|
Ilm-fan va innovatsiyaBog'liq Ilm-fan 0106ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
23
sahifalarni ko’rish dasturi Brauzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi boyicha
malumotni ekranga chiqaradi. Teglar, o`zlari, ekranda aks ettirilmaydi. 1993 yilda birinchi
web-brauzer Mosaic paydo bo’ldi. Bugungi kunda yuz xil brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari:
Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.
Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishida virtual tushunchasi keng ma’noda
qo’llanilmoqda. Masalan: virtual mashina (https://azkurs.org/kerakli-xizmatlarni-qanday-
ishga-tushirish-va-virtual-mashina.html), virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual
sayohat, virtual sinf va x.k. Birgina ushbu sohasida ham virtual tushunchasi turli shakl va
ma’nolarda qo’llanilib kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan,
multimedia tizimlarida virtual tushinchasi virtual borliq ma’nosini beradi. Virtual (lotincha
Virtualis — mumkin bo’lgan, ya’ni muayyan bir sharoitlarda sodir bo’ladigan yoki ro’y berishi
mumkin bo’lgan) tushunchasi narsalar va hodisalarning vaqt va makonda mavjud bo’lmagan,
lekin obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlarning amalga oshish ehtimoli mavjud bo’lgan
jarayonni anglatadi.«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya
institutida Jaron Lanier tomonidan o’ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual
borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning
mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik
kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan
amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga
oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliq — inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish
imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari
yordamida idrok etish o’rnini maxsus interfeys (https://azkurs.org/8-amaliy-mashgulot-
interfeys-turlari-foydalanuvchi-interfeysin.html), kompyuter grafikasi va ovoz vositasida
sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo’q narsa, uni qo’l bilan
tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu
xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko’rsatish
imkoniyatiga
ham
ega
bo’ladi,
ushbu olamda
mustaqil
harakat
qiladi
(https://azkurs.org/tafakkur-jarayonini-organish-va-axborot-nazariyasi.html), uni o’zgartira
oladi. Virtual olam — inson borlig’ining o’ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining
alohida madaniy ifodasidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi,
chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg’ular ko’p jihatdan uning o’zi bilan emas,
balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho’milishimiz
mumkin, ammo bunda paydo bo’luvchi histuyg’ularimiz bu dengizni biz qanday idrok
etishimizga bog’liq bo’ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas va h.k. Virtual
borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai
inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig’irig’idan o’tuvchi
fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obyektiv tarzda (https://azkurs.org/1--topshiriq-
borliq-falsafasi.html), ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo’ladi. Ayni
vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan
qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko’rsatadi, mazkur ongning
mazmuniga
-
bilimlar, emotsiyalar
(https://azkurs.org/umumiy-psixologiya-v5.html),
kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
|
| |