• Mavzu: Kompozit materiallarning tashqi muhit ta’sirida mexanik xossalarining o’zgarishini o’rganish. Bajardi: “Fizika va astranomiya” yo’nalishi 2-kurs
  • I-bob. Kompozit materiallarning tuzilishi va strukturasi. I.1. Kompozit materiallar tuzilishi. I.2. Kompozit materiallar turlari.
  • 1.5 Qattiq va o’ta qattiq kristallarning buzilish jarayoni. II – bob. Eksperiment o’tkazishning bazi bir metodik masalalari. II.1.. II.2. .
  • Ilmiy desertatsiya mavzusi




    Download 0.78 Mb.
    bet1/28
    Sana08.04.2022
    Hajmi0.78 Mb.
    #19460
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Kompozit materiallar
    CHIZIQLI ALGEBRA MUSTAQIL ISH A.Maniyozov, Ma’ruza mashg’ulotlari (1), Xaydarova Nodira Shaxsni individual psixologik xususiyatlari test

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI
    MAGISTRATURA BO’LIMI FIZIKA VA ASTRANOMIYA YO’NALISHI



    ILMIY DESERTATSIYA MAVZUSI




    Mavzu: Kompozit materiallarning tashqi muhit ta’sirida mexanik xossalarining o’zgarishini o’rganish.


    Bajardi: “Fizika va astranomiya” yo’nalishi 2-kurs
    Talabasi: Umurqulov Qayumjon.

    Ilmiy rahbar: f.m.f.n katta o’qtuvchi. Bozorov. N.


    Qo’qon - 2019.

    REJA:
    Kirish.
    I-bob. Kompozit materiallarning tuzilishi va strukturasi.
    I.1. Kompozit materiallar tuzilishi.
    I.2. Kompozit materiallar turlari.
    I.3. Kompozit materiallar uchun to’ldiruvchilar.
    1.4 Kristallarning buzilish mexanizmi haqida bazi bir malumotlar.
    1.5 Qattiq va o’ta qattiq kristallarning buzilish jarayoni.

    II – bob. Eksperiment o’tkazishning bazi bir metodik masalalari.
    II.1..
    II.2. .
    II.3..
    II.4. .
    III.Xulosa.
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
    V.Ilova.

    KIRISH.
    Mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim tarbiyasiga yetuk ixtisoslik va kasb-xunar egalashlari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi qonun ijrosi doirasida ta’lim tizimi tubdan islox qilinib, yangicha yashash, yangicha fikirlash yo’lida samarali yutuqlarga erishilmoqda .Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarda tubdan yangi texnika, materiallar va ilg’or texnologik protsesslarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish asosida fan-texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishni ta’minlash qayd etilgan. Belgilangan maqsadga metall mahsulotlarining sifatini va assortimentini yaxshilash; yangi konstruktsion materiallar, metall kukunlari asosida tayyorlanadigan qoplama va buyumlar ishlab chiqarishni ko’paytirish; talab etilgan xossalar kompleksiga ega bo’lgan yangi polimer va kompozitsion materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirish; kam chiqindi chiqadigan, chiqindi chiqmaydigan va kam operatsiyali texnologik protsesslarni keng qo’llash; metall va materiallarning xossalarini keskin yaxshilashni taminlaydigan, ishlov berishning yuqori samarali usullaridan foydalanishning hamda boshqa qator tadbirlarni amalga oshirish mumkin. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning bu muhim yo’nalishlaridan ba’zilari ushbu ilmiy desertatsi ishida o’z aksini topgan.Hozirgi zamon mashinasozligi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan metallarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Stanoksozlikda, avtomobil va aviatsiya sanoatida, elektronika va radiotexnikada metallardan juda ko’p mashina va pribor detallari tayyorlanadi.Texnikada ishlatiladigan metallar asosan ikki gruppaga – qora va rangli metallarga bo’linadi. Qora metallarga temir va uning birikmalari (cho’yan, po’lat, ferroqotishmalar) kiradi. Qolgan metallar va ularning qotishmalari rangli metallar gruppasini tashkil qiladi. Hozirga qadar asosiy mashinasozlik materiali hisoblangan temir va uning qotishmalari metallar ichida alohida ahamiyat kasb etadi. Dunyo miqqiyosida ishlab chiqariladigan metallarning 90% ini temir va uning qotishmalari tashkil qiladi. Bu qora metallar muhim fizik va mexanik xossalarga ega bo’lganligi, shuningdek temir rudalari tabiatga keng tarqalganligi, cho’yan va po’lat ishlab chiqarish esa arzon va murakkabmasligi bilan tushuntiriladi. Qora metallar bilan bir qatorda rangli metallar ham texnikada muhim ahamiyatga ega. Bu ularning qora metallarda uchramaydigan o’ziga xos muhim qator fizik-ximiyaviy xossalari bilan tushuntiriladi.
    Mamlakatimiz mustaqillika erishgan yillar ichida sintetik materiallar-plastmassalar ishlab chiqarish tez rivojlandi. Bunday materiallar uzellarining xizmat muddatini oshirish, konstruktsiya massasini kamaytirish, kamyob rangli metallar va qotishmalarni tejab ishlatish, ishlov berish tannarxini hamda mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. Materiallarni ratsional tanlash va ularga ishlov berishning texnologik protsesslarini takomillashtirish konstruktsiyalarning ishonchliligini tahminlaydi, tannarxini kamaytiradi va mehnat unumdorligini oshiradi.

    Download 0.78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 0.78 Mb.