• Gorizontal chiziqlar o‘tkazish.
  • Vertikal chiziqlar chizish.
  • Qiya chiziqlar chizish.
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet13/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a

    A. 4 va 2. B. 4 va 1. C. 5 va 2. D. 5 va 1.



    1. grafik ish. Chizma shriftlarini yozish.

    O‘qituvchi topshirig‘i asosida bajariladi.

    Har qanday chizmani chizishda o‘zaro parallel va perpendikular chi- ziqlarni chizishga to‘g‘ri keladi. Bitta chiziqda markazlari bir-biridan o‘zaro teng masofada joylashgan bir nechta teshiklari bor detallar ham uchraydi. Gorizontal chiziqlar o‘tkazish. Gorizontal to‘g‘ri chiziqlar hamma vaqt gorizont (ufq) chizig‘iga parallel olinadi. Shuning uchun ham gorizontal


    chiziq chizmada chizma qog‘ozining yotiq tomoniga parallel o‘tkaziladi.
    Gorizontal chiziqlar chapdan o‘ngga qarab chiziladi. O‘zaro parallel gorizontal chiziqlar chizishning eng qulay usuli ikkita uchburchaklik yoki chizg‘ich va uchburchaklik yordamida chizishdir (6.1-chizma). Ikkita uchburchaklik yordamida parallel chiziqlar chizilganda ularning bittasi yo‘naltiruvchi qilib olinadi, u qo‘zg‘alib ketmasligi uchun uni chap qo‘l bilan bosib turiladi. Ikkinchisi yo‘naltiruvchi uchburchaklik qirrasiga surib chiziladi.
    Vertikal chiziqlar chizish. Vertikal chiziqlar gorizont (ufq) chizig‘iga per- pendikular o‘tkaziladi. Yerda tik turgan narsalar, odatda, vertikal turgan nar- salar deyiladi. Shunga ko‘ra, bunday chiziqlar vertikal chiziqlar deb ataladi. Chizmada vertikal chiziqlar chizma qog‘ozining tik yon tomonlariga parallel yoki gorizontal chiziqlarga perpendikular qilib o‘tkaziladi.
    Vertikal chiziqlar pastdan yuqoriga qarab chiziladi. Vertikal parallel chiziqlar chizishning eng qulay usuli chizg‘ich va uchburchaklikdan yoki ikkita uchbur- chaklikdan foydalanib chizishdir (6.2- chizma, a, b).
    Qiya chiziqlar chizish. Qiya holatdagi chiziqlar gorizontal va vertikal chiziqlarga nisbatan ixtiyoriy burchakda joylashadi. Vertikal yoki gorizontal chiziqlar o‘z vaziyatini o‘zgartirsa, qiya chiziqlarga o‘tib qoladi. Gorizontal va vertikal ho- latdan boshqa holatni egallagan chiziqlar qiya chiziqlar deyiladi.

    30
    Qiya chiziqlar, chizmadagi holatiga ko‘ra, yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab chiziladi (6.3-chizma). O‘zaro parallel chiziqlarni sirkul yorda- mida yoki o‘lchab qo‘yish yo‘li bilan ham chizish mumkin. Masalan, AB to‘g‘ri chiziq kesmasiga 30 mm masofada unga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun sirkulda 30 mm o‘lchab A va B nuqta- lardan yoylar chiziladi va ularga urinma o‘tkaziladi (6.4-chizma, a). Yoki A va B nuqtalardan to‘g‘ri chiziq kesmasiga 90° burchakda ingichka chiziq chiziladi va ularga 30 mm o‘lcham qo‘yiladi. So‘ngra hosil bo‘lgan 1- va 2- nuqtalar o‘zaro tutashtiriladi (6.4-chizma, b).

    Download 7.45 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




    Download 7.45 Mb.