|
Aylanaga aylanani urintirish
|
bet | 23/50 | Sana | 13.05.2023 | Hajmi | 7.45 Mb. | | #59295 |
Bog'liq 96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2aAylanaga aylanani urintirish. Aylanaga aylanani urintirish ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchisi tashqi urinish Rl + R, ikkinchisi ichki urinish Rl – R (10.5-chizma, a, b).
Aylanaga aylanani tashqi urintirish. R1 radiusli aylanaga R radiusli
aylanani urintirib chizish uchun Ol markazdan Rl + R radiusda yoy chizilsa, O markaz topiladi. Bunday aylanalarning markazlari orasidagi masofa ularning radiuslari yig‘indisiga teng. O markazdan Ol markazli aylanaga A
nuqtada urinadigan R radiusli aylana chiziladi (10.5-chizma, a).
Aylanaga aylanani ichki urintirish. R1 radiusli aylanaga uning ichki to-
monidan urintirib chizish uchun Rl dan R radius ayiriladi. Bunday ayla- nalarning markazlari orasidagi masofa ularning radiuslari ayirmasiga teng. O1 dan Rl – R radiusda yoy chizilsa, O markaz aniqlanadi. O dan R radiusda O1 markazli aylanaga A nuqta orqali urinadigan aylana chiziladi (10.5- chizma, b). O1, O2 markazlardan aylananing A va B nuqtalariga hamda o‘zaro markaz O da urinadigan R1, R2 yoylar chizilsa, ular tashqi urinma, R radiusli aylana bilan A va B nuqtalar orqali ichki tutashma hosil qilmoqda
(10.5-chizma, d).
Tutashtirish markazi qanday aniqlanadi?
Tutashtirish nuqtalari qanday aniqlanadi?
R 40 mm li aylana bilan to‘g‘ri chiziqni R 30 mm li yoy yordamida tutashtiring. To‘g‘ri chiziqni aylana markazidan 45 mm masofada ixtiyoriy yo‘nalishda oling.
Aylananing ichki urinmasini aniqlang.
|
| |