|
Ilm-fan va innovatsiyaBog'liq Ilm-fan 0106ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
24
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo’llanilmoqda.
Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda, jumladan fizikada suyuqlik va
gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda,
geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
Muhandislik sohasida (https://azkurs.org/axborot-tizimlarining-tushunchasi-reja-axborot-
tizimi-haqida-u.html), ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning
chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual
borliq keng qo’llanilmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi - kompyuter ishlab
chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan
o’tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham
keng foydalanmoqdalar.Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik
ko’nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to’g’ri qarorlar qabul
qilish ko’nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda
qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta zarar yetkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya
qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o’q uzishni hamda tank jangida askarlar va
ofitserlarning
shaxsiy
ishtirokini
imitatsiya
qiluvchi
harbiy
o’yinlardan
foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan (https://azkurs.org/aerodromlarni-loyihalashtirishning-
qonun-qoidalari-va-asosiy-l.html), lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan
o’tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham
kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar. Ta’lim sohasida mashq trenajyorlarini
yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yaqinda virtual kutubxonalar va
muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda
foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo’ylab harakatlanishi,
kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko’zdan kechirishi, zarur holda esa ulardan nusxa
ko’chirishi mumkin. Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey
foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o’lchovli ko’rinishida
ko’rish imkonini beradi.
|
| |