Ilmiy loyiha turlari (fundamental, amaliy, innovatsion) Ilmiy tadqiqot




Download 61.5 Kb.
bet3/4
Sana04.03.2023
Hajmi61.5 Kb.
#44332
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy loyiha turlari (fundamental, amaliy, innovatsion) Ilmiy ta
Abdullayeva Ganjina
Eksperimental tadqiqotlar – ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir. Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo (masala) yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning natijasini tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin. Tadqiqot olib borilayotgan obyekt (muammo yoki masala) bo‘yicha fundamental izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan hollarda eksperimental tadqiqotlar natijalari muammoni nazariy yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi. Ilmiy tadqiqotning navbatdagi bosqichi eksperimental va nazariy tadqiqotlar natijalarini solishtirib (taqqoslab) ko‘rib ularni bir biriga mos kelishi (to‘g‘ri kelishi) haqida, hamda ilgari surilgan ilmiy gipotezani tasdiqlashi haqida uzul-kesil xulosa qilinadi. Ayrim hollarda natijalar bir biridan ancha farq qilsa yoki umuman to‘g‘ri kelmasa ilmiy gipotezaga o‘zgartirish kiritish yoki gipotezani inkor etishga to‘g‘ri keladi. Tadqiqot natijalariga yakun yasash, olingan natijalar tadqiqot maqsadi va vazifalariga to‘la javob berishi hamda umumiy xulosa va tavsiyalarni shakllantirishi ilmiy izlanishning yakuniy bosqich vazifalariga kiradi. Texnika sohasida, jumladan, energetika sohasida tadqiqotlar natijalarini o‘zlashtirish (amalda tadbiq etish) bosqichi ham ko‘zda tutiladi. Bunda tadqiqot natijalarini yoki texnologik va konstruktorlik ishlanmalarini iste’- molchiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot turlari muayyan bir ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish: – bo‘lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy adabiy manbalar bo‘yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; – muammolar bo‘yicha tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlarini belgilash va tasniflash; – mavzuni ifodalash va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; – texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) umumiy kalendar rejasini tuzish; – kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa foydali samarani oldindan belgilash.
2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash: – mamlakat va xorijiy nashrlar bibliografik ro‘yxatini tanlash va tuzish (monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va b.), shuningdek, tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish; – mavzu bo‘yicha manbalar va referatlar annotatsiyasini tuzish; – mavzu bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish; – tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar: – obyekt va tadqiqot predmetini tanlash, fizik mohiyatini o‘rganish va tadqiqot topshirig‘i asosida ishchi farazni shakllantirish; – ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq etish; – tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish. 4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to‘g‘rilash yoki nazariy tadqiqotlarni inkor etish uchun): – eksperimental tadqiqotlar maqsad va vazifalarini aniqlash; – eksperimentni rejalashtirish va uni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish; – eksperimental qurilmalarni va eksperimentning boshqa vositalarini yaratish; – o‘lchov usullarini asoslash va tanlash; – eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqish.
5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish: – nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ularning farqlarini tahlil qilish; – tadqiqot obyekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosalar; – ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish; – ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash; – ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni retsenziya qildirish.
6-bosqich. Joriy etish va iqtisodiy samaradorlik: – tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish; – iqtisodiy samarani belgilash. Ishlanmalarni, loyiha konstruktorlik ishlarini (LKI) bajarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Dolzarblikni asoslash va mavzuni shakllantirish, LKIning maqsad va vazifalarini shakllantirish (ITI 1-, 2-bosqichlaridagi ishlar bajariladi).
2-bosqich. Texnikaviy topshiriq va taklif: – eksperimental namunani loyihalashda texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish; – texnikaviy-iqtisodiy asos; – patentga loyiqlikni tekshirish.
3-bosqich. Texnikaviy loyihalash: – texnikaviy loyihalar talqinlarini ishlab chiqish va samaralirog‘ini tanlash; – ayrim qism va bloklarni ishonchlilik ko‘rsatkichlarini tekshirish uchun yaratish; – texnikaviy daraja va sifatni belgilash, texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash; – texnikaviy loyihani kelishib olish.
4-bosqich. Ishchi loyihalash: – ishchi loyihani ishlab chiqish; – zarur konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash.
5-bosqich. Tajribaviy namuna tayyorlash: – ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash: texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, qurilmalarni, kesuvchi va qo‘shimcha asbob-uskunalarni loyihalash va tayyorlash; – tajribaviy namuna detallari, qismlari va bloklarini tayyorlash, ularni yig‘ish; – tajribaviy namunani aprobatsiya qilish, me’yoriga yetkazish va sozlash; – stendda va ishlab chiqarishda sinash.
6-bosqich. Tajribaviy namunani me’yoriga yetkazish: – tajribaviy namunaning qismlari, bloklari va uni to‘la ravishda sinovdan keyin ishlashini tahlil qilish; – ishonchlilik talablariga javob bermaydigan ayrim qismlar, bloklar va detallarni almashtirish.
7-bosqich. Davlat sinovi: – tajribaviy namunani davlat sinoviga topshirish; – davlat sinovini o‘tkazish va sertifikatsiyalash. Shunday qilib, ilmiy tadqiqotlar qanday maqsadga qaratilganligi va ilmiy chuqurligi bo‘yicha uch asosiy turga tasniflanadi: fundamental (nazariy), amaliy va tajriba, konstruktorlik ishlanmalari. Fundamental va amaliy ITI larning bajarilish jarayoni olti asosiy bosqichni, tajriba konstruktorlik ishlanmalari esa yetti bosqichni o‘z ichiga oladi. Ilmiy tadqiqotning barcha turlari joriy etish bilan yakunlanadi.

Download 61.5 Kb.
1   2   3   4




Download 61.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy loyiha turlari (fundamental, amaliy, innovatsion) Ilmiy tadqiqot

Download 61.5 Kb.