• Gotovalniy (chizmachilik asboblari to‘plami).
  • Rejalash sirkuli yoki o‘lchagich.
  • Ikrom rahmonov




    Download 7.45 Mb.
    bet5/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a

    Uchburchakliklar. Chizmachilik darslari uchun 45°½45°½90° va 30°½60°½90° burchakli ikkita uchburchaklik bo‘lishi tavsiya etiladi. Uchburchaklikning to‘g‘ri burchagi aniq yasalganligi quyidagicha tekshiriladi. Uchburchaklikning

    bir tomonini chizg‘ichning to‘g‘ri qirrasiga qo‘yib (uchburchaklikning 1-holati, 1.9-chizma, a) vertikal kateti bo‘yicha chiziq chiziladi, so‘ngra chizg‘ichning vaziyatini o‘zgartirmasdan, ya’ni chizg‘ichni qo‘zg‘atmasdan uchburchaklikni boshqa tomoni bilan qo‘yiladi (2-holat, 1.9-chizma, b). Shunda uchburchak- likning kateti oldingi chizilgan chiziqqa ustma-ust tushsa (1.9-chizma, b), 90° li burchak aniq yasalgan hisoblanadi. Agar uchburchaklikning kateti oldin chizilgan chiziq bilan ustma-ust tushmasa (1.9-chizma, d), 90° li burchak xato hisoblanadi. Uchburchaklik noto‘g‘ri ishlangan bo‘lib, uning tomonini qumqog‘ozga ishqalab to‘g‘rilash mumkin.


    Chizmachilikda, asosan, yog‘ochdan yasalgan uchburchakliklardan foydalaniladi. Chunki qalam grafiti qog‘ozga va chizg‘ich qirrasiga ishqala- nadi va ma’lum miqdorda uqalangan zarrachalarni selluloid va plastmassa chizg‘ichlar magnit kabi o‘ziga tortadi va butun chizma bo‘yicha surkaladi. Natijada chizma ma’lum miqdorda ifloslanadi.
    Gotovalniy (chizmachilik asboblari to‘plami). Aylanalarni chizadigan, chiziqlarni o‘lchaydigan, chizmalarni tushlaydigan va boshqa ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan asboblar to‘plami gotovalniy deyiladi (1.10-chizma). Chizmachilik sirkuli. Chizadigan (1.11-chizma, a) va o‘lchaydigan (1.11- chizma, b) sirkullar bo‘ladi. Chizadigan sirkul aylana va aylana yoylarini chizishda ishlatiladi. Aylana yoki ularning yoylarini chizishga kirishishdan oldin sirkulning grafit sterjenini va ignasining uchlarini baravar qilib olish kerak (1.12-chizma, a). Ularning noto‘g‘ri joylashishi 1.12-chizma, b da ko‘r-
    satilgan.
    Rejalash sirkuli yoki o‘lchagich. O‘lchamlarni o‘lchash chizg‘ichidan chizmaga va chizmadan o‘lchash chizg‘ichiga ko‘chirish uchun rejalash sirkulidan, ya’ni o‘lchagichdan foydalaniladi. 1.11-chizma, b da o‘lchagich sirkuli ko‘rsatilgan. Sirkulga qalam o‘rniga igna o‘rnatilsa, o‘lchach sirkuli hosil bo‘ladi (1.11-chizma, d).

    Download 7.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 7.45 Mb.