• To‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchak tomonlarini tutashtirish.
  • Ikkita to‘g‘ri chiziqqa urinma aylana yoyini o‘tkazish




    Download 7.45 Mb.
    bet21/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a

    Ikkita to‘g‘ri chiziqqa urinma aylana yoyini o‘tkazish. To‘g‘ri chiziqlar o‘zaro parallel, perpendikular, o‘tmas va o‘tkir burchaklarda joylashishi mumkin. O‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlarni R radiusli yoy bilan yumaloqlash uchun ikkala to‘g‘ri chiziqqa perpendikular yordamchi to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan A va B nuqtalar oralig‘i teng ikkiga bo‘linadi va O nuqta topiladi. O nuqta orqali R radiusli yoy bilan o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlar tutashtiriladi (9.3-chizma).
    To‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchak tomonlarini tutashtirish. Texnikada detallarning aniq ishlanganligini tekshirish maqsadida turli kalibrlardan foydalaniladi. Shulardan biri tahlil qilinsa, uning to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchaklari yumaloqlangan bo‘ladi (9.4-chizma).
    To‘g‘ri burchaklarni yumaloqlash uchun ularning kesishgan joyi C nuqtadan tutashtirish radiusi R ga teng radiusda yoy chiziladi. Shunda to‘g‘ri burchak tomonlarida A va B nuqtalar hosil bo‘ladi (9.5-chizma, a). A va B nuqtalardan burchak tomonlariga perpendikular yordamchi chiziqlar o‘tkazilsa, ular o‘zaro kesishib tutashtirish markazi O hosil bo‘ladi (9.5- chizma, b). Yoki A va B nuqtalardan sirkulda tutashtirish radiusi R ga teng yoylar chizilsa, ular o‘zaro kesishib tutashtirish markazi O aniqlanadi (9.5- chizma, d). Shundan keyin O nuqtadan burchak A va B nuqtalar orqali yumaloqlanadi (9.5-chizma, e).


    R

    70

    10

    7


    O‘tmas va o‘tkir burchaklarni yumaloqlash ham to‘g‘ri burchakni yumaloqlash kabi amalga oshiriladi. Tutashtirish radiusi R masofada burchakning tomonlariga parallel yordamchi to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi. Bu yordamchi chiziqlar o‘zaro kesishib, tutashtirish markazi O ni hosil qiladi (9.6-chizma, a). O nuqtadan burchak tomonlariga yordamchi perpendikular chiziqlar o‘tkazilsa, burchak tomonlarida A va B o‘tish nuqtalari aniqlanadi (9.6-chizma, b). O nuqta orqali burchak yumaloqlanadi.



    1. Tutashma deb nimaga aytiladi? Misol keltiring.

    2. Tutashtirish markazi deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi?

    3. Tutashtirish nuqtasini qanday aniqlash mumkin?


    4. R
      Burchaklarni tutashtirish markazi qanday aniqlanadi?

    1. Ixtiyoriy kattalikda aylana chizib, unga urinma to‘g‘ri chiziq o‘tkazing.

    2. To‘g‘ri chiziqdan 30 mm masofadagi O nuqtadan urinma aylana chizing.

    3. Oralig‘i 40 mm li o‘zaro parallel ikkita to‘g‘ri chiziqqa urinma aylana yoyi o‘tkazing.

    4. R30 mm ga teng radiusda to‘g‘ri burchakni yumaloqlang.



    Aylanaga urinma to‘g‘ri chiziq uning radiusiga nisbatan qanday vaziyatda bo‘ladi?

    Download 7.45 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




    Download 7.45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkita to‘g‘ri chiziqqa urinma aylana yoyini o‘tkazish

    Download 7.45 Mb.