Ikrom rahmonov




Download 7.45 Mb.
bet29/50
Sana13.05.2023
Hajmi7.45 Mb.
#59295
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
Документ Microsoft Word (2)
A. H tekislik. B. V tekislik. C. W tekislik. D. Tekis chizma.

Har qanday buyum geometrik shakllardan tuzilganligi ma’lum. O‘z navbatida, geometrik shakllar to‘g‘ri yoki egri chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib, to‘g‘ri chiziq ikkita nuqta orqali o‘tkaziladi. To‘g‘ri chiziq nuqtalar bilan chegaralangan bo‘lsa, u to‘g‘ri chiziq kesmasi ham deyiladi.


To‘g‘ri chiziq proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan parallel, perpendi- kular, og‘ma bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri chiziq faqat bitta proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo‘lsa, masalan, AB B H — gorizontal proyeksiyalovchi (15.1-chizma, a), AB B V — frontal proyeksiyalovchi (15.1-chizma, b), AB B W – profil proyeksiyalovchi chiziq deyiladi (15.1-chizma, d). To‘g‘ri chiziq qaysi proyeksiyalar tekisligiga perpendikular bo‘lsa, o‘sha tekislikka nuqta ko‘rinishida, qolganlariga o‘zining haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi (15.1- chizma, a, b, d). 15.1-chizma, e da proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlarning chizmalari berilgan.
To‘g‘ri chiziq faqat bitta proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, o‘sha tekislikka haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi, qolganlariga esa, qiya bo‘lganligi uchun qisqarib proyeksiyalanadi (15.2-chizma, a, b, d). To‘g‘ri chiziq qaysi tekislikka parallel bo‘lsa, o‘sha tekislik nomi bilan ataladi, ya’ni AB ||H – gorizontal (15.2-chizma, a), AB ||V – frontal (15.2-chizma, b), AB ||W – profil (15.2-chizma, d) chiziqlar deyiladi.
ABCD shakl H ga perpendikular (15.3-chizma) tasvirlangan bo‘lib, u yuqorida bayon qilingan to‘g‘ri chiziqlardan tashkil topgan. Ushbu ABCD shakl gorizontal proyeksiyalovchi AB va CD, profil proyeksiyalovchi AC va BD chiziqlardan tuzilgan.
Agar to‘g‘ri chiziq proyeksiyalar tekisliklariga og‘ma vaziyatni egallagan bo‘lsa, unday to‘g‘ri chiziq umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq deyiladi. 15.4- chizma, a, b, d da umumiy vaziyatdagi AB to‘g‘ri chiziq kesmasining H, V va W da proyeksiyalanishi ko‘rsatilgan bo‘lib, uning proyeksiyalari haqiqiy uzunligiga nisbatan o‘zgarib (qisqarib) tasvirlangan.

Download 7.45 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Download 7.45 Mb.