• Aylanani teng yetti bo‘lakka bo‘lish.
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet18/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)
    Aylanani teng besh bo‘lakka bo‘lish. Aylana radiusi OA teng ikkiga bo‘lib olinadi. Buning uchun A nuqtadan sirkulda aylana radiusiga teng yoy bilan aylana kesishtiriladi. Hosil bo‘lgan B va C nuqtalar tutashtiriladi, shunda OA radiusda E nuqta aniqlanadi. E nuqta OA radiusni teng ikkiga bo‘ladi (8.5- chizma, a). E nuqtadan E1 radiusda yoy chizilsa, gorizontal markaz chiziqda K nuqta hosil bo‘ladi. 1 va K nuqtalar tutashtirilsa, aylanani teng besh bo‘lakka bo‘luvchi kesma, ya’ni aylananing beshdan bir bo‘lagi (vatari) hosil bo‘ladi (8.5-chizma, b). 1K kesma bilan aylana chizig‘i beshga bo‘lib chiqiladi (8.5-chizma, d). Barcha nuqtalar ketma-ket tutashtirilsa, beshburchak yasaladi (8.5-chizma, e).
    Aylanani transportir yordamida ham teng besh bo‘lakka bo‘lib chiqish mumkin. Ma’lumki, aylana 360° ga teng. Aylanani beshga bo‘lmoqchi bo‘lsak 360:5=72° li markaziy burchak hosil bo‘ladi. Aylana markazi O dan boshlanuvchi bu markaziy burchaklarni transportir yordamida yasash mumkin.
    Aylanani teng yetti bo‘lakka bo‘lish. Bu yerda aylanani teng uchga bo‘- lishdagi usul qo‘llaniladi. Muntazam uchburchak bir tomonining teng yarmi muntazam yettiburchakning bir tomoniga to‘g‘ri keladi (8.6-chizma, a). Yoki aylanani teng beshga bo‘lishdagi usuldan ham foydalanish mumkin. Undagi BE kesma muntazam yettiburchaklikning bir tomoniga to‘g‘ri keladi

    R1


    (8.6-chizma, b). Yoki aylanani o‘zaro teng oltiga bo‘lishdagi usuldan foydalaniladi. Buning uchun aylananing gorizontal va vertikal markaz chiziqlari chizib olinadi hamda undagi A va B nuqtalardan aylana radiusiga teng yoylar chiziladi. Bu yoylarning aylana bilan kesishgan C va E nuqtalari o‘zaro tutashtiriladi (8.7-chizma, a). 1- nuqtadan aylana chizig‘iga OF kesma sirkulda 7 marta o‘lchab qo‘yilsa, aylana teng yetti qismga bo‘linadi (8.7-chizma, b). Hosil qilingan hamma nuqtalar o‘zaro ketma-ket tutashtirilsa, muntazam yettiburchak yasaladi (8.7-chizma, d).


    1. Download 7.45 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




    Download 7.45 Mb.