• Gospar Monj
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet3/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)
    1.2-chizma. (sirkul) dan foydalanganlar.



    1 Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Toshkent, „Fan“, 1965. II tom, 225-bet.

    Chizmalarga handasa (geometriya), tarh (plan), tarz (fasad), reja jadvali (proyeksiya yoki chizma) degan nomlar berilgan. Demak, O‘rta Osiyoda chizmachilik o‘ziga xos handasa fani bilan birga rivojlangan. Qadimgi chizmalarning juda oz qismigina bizgacha saqlanib qolgan. Buning asosiy sababi qurilgan saroy, istehkom, masjid va madrasalar aynan qayta qurilmasligi uchun chizmalar yoqib tashlangan. Shunday bo‘lsa- da, 1.4-chizmada Iroqi muqarnas ko‘rinishidagi kapitelli ustunning chizmasi (Usta Shirin Murod chizmasi) saqlanib qolgan. Bu chizmada ustun fasadda tasvirlangan bo‘lib, uning shaklini ko‘rsatish uchun chiqarilgan kesim ham qo‘shib berilgan.


    Fan va texnika rivojlanishi bilan chizmalar ham takomillashib bordi. Chizmalar o‘z tarixiga ega bo‘lishi bilan birga, xalqlar madaniyatining taraqqiy etishiga oid bo‘lgan tarixni ham saqlab
    qoladi. Rasmlar, haykallar va chizmalarga qarab, qadimgi xalqlar to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar olish, shuningdek, katta ahamiyatga ega bo‘lgan yod- gorliklarni qayta tiklash mumkin bo‘ladi.
    Fransuz olimi va davlat arbobi Gospar Monj (1746–1818) o‘z davrigacha chizmachilikka oid bo‘lgan barcha bilimlarni umumlashtirib, 1799-yilda
    „Chizma geometriya“ kitobini bosmadan chiqardi. Shundan beri chizma geometriya Monj metodi deb ham yuritiladi. Monj kitobida chizmachilik gram- matikasi – chizma geometriya atroflicha bayon qilingan. Bu davrda chizma geometriyaning mohiyati juda katta bo‘lib, Monjning o‘zi „Ñhizma dunyodagi texnika bilan shug‘ullanadigan barcha millatlar uchun tushunarli til, ya’ni texniklar tilidir“, degan edi.
    Demak, chizmalarni to‘g‘ri chizish usullari,
    shuningdek, chizmachilik xo‘jaligining barcha sohasini to‘g‘ri tashkil qilish haqidagi fan chizma- chilik deyiladi.

    240
    Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Masalan, zavod, fabrikalarda turli dastgohlar, mashinalar, dvigatellar, o‘lchash asboblari kabilarni yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari, bino, ko‘prik, to‘g‘on, yo‘l, kanal, mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari, yer sathini tasvirlash chizmalari topografik chizmalar deyiladi. Topografik chizmalardan xaritalar tuzishda, muhandislik inshootlarini, GES, suv ombori kabilarni loyihalashda va ularni tegishli maydonda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida foydalaniladi.
    Sxemalar, grafiklar, plakat va diagrammalar illustratsiya chizmachiligi asosini tashkil qiladi.
    Chizmachilikning barcha turlari asosi hisoblangan geometrik chizma- chilik ham mavjud. Geometrik chizmachilik barcha yasash usullarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, narsa va har xil egri chiziqlar majmuasining chizmasi bitta proyeksiyada bajariladi.
    Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirishda muhim ahamiyat- ga egadir. Standartlar texnik hujjatlar bo‘lib, ular buyumlarning o‘lcham, shakl, og‘irlik, material va boshqa sifatlarini ko‘rsatadi.
    Chizma standartlari qonun kuchiga ega. Chizmalarni standartlashtirish bilan chizmalarni chizishda xilma-xillikka barham beriladi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir xillikka erishiladi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’i nazar, to‘g‘ri tushunilishi ta’minlanadi.

    250
    40

    30

    30

    150
    1.5-chizmada o‘quv ustaxonalarida dars paytida yasaladigan kursining chizmasi va yordamchi tasvir sifatida uning yaqqol tasviri ham berilgan. Ba’zida narsaning konstruksiyasi sodda bo‘lsa, uning yaqqol tasvirini o‘lchamlari bilan berish kifoya (1.6-chizma) qiladi.

    Download 7.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 7.45 Mb.