|
Keywords: Information technology, innovative technology, foreign languages, English, computer, multimedia, audio, e-book, sites.
KIRISH
|
bet | 2/3 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 22,66 Kb. | | #113820 |
Bog'liq Chet tillarini o\'rganishda texnologiyalar o\'rni maqolaKeywords: Information technology, innovative technology, foreign languages, English, computer, multimedia, audio, e-book, sites.
KIRISH
Davrimizning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan foydalanib, ta’lim jarayoniga yangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. XXI asr – yuksak texnologiyalar asri bo’lib, zamonaviy yoshlar nafaqat davr ruhiga monand, balki elektron olamdagi taraqqiyotga muvofiq qadam tashlamoqdalar. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini ham takomillashtirish mumkin. Shuningdek, ta’limni rivojlantirish unda sifat darajasini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni qo’llanilishi keng tarqalgan metodik qo’llanmalardan biriga aylandi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni ta’limga kiritilishi, yoshlar til o’rganishda texnologiyalardan foydalanishi ta’lim jarayonini osonlashtirdi desak adashmaymiz.
Bugun chet tillarini o’rganish zamon talabiga aylangan. Yurtimiz mustaqillika erishgandan so’ng chet tillarini o’rganishga bo’lgan talab oshgandan oshib kamaymayabti. O’zbekistonda internet yuqori darajada rivojlangan-ki, u orqali til o’rganuvchi o’zi uchun zarur bo’lgan hamma qulayliklardan foydalanishi mumkin. Hozirda barcha maktab, kollej, litsey, oliy ta’limlarda zamonaviy komputerlar mavjud, ular orqali istalgan foydalanuvchida internetga kirish imkoniyati bor. Chet tillarini o’rganishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llashdan asosiy maqsad tilni qiyinchiliksiz o’rganishga ko’maklashish hisoblanadi. Zamonaviy yondashuvlarning eng keng tarqalgan usuli asosan darsda multimedialardan foydalanishdir. Multumediali vositalarning foydali tomoni biror bir chet tilini o’rganishda jonli o’yin, rasmlarni ko’rib, tovushlarni tinglab, jonli o’yinlarning faolligini kuzatib o’rganish mumkin.
Chet tilini o’rganish yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keldi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarining samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda kata ahamiyat berilmoqda. Bu albatta, bejis emas.Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun , chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda , hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini bholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012-yil 10- dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini “o’rgatish tizimini yanada takomillashtish chora tadbirlari to’g’risidagi “gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytiradi. Hozirgi kunda esa ancha rivojlangan.
Respublikamizda chet tilining o’qitilish, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumyevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Bugungi kunda deyarli 85 % yoshlar chet tillarini o’rganishmoqda. Ingliz, rus, arab, turk tillari asosiy o’rganiladigan tillardan hisoblanib aynan zamonaviy texnologiyalar yordamida tez o’rganish, yuqorida aytilgadidek, CEFR topshirish zamon talabiga aylandi desak ham adashmaymiz. Chet tili fani to’rt aspect (o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ga bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion tehnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud. Til o’rganish va o’rgatishda zamonaviy texnologiyalarning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanib chet tili o’rganishning bir qancha aspect (o’qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish) ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta, komputer player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir.Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilinganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni yaxshi bilish, va ulardan foydalana olish muhim omil hisoblanadi.
So’nggi yillarda chet tilini ayniqsa ingliz tilini o’rganishda axborot vositalarini qo’llash, undagi yangicha dasturlarni ishlab chiqarishda talablarni amalga oshirish o’zini natijalarini bermoqda. Albatta, bularni barchasi zamonaviy dasturlar bo’lib, o’quv jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan qulayliklar majmuasini keltirib chiqaradi. Chet tilini o’qitishda kerakli bo’ladigan asosiy multimedion qurilmalarni roli katta hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda visual materiallar, audio qurilmalar o’qitish jarayonini faollashtirishni yanada mustahkamlaydi. Multimedia vositalari bilan dars jarayonlarini o’tish texnologiya rivojlanishi ya’ni XX asrdan boshlangan bo’lsa ham undagi natijalarni samaradorligi qoniqarli ekanligini bugungi kunda guvohi bo’lishimiz mumkin.Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samarador usullardan biridir.
