“Ilm-fan muammolari tadqiqotchilar talqinida”




Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/124
Sana31.10.2023
Hajmi3.56 Mb.
#92286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124
Bog'liq
“Ilm fan muammolari tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 14 sonli
10, 15-ma\'ruza, @aydostlewmuratov (1), Mashhur Internet brauzerlari, QR Res Konstituciyasi, Kurs ishi512, Mavzu. Bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtiri, Qo15985, Psixologiya tarmoqlari, YUZI, VRE3, ABI2
“Ilm-fan muammolari tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 14-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 

Tuproq unumdorligi - tuproqning suv, oziq moddalar va boshqa qo’shimchalar 
bilan taʼminlash xususiyati. Tuproq togʻ jinslaridan unumdorligi bilan farq qiladi. 
Unumdor tuproqlarda insonga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini beruvchi qishloq 
xoʻjaligi oʻsimliklari yetishtiriladi. Yer faqat unumdorlik xususiyati tufayli qishloq 
xoʻjaligida ishlab chiqarish vositasiga aylangan. Tuproq unumdorligi tuproq hosil 
qiluvchi omillar: iqlim, relyef, tuproq hosil qiluvchi jinslar, tabiiy va madaniy 
oʻsimliklar bilan uzviy bog’liq ammo, unumdorlik darajasida ayniqsa, yerdan 
foydalanish xarakteri katta ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligining eng muhim 
omillari: oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar yetarli miqdorda boʻlishi, 
oʻsimlik oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan namning mavjudligi, yaxshi tuproq 
aeratsiyasi tuproqning granulometrik tarkibi, struktura holati va tuzilishi, zaharli 
moddalar (kislota, ishqor, tuz va xokazo) miqdori, tuproq reaksiyasi va boshqalardan 
iborat. Bu xususiyatlar yig’indisi tuproqning madaniylashganlik holati darajasini 
belgilaydi. Unumdorlikning barcha elementlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. 
Bu elementlardan birortasining oʻzgarishi boshqalariga ham taʼsir koʻrsatadi. Har xil 
oʻsimliklarning Tuproq unumdorligiga talabi turlicha boʻlganligi sababli va oʻsimlik 
biologiyasiga bogʻliq holda bir tur oʻsimlik uchun unumdor hisoblangan tuproq 
boshqa tur uchun unumdor boʻlmasligi mumkin. 
Ma’lumki, global iqlim o’zgarishlari hamda antropogen holatlarning faollashishi 
tuproq qatlami va undagi biologik xilma-xillikni saqlab qolish ayrim muammolarni 
keltirib chiqarmoqda. Insoniyat yer yuzasidagi eng katta va tengi yo’q bo’lgan 
moddiy boyligi tuproq va uning unumdorlik holatini saqlab qolish va uni oshirib 
borishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ustida tinmay ishlashiga to’g’ri keladi. Olimlar bu 
borada 
ko’plab tatqiqotlar o’tkazib, ma’lum darajada muvaffaqiyatlarga 
erishmoqdalar. Biroq tuproq unimdorligini saqlash va oshirishda noan’anaviy oziq 
moddalaridan foydalanishning samarasi to’g’risida yetarli tadqiqotlar olib 
borilmagan. Bugungi kunda dunyo bo’yicha qishloq xo’jaligi sohasida mavjud 
resurslardan oqilona foydalanish, tuproq unimdorligini saqlash va oshirib borish bilan 
birga ekinlarni oziqlantirish hamda qo’shimcha oziqlantirishda mineral o’g’itlardan 



Download 3.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   124




Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ilm-fan muammolari tadqiqotchilar talqinida”

Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish