O‘lcham qo‘yish qoidalari




Download 7.45 Mb.
bet10/50
Sana13.05.2023
Hajmi7.45 Mb.
#59295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
Документ Microsoft Word (2)
O‘lcham qo‘yish qoidalari. O‘lcham qo‘yish qoidalari O‘z DSt 2.307:2003 da to‘liq bayon qilingan.
Chizmaga qarab detalning qanday katta-kichiklikda chizilganini aniq- lashga yordam beradigan o‘lchamlar chizma o‘lchamlari deyiladi.

    1. Chizmachilik, 8-sinf 17


20

40


O‘lchamlar o‘lcham chiziqlari va o‘lcham sonlari yordamida ko‘rsatiladi. Mashinasozlik chizmalarida chiziqli o‘lchamlar hamma vaqt millimetr hisobida qo‘yiladi. Lekin mm belgisi chizmada tushirib qoldiriladi. Burchak o‘lchamlari daraja belgilari bilan ko‘rsatiladi. Chizma qanday masshtabda chizilishidan qat’i nazar, unga hamma vaqt o‘sha detalning haqiqiy o‘lchamlari qiymati qo‘yiladi. O‘lcham chiziqlari detalning konturidan unga parallel qilib, 7–10 mm masofada o‘tkaziladi (3.2-chizmadagi 26, 76,... o‘lchamlar). O‘lcham sonlari o‘lcham chizig‘ining ustidan o‘rtarog‘ida yoki unga yaqinroq joyda ko‘rsatiladi. O‘lcham chiziqlari boshqa chiziqlar bilan kesishmasligi lozim. Shuning uchun eng avval kichik, keyin katta o‘lcham qo‘yiladi (3.2-chizmadagi 10, 26, 76 o‘lchamlar).
Chizmadagi vertikal o‘lcham chiziqlari ustiga qo‘yilgan o‘lcham sonlarini o‘qish va ularni yozish qulay bo‘lishi uchun chizmani soat strelkasi yo‘nalishida, chapdan o‘ngga 90° ga burib qaraladi va yoziladi.
Chizmada har bir o‘lcham bir marta ko‘rsatiladi. Detalning eng katta o‘lchamlarini, ya’ni kengligi, balandligi, eni yoki qalinligini ko‘rsatuvchi o‘lchamlar gabarit o‘lchamlar deyiladi (3.2-chizmadagi 5, 40, 76 o‘lchamlar). Gabarit o‘lchamlarni ko‘rsatuvchi o‘lcham chiziqlari vertikal va gorizontal chiziqlarga parallel olinadi. O‘lcham chiziqlari chiqarish chiziqlariga strelka uchi bilan tegib turishi kerak. Strelkaning tuzilishi 3.3-chizma, b da ko‘rsatilgan. Strelka kattaligi kontur chiziqlarning yo‘g‘onligiga bog‘liq bo‘lib, chizmaning hamma joyida bir xil kattalikda bo‘ladi. Chiqarish chiziqlari oxirgi strelkadan 2–3 mm chiqib tursa kifoya, ortiqchasini o‘chirib tashlash lozim. Burchak o‘lchamlarini qo‘yish qoidalari 3.3-chizma, a da berilgan.
Shtrixlab qo‘yilgan joydagi burchak o‘lchamlari chiqarib ko‘rsatiladi.
Aylana diametrlarining o‘lchamlarini ko‘rsatishda o‘lcham soni oldiga hamma vaqt diametrni ifodalovchi shartli belgi  qo‘yiladi (3.3-chizma, f). Radiuslarning o‘lchamlarini ko‘rsatuvchi o‘lcham soni oldiga hamma vaqt radius belgisi R yoziladi (3.3-chizma, d). 3.4-chizmadagi aylana va radius o‘lchamlariga e’tibor bering.

2S


Chizmada kvadrat teshik yoki kvadrat chiqiq (bo‘rtiq) o‘lcham soni oldiga kvadrat belgisi qo‘yiladi (3.3-chizma, e).
Detalda bir xil element, ya’ni aylanali silindrik teshik ko‘p marta takrorlansa va ularning diametrlari o‘lchamlari bir xil bo‘lsa, bir xildagi o‘lcham takror qo‘yilmasdan, hammasi uchun bitta teshikka uning nechtaligi yozib ko‘rsatiladi (3.2-chizmadagi 3 tesh.  4 o‘lchamga qarang).
Aylana chizmada to‘liq tasvirlanmasa, ya’ni yarmidan ortiq chizilsa ham diametrning o‘lcham chizig‘i 3.4-chizma, a da ko‘rsatilgandek uzib chiziladi. Lekin aylana diametrining o‘lcham soni to‘liq ko‘rsatiladi. Agar o‘lcham sonini, ya’ni aylana diametrining qiymatini yozish uchun joy yetarli bo‘lmasa, bu sonni 3.4-chizma, b da ko‘rsatilgandek chiqarib yozish mumkin. Agar aylana diametri 12 mm dan kichik bo‘lsa, strelkalarni aylana tashqarisidan qo‘yish tavsiya etiladi (3.4-chizma, b dagi 5). Agar radiuslarning o‘lchamlari 5 mm dan kichik bo‘lsa, o‘lcham strelkasini

2

2

2

2


3.4-chizma, d dagidek (R5) yoy tashqarisidan qo‘yish mumkin. Chiqarish chiziqlari va ko‘rinar kontur chiziqlari orasidagi joy o‘lcham sonini yozish uchun yetarli bo‘lmasa, o‘lcham chizig‘ini va ulardagi strelkalarni 3.5-chizma, a da ko‘rsatilgandek qo‘yish mumkin. O‘lcham chizig‘idagi strelkalarni qo‘yish uchun joy yetarli bo‘lmagan hollarda chiqarish chizig‘idagi ba’zi strelkalarni nuqta bilan almashtirish mumkin (3.5- chizma, b).



      1. Chizma chiziqlarining nomlari va ularning yo‘g‘onliklari qanday tanlanadi?

      2. Aylana markazlaridagi chiziqlar qanday chiziladi?

      3. Nima uchun chizmalarga o‘lcham qo‘yiladi?

      4. Qanday holatlarda o‘lcham sonlarining oldiga shartli belgilar qo‘yiladi? Bu belgilar qanday yoziladi?

      5. Chizmalardagi o‘lchamlar qanday birlikda ifodalanadi?




  1. Chizma chiziq turlaridan tuzilgan namunalar 3.6-chizmada berilgan. Shulardan bittasini chiziqlar oraliqlarini rejalash sirkuli yoki chizg‘ichda o‘lchab, masshtabga rioya qilgan holda kattalashtirib chizing.

  2. Chizmachilik daftaringizga har xil kattalikdagi 5 tadan aylana va aylana radiuslarini chizing hamda o‘lchamlarini qo‘yib chiqing.

  3. Chizmachilik daftaringizga, so‘ngra chizma qog‘oziga bir nechtadan kontur, ya’ni yo‘g‘on chiziqlar chizib chiqing.

  4. Yassi detal chizmalari berilgan (3.7-chizma). Ulardan bittasini masshtabga rioya qilgan holda ko‘chirib chizing va o‘lchamlarini qo‘ying hamda chizmani taxt qiling. Asosiy yozuv va o‘lcham sonlarini yozmang.


140

64

150

200



Detalning eng katta (balandlik, uzunlik, eni) o‘lchamlari qanday ataladi?

Download 7.45 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Download 7.45 Mb.