• O‘z DSt 2. 0 01 2003
  • Standartlar, format (bichim) lar va asosiy yozuv




    Download 7.45 Mb.
    bet8/50
    Sana13.05.2023
    Hajmi7.45 Mb.
    #59295
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
    Bog'liq
    96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
    Документ Microsoft Word (2)

    Standartlar, format (bichim) lar va asosiy yozuv.


    Standart O‘zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi (O‘z KHYT) 17.11.2003-yilda qabul qilingan va O‘z DSt 2.001:2003 deb belgilanadi.
    O‘z KHYT standartining belgilanishiga misol:


    O‘z DSt 2. 0 01 2003


    O‘z KHYT standartlarining barchasi standartlashtirish tarmoqlararo tizimining 2-klassiga kiradi.




    1189

    5
    Format (bichim) lotincha so‘z bo‘lib, shakllantirish degan ma’noni anglatadi. O‘z DSt 2.301:2003 ko‘rsatmasiga muvofiq, hamma chizmalar ma’lum bichimdagi standartda joriy etilgan o‘lchamdagi qog‘ozga chiziladi. Standartda asosiy beshta – A4, A3, A2, A1 va A0 (2.2-chizma, a) bichim tasdiqlangan. Barcha bichimlar uchun o‘lcham birligi sifatida o‘lchamlari 210x297 mm bo‘lgan A4 bichim qabul qilingan. Qolgan bichimlar A4 ning bir tomonini ikkiga, ikkala tomonini ham ikkiga va hokazo ko‘paytirishdan hosil qilinadi.
    Chizma bichimi hoshiyasi va asosiy yozuvi. O‘z DSt 2.401:2003 ko‘rsatmasiga muvofiq, mashinasozlik ishlab chiqarish chizmalarida asosiy yozuvlar chizma qog‘oz hoshiyasining pastki o‘ng tomoni burchagida joylashtiriladi. Asosiy yozuvga chizmada tasvirlangan jismning nomi, chizma kim tomonidan va qachon chizilganligi, kim tomonidan tekshi- rilgani va qabul qilingani, chizilgan jismning materiali, masshtabi kabilar yoziladi.
    Chizmani albom yoki kitob qilib tikish maqsadida uning hoshiyasi chizma qog‘ozlarning chap tomonidan 20 mm, qolgan uchala tomonidan
    5 mm dan joy qoldirilib chiziladi (2.2-chizma, b). 2.3-chizma, a da o‘quv chizmasining asosiy yozuvining o‘lchamlari va shakli, 2.3-chizma, b da esa uning grafalarini to‘ldirish tartibi ko‘rsatilgan.

    22

    5

    8

    7

    7


    Chizma masshtablari. Texnikada juda mayda soat detallari yoki juda katta, masalan, paxta terish kombaynining bunkeri, uylar, ko‘prik kabilardan foydalaniladi. Ular juda katta o‘lchamlarga ega. Lekin ularni chizmada haqiqiy kattaligida chizib bo‘lmaydi. Chizma qog‘oziga sig‘dirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni esa kattalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun chizma masshtablaridan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik (kattalik) o‘lchamlari bilan buyumning mos uzunlik o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbat chizma masshtabi deb aytiladi.
    Ko‘pincha narsalarning chizmalarini o‘zining haqiqiy o‘lchami, ya’ni haqiqiy ko‘rinishida 1:1 (birga bir) masshtabda chizishga harakat qilinadi.
    Masshtabda yozilgan sonlarga qarab chizma qanday chizilgani bilinadi. Detal ikki marta kichiklashtirib chizilgan bo‘lsa, 1:2 (birga ikki) deb belgilanadi. Detal ikki marta kattalashtirilib chizilgan bo‘lsa, 2:1 (ikkiga bir) deb yoziladi. Shunday qilib, masshtabda kichik son birinchi bo‘lib, masalan: 1:2, 1:5, 1:10 ko‘rinishlarda yozilsa, kichraytirish masshtabi, katta son birinchi bo‘lib, masalan: 2:1, 5:1, 10:1 ko‘rinishlarda yozilsa, kattalashtirish masshtabi, 1:1 ko‘rinishda yozilsa, haqiqiy kattalikdagi masshtab deyiladi.
    O‘z DSt 2.302:2003 tomonidan chizmalar chizishda quyidagi masshtablar belgilangan.


    Kichraytirish masshtablari: 1:2, 1:2,5, 1:4, 1:5, 1:10, 1:15, 1:20, 1:25,
    1:40, 1:50, 1:75, 1:100, 1:200, 1:400, 1:500, 1:800, 1:1000.
    Haqiqiy kattalik masshtabi: 1:1.
    Kattalashtirish masshtablari: 2:1, 2,5:1, 4:1, 5:1, 10:1, 20:1, 40:1,
    50:1, 100:1 va hokazo.
    Asosiy yozuvda masshtab uchun alohida ajratilgan grafaga M belgi qo‘yilmay 1:1 yoki 1:2, yoki 2:1 va hokazo ko‘rinishida yoziladi. Boshqa joylarga M harfi qo‘shib yoziladi. Masalan, M1:1 yoki M2:1, yoki M1:2 va hokazo ko‘rinishida yoziladi.
    2.4-chizmada qistirma har xil masshtablarda chizilgan. O‘rtada haqiqiy kattaligida, ya’ni M1:1 da, chap tomonda ikki marta kichik, ya’ni M1:2 da, o‘ng tomonda ikki marta katta, ya’ni M2:1 masshtablarda ko‘rsatilgan. Qanday masshtabda chizilishiga qaramay, chizmada uning haqiqiy kattalikdagi o‘lchamlari qo‘yilgan.



    1. Chizmadagi ortiqcha va xato chiziqlar qanday o‘chiriladi?

    2. Masshtab nima? Masshtablar chizmada qanday ko‘rinishda yoziladi?

    3. A4 bichim qanday o‘lchamlarga ega?

    4. Hoshiya chiziqlari bichim chegaralaridan qanday masofada chiziladi?

    5. Asosiy yozuv chizmaning qaysi burchagiga chiziladi? Unga nimalar yoziladi?




    1. Ikkita A4 bichim tayyorlang va hoshiyasi hamda asosiy yozuvini chizing.

    2. „Qistirma“ turli masshtablarda tasvirlangan. Ulardan bittasi (2.5-chiz- ma, C) M1:1 da berilgan bo‘lib, A, B, D lar qanday masshatda chizilganliklarini aniqlang.




    Qanday masshtab berilgan: M2:1?

    Download 7.45 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




    Download 7.45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlar, format (bichim) lar va asosiy yozuv

    Download 7.45 Mb.