• Abu Ali ibn Sino
  • Mirzo Ulug‘bek
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet2/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)
    Abu Nasr Forobiy (873–950) o‘zining geometrik yasashlarga doir asarida konstruktiv geometrik masalalarni yechishni bayon etgan. Ayniqsa, o‘zgarmas pargàr yordamida geometrik masalalar yechishni chizmalar orqali batafsil bayon etgan.
    Abu Rayhon Beruniy (973–1048) shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular

    noriy – to‘rtyoqlik (tetraedr), orziy – oltiyoqlik (geksaedr), havoiy – sakkizyoqlik (oktaedr), falakiy – o‘nikkiyoqlik (dodekaedr), moiy – yigirmayoqlik (ikosaedr) lardir (1.1-chizma).


    O‘rta Osiyoda chizmachilikning muqarrarligini Abu Rayhon Beruniy- ning „Jismlar ko‘lami fazoda uch tomonga: birinchisi uzunlik, ikkinchisi kenglik, uchinchisi chuqurlik yoki balandlik bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Jismning mavhum cho‘zilishi (proyeksiyasi) emas, balki mavjud cho‘zilishi (haqiqiy kattaligi) shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlari vositasida jism olti yoqqa ega bo‘lib, shuncha yoqlari bilan u fazoda chegaralanadi. Bu olti yoqlar markazida bir jonivor turgan bo‘lib (1.2- chizma), uning yuzi shu yoqlardan biriga qaragan deb xayol qilinsa, u yoqlar uning old, orqa, o‘ng, chap va ost tomonlari bo‘ladi“1, degan fikrlaridan bilib olish mumkin. Bu esa aynan zamonaviy to‘g‘ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash usulining o‘zginasidir.
    Abu Ali ibn Sino (980–1037) o‘zining „Aqllar me’yori“ asarida oz kuch sarf qilib, og‘ir yuklarni yuqoriga ko‘tarish, qattiq jismlarni bo‘laklash, jismlarni tekislash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan mexanik asboblar besh xil ekanligini yozadi. Bular o‘q, richag, chig‘ir (blok), vint va pona hisoblanadi. Olimning ta’riflagan mexanik asboblaridan ba’zilari 1.3-chizmada tasvirlangan.
    Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) yulduzlar xaritasini juda aniqlik bilan
    chizgan mashhur astronom olim ekanligi butun dunyoga ma’lum. Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod (1455—1535) miniatu- ralaridan birida me’mor qo‘lida qurilish plani bilan tasvirlangan. Rassom o‘z asarlarida qo‘llagan „perspektiva“ qiyshiq burchakli aksonometriya hisoblanadi. O‘rta Osiyo olimlari o‘z asarlarini chizishda chizmalar chizish asboblari: jazvar (chizg‘ich), juptak (reys- feder), mastura (lekalo), pargàr yoki suvu

    Download 7.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 7.45 Mb.