Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta'siri




Download 1.64 Mb.
Sana18.11.2022
Hajmi1.64 Mb.
#30787
Bog'liq
IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA\'SIRI
1 TOPSHIRIQ, ТАШКЕНТ - СТОЛИЦА УЗБЕКИСТАНА, mustaqil ishi Oromov Siroj, Internet 60 uz 18 11 2022, ISTISNOLARNI BOSHQARISH, qurilish mashinalari, 4dqeEKFa0jTzGOE0-G6Tjo8TlsvX5qup, boshlang-ich-ta-limda-sinfdan-tashqari-darslarni-tashkil-etish-metodikasi-va-ularning-ahamiyati, Ms excel’da makrobuyruqlar [makroslar]-fayllar.org, ABDURASHIDOVA MAFTUNA ERKIN QIZI, BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI, IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILANISH YURITISH, 9 imtihon, 109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

AMALIY PSIXOLOGIYA FAKULTETI

1-KURS 022-49-GURUH TALABASI

ALIYEVA FARANGIZNING

PSIXOLOGIYA TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN

TAQDIMOTI

IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA'SIRI


Reja:
Internetning yoshlar tarbiyasiga ta'siri
Ijtimoiy tarmoqdagi tuzoqlarning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri
Hozirgi davrda Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter, mobil telefonlari deyarli ko‘plab xonadonlarda mavjud.
Bundan tashqari, yoshlar internet kafelarda ham tarmoqdan foydalana oladilar.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal taraqqiy etishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga joriy etilishi sababli barcha uchun kompyuter savodxonligi dolzarb masalalardan biridir.
Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar kengayib borayotgan davrda o‘sib ulg‘aymoqda. Bu quvonarli hol albatta.
Biroq har narsaning me’yori bo‘lmog‘i zarur. Yoshlar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart.
Ba’zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib qoladilar.
Bolalar va o‘smirlar Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo‘lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin.
Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan yoshlarni o‘ziga ko‘proq jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa, ularda shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg‘onishi barchaga ma’lum.
Yoshlar tarmoqdagi nosog‘lom turmush tarzidan axborot beruvchi ayrim manbalarga duch kelsalar, yanada qiziqib, mazkur axborotlarga alohida e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas. 
Shu sababdan kattalar farzand tug‘ilgan kundan boshlab ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish, pichoq, qaychi kabi o‘tkir uchli narsalarga tegish mumkin emasligini onglariga singdirganlari kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini tushuntirishlari, ularda axborotlardan to‘g‘ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur.
Albatta, Internet tarmog‘i manbalari zamonamiz o‘smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko‘ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta’sir ko‘rsatishi ham mumkinligini unutmasligimiz zarur.
Yaqindagina ota-onalar yoshlarning kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga bog‘lanib qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda esa bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi.
Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab o‘tirishning ham hojati bo‘lmaydi, ular har yerda o‘zlari taqdim etilaverishi sababli osongina erishish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar bugun qudratli axborot qurolga aylangan ekan, dunyo miqyosida mafkuraviy-g'oyaviy tahdidlarni targ'ibot va tashviqot etishda muhim omil vazifasini o'tamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Buning natijasida yoshlar ma'naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g'oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e'tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor.
Shundagina biz istiqbolda ma'naviy barkamol insonni, sog'lom avlodni tarbiyalashga erishamiz.
Internet tizimining ijtimoiy tarmog'idan olingan narsa to'g'ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak.
Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan har qanday ma'lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga solmoqda.
Ular g'arazli maqsadlari yo'lida yoshlarda buzg'unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to'kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda.
Zero, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo'lib, unda inson adashib soatlab, kunlarini samarasiz o'tkazib yuborish bilan birga yoshlarimiz o'jar va qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatlarini inkor etadi"
Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan yoshlar vaqt, umr g'animat ekanini doimo yodda saqlamog'i lozim.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 1.64 Mb.




Download 1.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta'siri

Download 1.64 Mb.