Ilovalar o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 65.75 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2019
Hajmi65.75 Kb.
#6930
  1   2   3   4

Biologok faol moddalar texnologiyasidan Dasturlar

o’quv-uslubiymajmua




ILOVALAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



«Ro‘yxatga olindi»

№___________________

201­­___ yil«__» _________


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

vazirligining 201__yil

«___» dagi «___»- sonli

buyrug‘i bilan tasdiqlangan.





BIOLOGIK FAOL MODDALAR TEXNOLOGIYASI
FAN DASTURI

Bilim sohasi: 300 000 – Ishlab chiqarish- tehnik soha

500 000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi: 320 000 – Ishlab-chiqarish texnologiyalari

510 000 – Sog‘liqni saqlash


Ta’lim yo‘nalishi: 5320500 – Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi (turlari bo′yicha)



TOSHKENT – 2018
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus talim vazirligining 201_ yil «___»________ dagi ___ -sonli buyrug'ining ___ - ilovasi bilan fan dasturi ro'yhati tasdiqlangan.

Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2017 yil «____» _______ dagi «____» - son majlis bayoni bilan ma’qullangan.

Fanning o‘quv dasturi Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:

Ismailova M.G. - “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri, f.f.d.


Turaeva D.T. - “Biotexnologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi, b.f.n.
Abzalova N.A. - “Biotexnologiya” kafedrasi assistenti

Rashidova N.Q.- “Biotexnologiya” kafedrasi assistenti


Taqrizchilar:

M.S.Tashmuxamedov – Toshkent kimyo-texnologiya instituti,

Biotexnologiya kafedrasi professori
Sh.F.Iskandarova – Toshkent farmatsevtika instituti,

Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.d.

Fanning o‘quv dasturi Toshkent farmatsevtika instituti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__ yil “__”________dagi “__” – sonli bayonnoma).

I. O'quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o'rni

“Biologik faol moddalar texnologiyasi” fan dasturi sanoat miq’yosida turli xil o‘simlik va xayvon organizmlar asosida biologik faol moddalarni ajratib olish texnologiyalari, dorivor xom ashyolarini kompleks qayta ishlash va ulardan dori shakllarini olish texnologiyalari xaqida ma’lumotlarni to‘la qamrab oladi. Bu dastur bo‘yicha 4­kurs biotexnologiya va sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi talabalari biofaol moddalar saqlovchi dori vositalari ishlab chiqarish texnologiyasini to‘la o‘zlashtiradilar. Kelajakda sanoat miq’yosida qo‘llash uchun amaliy ko‘nikma xosil qiladilar.

“Biologik faol moddalar texnologiyasi” fani farmatsevtik texnologiyaning ajralmas qismidir. Fanning asosiy maqsadi sanoat miq’yosida turli xil o‘simlik va xayvon organizmlar asosida biologik faol moddalarni ajratib olish texnologiyalari, dorivor xom ashyolarini kompleks qayta ishlash va ulardan dori shakllarini olish texnologiyalari o‘rganishga asoslangan. Bu dastur sanoat farmatsiya yo‘nalishi mutaxassisligi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ma’ruza materiallarini o‘zlashtirishni, amaliy mashg‘ulotlarni va laboratoriya ishlarini bajarishni ko‘zda tutadi.

Bo‘lajak sanoat farmatsevtlar uchun “Biologik faol moddalar texnologiyasi” fani maxsus injener-texnologlik yo‘nalishini ko‘rsatadi. Bu yo‘nalishning maqsadi talabalarga tabiiy birikmalar va dori vositalari biotexnologiyasi soxasida nazariy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish va ilmiy izlanishlar olib borishga yo‘naltirishdir.

Talabalar biofaol moddalarni ajratib olish texnologiyalarini yaratish, sanoatda qo‘llash usulini, ishlab chiqarishni loyihalashtirishni o‘rganishlari zarur.

“Biologik faol moddalar texnologiyasi” fani quyidagi fanlarni o‘z ichiga oladi: Noorganik kimyo, Analitik kimyo, Fizik va kolloid kimyo, Organik kimyo, Matematika, Energotexnologiyasi, Umumiy kimyoviy texnologiya, Biotexnologiyaning jarayonlari va apparatlari, Kimyoviy farmatsevtika jarayonlari va apparatlari.