Bu jarayonda jumladan:
Komputerdan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi videoroliklarni, namoyishlarni, diologlarni kino yoki multfilmlar ham ko’rishi ham eshitishi ham mumkin;
Chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniyadagi dasturlarni eshitish va tomosha qilishi mumkin;
Ancha an”anaviy usul hisoblanadigan magnifaton va quloqchinlardan foydalanish;
CD pleyerlardan foydalanish mumkin.
Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini tezlashtiradi, qulayliklar keltiradi va shubhasiz samadarligini oshiradi.
Artofga nazar tashlaydigan bo’lsak, deyarli hamma joyda, jumladan, ishda o’qishda, maishiy hayotimizda raqamlashtirilgan texnologiyalar hayotimizning asosiy qismlaridan biri bo’lmoqda. Ular avvalo vaqtimizni tejashga, ishimizni tezroq amalga oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, o’rganish va o’qitish sistemasida ancha qulayliklar yaratmoqda. Aynan zamonaviy gadjetlar yordamida bog’cha bolalari ham chet tillarini bemalol o’rganishmoqda. Chunki zamonaviy texnologiyalar har qanday yoshdagi insonlar o’rganishi kerak bo’lgan masalalarni qamrab olib, ularni qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida turli yangicha metodlar, oson va tez tushuna olish uchun har xil bilim olish ko’nikmalarini o’zida mujassam etganligi insonlarni o’ziga o’rgatmoqda. Xususan, ingliz tilini oladigan bo’lsak, internet tarmoqlaridagi ko’plab saytlar orqali oz fursatda tez o’rganish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, ko’plab elektron audio kitoblar ham yordamga shaydir.Quyida ingliz tilini o’rganishda foydali bo’lgan saytlar keltirilgan:
List-english.ru – ingliz tilini o’rganish uchun turli xil materiallar: onlayn lug’atlar, maktablar, dasturlar, tarjimonlar, repititorlar, maktab darsliklari, video kurslari, o’yinlar, Android dasturlar, Iphone, YouTube kanallari, podlastlar va boshqalar .Hammasi bepul;
Englishtips.org – yuklab olish uchun dasrliklar va kitoblar mavjud.Qidiruv tizimi yaxshi ishlaydi. Til o’rganishga doir ko’plab narsalarni topishingiz mumkin.
Britishcouncil.org – Britaniya kengashining sayti. Sinovlar, grammatik o’yinlar va boshqalar. Har bir narsa ingliz tilida shuning uchun tilni yangi o’rganayotganlar uchun biroz navigatsiya qilish qiyin bo’ladi, lekin shu orqali bilimlar mustahkamlanadi;
Real-english.com – darslar, maqolalar va videolar bilan boyitilgan sayt;
Eslpod.com – uning asosiy vazifasini ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rgatishdir.
Xulosa.
Guvohi bo’lganimizdek, biz internet termog’i orqali, innovatsion texnologiyalar orqali bilimizni yanada boyitamiz, yangi narsalarni o’rganamiz, hayotga boshqacha nazar tashlaymiz, fikrlashimiz ham rivojlanadi. Virtual hayotni o’rganib hayotda ham insonlarga foydali bo’lgan yangi ixtirolarni kashf qilamiz. Bir so’z bilan aytganda, ulardan oqilona va to’g’ri yo’lda foydalanish insonlarga faqat foyda bo’ladi. Chet tillarini puxta o’rgangan holda Oxford, Cambridge singari nufuzli xalqaro universitet o’qituvchilaridan onlayn bo’glanib ingliz tilida mukamal o’rganib, uni boshqalarga ham o’rgatish yurtimizda chet tillarini rivojlantirishga, yoshlar o’rtasida til o’rganishga qiziqishlarini orttirishi mumkin. Zamon bilan hamnafas bo’lib, texnologiyalar orqali chet tillarini o’rganishimiz, albatta, bizni shaxsiy rivojlanishimizga foyda beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Keywords: Information technology, innovative technology, foreign languages, English, computer, multimedia, audio, e-book, sites.
KIRISH
|