|
Ilmiy rahbar: Mundarija: Kirish
|
bet | 2/6 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 1.65 Mb. | | #93329 |
Bog'liq erkaklar koylagi innovatsion 1 mustaqil ish Diyor, Chaqiruv qog`ozi-391191100267 (3), matlab for dummies, суровнома, 1--amaliy ish ADP Jumaniyozova Nodira., 1--amaliy ish ADP Saparova Dilnoza., 1111, abdulla-avloniyning-pedagogik-qarashlari, Abdujalil Shomirzayev. Fizika 09, «Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andoz, Model tanlash va uni asoslash (eskiz model, moda yo’nalishi, mod-fayllar.org, 12-k-2022- guruh talabasi Ashurov Azizbekni Fizika fanidan musta-fayllar.orgMavzuning dolzarbligi. Respublikamizda qabul qilingan kadrlar tayyorlash milliy dasturida fanlararo aloqadorlik asosida o’qitishni o’quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi hozirga paytda umumta‘lim maktablarida dolzarb muammo qilib qo’yilgan. Mehnat ta‘limi darslarida integratsiyallab o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarini qo’llash, o’quv-uslubiy ta‘minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq ta‘limi tizimini takomillashtirish xamda ularning o’quv-tarbiya jarayoniga Axborot kommunikatsion va zamonaviy pedagogik xamda kompyuter texnologiyalarini tadbiq etish respublikamizda ta‘lim tizimining rivojlanishi va e‘tiborga olinganligidan dalolatdir.
Tadqiqot ob’ekti: Erkaklar ko'ylagi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish, maketlarni tayyorlash, texnologik xarita yaratish jarayoni bizda perdmet bo’lib xizmat qiladi.
Tadqiqot predmeti: Erkaklar ko'ylagi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish, maketlarni tayyorlash, texnologik xarita yaratish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar.
Tadqiqot vazifalari:
Erkaklar ko’ylagi haqida ma’lumot.
Erkaklar ko‘ylagi taqilmalari namunasini tayyorlash erkaklar ko‘ylagining konstruksiyasini qurish
«Erkaklar ko‘ylagi konstruksiyasini loyihalash» bo‘yicha texnologik xarita
“Erkalar ko’ylagini modellash bo’yicha” texnologik xarita yaratish
Tadqiqot maqsadi: Erkaklar ko'ylagi haqida ma’lumotlar asos chizmasini konstruksiyalash bilan tanoshish vauni amliyotda qo’llash va murakkab fasonda modellashtirish, masalan erkalkar ko’ylagining yoizgi kuzgi va qishki fasonlarini yaratish va maketlarni tayyorlash, texnologik xarita yaratish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kirish qisim, ikki bob xulosa va foydalanilgan adbiyotlar ro’yhati.
I.bob Erkaklar kiyimlari tasnifi va turlari
1.1 Erkaklar ko’ylagi haqida ma’lumot.
Erkaklar milliy kiyimi tarkibiga ko‘ra ichki va ustki kiyimlarga bo‘linadi. Ichki kiyimlar ko‘ylak va ishtondan iborat edi. Erkaklar ko‘ylagi asosan bir tusdagi oq matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, etagiga qarab biro’z kengaygan, uzunligi tizzagacha bo‘lgan. Yoqasi ikki turda bichilgan: oldi yopiq, kesimsiz, yelkadan yelkagacha ko‘ndalang o‘mizli-„mullacha ko‘ylak“, ba’zan ularning yoqa o‘miziga jiyak ham tikilgan. Ikkinchi tur ko‘ylaklar tik yoqali, oldi qirqimli ko‘ylaklar bo‘lib, qirqimiga ikki buklangan planka tikilgan. Erkaklarning ustki kiyimlari bir necha xil bo‘lgan: paxtali qavima to‘n yoki chopon, qaviqsiz yaxtak yoki avra to‘n, movutdan to‘qilgan chakmon, avrasiz po‘stin, pocha po‘stin va h.k.z. Odatda ko‘ylak ustidan oldi ochiq chopon kiyib yurilgan. Choponlar sidirg‘a gazlamadan, yo‘l-yo‘l beqasamdan, guldor nimshoyi gazlamadan va adrasdan tikilgan. Erkaklar kiyim-kechaklari tarkibida belbog‘ alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Mahalliy gazlamalardan tikilgan belbog‘, kashtalar bilan bezatilgan chorsilar juda rasm bo‘lgan. Bosh kiyimlari-do‘ppilar kishilarning yoshiga va mavqeiga qarab turlicha bo‘lgan: cho‘qqi, yarim qubba va to‘rtburchak shakldagi do‘ppilar alohida yoki salla bilan birga kiyilgan. Sallalar iр gazlama, iр aralash jun matolar, doka, ba’zan qimmatbaho matolardan tayyorlangan. Aholining har bir ijtimoiy tabaqasi sallani o‘ziga xos o‘rashi bilan ajralib turgan. Keksa yoshdagi kishilar odatda oppoq, o‘rta yoshdagilar-kulrang, yoshlar esa rangdor salla o‘raganlar. Erkaklar poyafzali maxsi-kavush, „amirkon“ etiklardan iborat bo‘lgan.
Erkaklar ko‘ylagini turli xil gazlamalardan: paxta tolali, shoyi, jun va aralash tolali gazlamalardan tayyorlash mumkin.
Ko‘ylak tashqi ko‘rinishiga qarab turli uslubiy bichimda bo‘lishi mumkin: klassik, sport romantik.
1-rasm. Erkaklar klassik sorochkasi
|
| |