II. O'quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad-talabalarga kimyo farmatsevtika sanoatida ishlab chiqariladigan tabiiy birikmalar va biotexnologik preparatlarni olish usullarini o‘rgatishdan iborat.

Fanning vazifasi-talabalarga kimyo-farmatsevtika sanoatida konkret biotexnologik preparatlar olish, shu jarayonlarni amalga oshirish uchun maqsadga muvofiq tabiiy xom ashyolarni tanlash, o‘simlik,hayvon va mikroorganizmlardan biotexnologik yo‘l bilan dori vositalarini olish, jarayonlarning texnologik bosqichlarini o‘rganishdan iborat.

“Biofaol moddalar texnologiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:


  • tabiiy birikmalardan biofaol moddalarni olish texnologiyasi;

  • biofaol moddalardan dori vositalarini ishlab chiqarish;

  • o‘simlik, hayvon va mikroorganizm xom ashyolaridan biologik faol moddalarni ajratib olish usullari va texnologiyalari haqida tasav­vurga ega bo‘lishi;

  • produtsentlarni sintez qilishni, mikroorganizmlarni o‘stirish, pasportlash, saqlash va ularga tavsif berishni;

  • aminokislotalarning fermentativ sintezi, aminokislotalar biosintezining boshqarilishi, aminokislotalar ishlab chiqariladigan usullar turlarini;

  • oqsil gidrolizatlarini ajratish va olishni;

  • ferment preparatlari yordamida dori vositalarini olish, fermentatsiya turlari, fermenterlar va ularning sanoatda ishlatilishi;

  • lipidlar, uglevod, oqsil, pektin, antibiotik va vitaminlar tavsifi, guruxlari, kimyoviy xossalari va ishlab chiqarishni;

  • vaksinalar va ularning olinishi to‘g‘risida bilishi va ulardan foydala­na olishi;

  • moddalarni tozalashning xromatografik usullari;

  • tabiiy xom ashyolardan biologik faol moddalarni ekstraksiyalab olish;

  • ferment preparatlarini olishning umumiy texnologiyasi, fosfolipaza preparatlarini olish texnologiyalari va uni tozalash;

  • fermentlarning olinishi va tozalab olish;

  • tripsinning faolllanish jarayoni va tripsin olish texnologik jarayonlarini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;

«Biofaol moddalar texnologiyasi» fani ixtisoslik fani hisoblanib 7-,8-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasi asosida asosiy jarayonlarni, qonuniyatlarni o‘rganishi va biotexnologik usullarda dor vositarini olish bo‘yicha etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun bioximiyaning ayniqsa oqsillar, fermentlar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar va organizmda moddalar almashinuvi singari bilimlarni bilishlari shart. “Biologik faol moddalar texnologiyasi” fani quyidagi fanlarni o‘z ichiga oladi: Noorganik kimyo, Analitik kimyo, Fizik va kolloid kimyo, Organik kimyo, Matematika, Energotexnologiyasi, Umumiy kimyoviy texnologiya, Biotexnologiyaning jarayonlari va apparatlari, Kimyoviy farmatsevtika jarayonlari va apparatlari.
III.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)

Modul. Biologik faol moddalar kimyosi va texnologiyasi faniga kirish
1-mavzu. Biotexnologiya va biologik faol moddalar. Biotexnologiya fanining ob’ektlari, maqsadlari va vazifalarining biologik faol moddalar texnologiyasi bilan uzviyligi. Biofaol moddalarni biotexnologik usulda olishning qisqacha rivojlanish tarixi.

Biotexnologiya. Kirish. Biotexnologiya tushunchasiga ta’rif. Biotexnologiyani ilm-fan va ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligi. Biotexnologik maxsulotlarni qo‘llanish sohalari. Biotexnologik maxsulotlar bozori.Biotexnologiya fani predmeti, ob’ektlari, maqsadi va vazifalari. Biotexnologiya bo‘limlari. Biotexnologiya rivojlanishining qisqacha tarixi. Biotexnologiya rivojlanishining qisqacha tarixi.O‘zbekistanda biotexnologiya.


2-mavzu. Biologik faol moddalar klassifikatsiyasi,tuzilishi va funksiyalari.

