• Aylanaga urinma to‘g‘ri chiziq o‘tkazish.
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet20/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)
    A. Ikkita. B. To‘rtta. C. Oltita. D. Beshta.



    1. Sirkul va transportir yordamida aylanani teng besh bo‘lakka bo‘ling.

    2. Turli kattalikdagi aylanalarni 3, 6, 12 bo‘laklarga bo‘ling.

    3. Har xil usullarda aylanalarni teng yetti bo‘lakka bo‘ling.

    4. Turli ko‘rinishdagi muntazam ko‘pburchakliklar chizing.


    Turmush (texnika) da qo‘llaniladigan har bir buyum uni ishlatilish sharoitiga mos, ixcham, qulay hamda chiroyli bo‘lishi kerak. Bunday buyumlarda tutashmalar ko‘p uchraydi.


    Mashina detallarini chizishda ko‘pincha bir chiziqni ikkinchi chiziq yoki aylana bilan, aylanani yoylar bilan ravon tutashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday tutashtirish tutashma deyiladi. Masalan, 9.1-chizmada shaxmat donalaridan biri tasvirlangan bo‘lib, to‘g‘ri chiziq hamda aylana yoyi, shuningdek, aylana

    yoylari o‘zaro ravon tutashgan. To‘g‘- ri chiziqni aylana yoyi bilan, ayla- nalarning ravon o‘tadigan joyi A va B nuqtalar tutashtirish nuqtasi deyiladi. To‘g‘ri chiziqni aylana yoyi bilan, aylanani aylana yoyi bilan tutashti- ruvchi markazi O nuqta tutashtirish markazi deyiladi. O nuqtadan chi- zilgan yoy tutashtirish radiusi deyiladi. Tutashmalar to‘g‘ri chiziqni aylanaga o‘tishini va aylanalarning o‘zaro uri- nish nuqtalarini aniqlashga asoslan- gan.
    Tutashmalar turlarini o‘rganishdan

    asosiy maqsad detal ko‘rinishlarini



    chizishda yumaloqlash markazi va o‘tish nuqtasini tez va aniq topish tajribasiga ega bo‘lishdir. Tutashmalar sirkul yordamida chiziladi. Shu sababli bu chiziqlar sirkul egri chiziqlari ham deyiladi.
    Aylanaga urinma to‘g‘ri chiziq o‘tkazish. Aylanaga urinib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqning urinish nuqtasi A ni aylana markazi O bilan tutashtiriladi va urinma to‘g‘ri chiziq OA ga perpendikular qilib o‘tkaziladi (9.2-chizma). Yoki to‘g‘ri chiziqqa aylanani urinma qilib o‘tkazish uchun to‘g‘ri chiziqdagi A nuqtadan unga perpendikular chiziq o‘tkaziladi va urintiriladigan aylana radiusi A dan boshlab o‘lchab qo‘yilib, O nuqta aniqlanadi. Keyin O nuqtadan to‘g‘ri chiziqqa urinma aylana o‘tkaziladi (9.2-chizma).

    Download 7.45 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




    Download 7.45 Mb.