirishda bevosita qatnashmaganligi uchun strategik sardorlik sifatlarini o‘qota boshlaydi, natijada ijrochilar strategik rejalashtirish jarayonini unchalik muhim emas degan fikrga keladilar. Natijada korxona samarali maqsadlarni belgilash qobiliyatini o‘qotadi.
    Hamkorlikka asoslangan yondashuv. Ushbu yondashuv yuqorida keltirilgan yondashuvlar orasidagi o‘rtacha o‘rinni egallaydi, rahbar o‘z qo‘li ostidagi rahbarlarni shunday strategiyani yaratishga jalb etadiki, ushbu strategiyani amalga oshirishga korxonaning hamma a'zolari qatnashadilar va qo‘llab-quvvatlaydilar. Ushbu yondashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, kim strategiyani yaratish javobgarligini o‘z zimmasiga olsa, strategiyani amalga oshirish javobgarligi ham uning zimmasida bo‘ladi.
    Musobaqaviy yondashuv. Rahbarning ushbu yondashuvni amalga oshirishdan maqsadi, strategiyani yaratish jarayonidagi bahs-muzokaralarda, ko‘p vaqt va mehnatni talab qiladigan kengashlarda shaxsan qatnashishni va ijrochilarni strategiyani yaratishga rag‘batlantirishni xohlamasligidir. Rahbarlar strategiyani baholovchi hakamlar sifatida harakat qiladilar. Strategiyaga nisbatan bunday yondashuv katta korxonalar rahbarlari tomonidan qo‘llaniladi. Chunki ijrochi direktorning hamma biznes sohalari strategiyasi bilan shug‘ullanishga imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun rahbar strategiyani shakllantirishni musobaqa shaklida tashkil etadi. Lekin rahbar yangi strategiyalarni yaratilishini rag‘batlantirishi lozim. G‘alaba qilgan strategiyalar birlashtirib, umumiy strategiya yaratiladi.


    Download 130 Kb.




    Download 130 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi

    Download 130 Kb.