Biologik faol moddalar. Ta’rif. Organizmga BFM kelib tushish manbalari. BFM klassifikatsiyasi. BFM ning kimyoviy tuzilishi. BFM ning inson organizmidagi vazifasi. Dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdagi zamonaviy biotexnologiyaning roli. Zamonaviy farmatsiyada biotexnologiyaning roli. BFM ni olishning biotexnologik usullari. BFM olish manbalari. Biotexnologik ishlab chiqarish sharoitida BFM lar sintezi (umumiy talablar).


Modul. Biologik faol moddalar olinishinig umumiy texnologik usullari.
3-mavzu. Biologik faol moddalar olinishi uchun qo‘llaniladigan xom ashyolar. Ularni qayta ishlash usullari. Biologik faol moddalar olinishinig umumiy texnologik usullari. Dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishda zamonaviy biotexnologiyaning ahamiyati.

BFM ajratib olish uchun xom ashyo. Klassifikatsiyasi. Xom ashyo manbalari. Dorivor o‘simlik xom ashyosi. Hayvon xom ashyosi. Bioob’ektlarni/produtsentlarni o‘stirish uchun substratlar. Xom ashyoni qayta ishlash usullari. An’anaviy va zamonaviy usullar. Kamchilik va ustunliklari. Biologik faol moddalarni olishning umumiy texnologik usullari. O‘simlik xom ashyosini qayta ishlashni texnologik bosqichlari. Organopreparatlar uchun xom ashyo tayyorlash texnologiyasi.Mikroorganizmlar ishtirokidagi biotexnologik ishlab chiqarish sanoati.


4-mavzu. Tabiiy xom ashyodan biologik faol moddalarni ekstraksiya usulida ajratib olish. Fizik-kimyoviy usullar Biologik faol moddalar olinishinig umumiy texnologik usullari. Ajratib olish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar.

Tabiiy manbalardan biologik faol moddalarni ekstraksiyalab olish.Ekstraksiya biologik faol moddalarni ajratib olish usuli sifatida.Ekstraksiyalash jarayonining nazariy asoslari. Ekstraksiyalash jarayonining bosqichlari va ularning miqdoriy tavsiflari. Fizik-kimyoviy usullar.Ekstraksiyalashning fizik usullanrining klassifikatsiyasi. Kimyoviy usullar. Ajratib olish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Dorivor xom ashyoning texnologik xususiyatlari.Xom ashyoni texnologik xususiyatini belgilovchi omillar. Ekstragent va xom ashyo zarrachalari orasidagi massa almashinuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Ekstraksiya dinamikasini tadqiq etish.Jarayonni matematik modellash. Ekstraksiya jarayonini optimallashtirish.



5-mavzu. Biologik faol moddalarni tozalash. BFMlarni tozalash uchun

qo‘llaniladigan usullar. BFM larni dastlabki ajratib olish va tozalash usullarini tanlashdagi mezonlar.

Bilogik faol moddalarni tozalash. Biotexnologik jarayonlarning oxirgi bosqichlari. Maxsulotlarni tozalashni o‘ziga xosliklari. Xujayralarni butunligini buzish yo‘llari. BFM larni tozalashda qo‘llanadigan usullar. Ajratish usullari va ularning klassifikatsiyasi. Usullarning ustunlik va kamchiliklari. BFM larni birlamchi ajratib olish, tozalash va yuqori darajada tozalash usullarini tanlash mezonlari va prinsiplari. Tozalash usullarini tanlash mezonlari va prinsiplari. To‘liq tozalash sxemasi.


6-mavzu. Biologik faol moddalarning texnologik ishlab chiqarilishini nazorat qilish va jihozlash. Bioreaktorlar va ularning sanoatda ishlatilishi.

Biologik faol moddalarning ishlab chiqarilishining texnologik nazorati va uskunalar bilan jixozlanishi. Bioreaktorlar va ularni sa’noatda qo‘llanishi. Bioreaktorlar va ularga qo‘yiladigan talablar. Bioreaktorlar konstruksiyasi. Bioreaktorlarni qo‘llanishi.




7-mavzu. Ekologik muammolar.Farmatsevtika sanoatida biologik faol moddalarni biotexnologik usullarda olinishining o‘ziga xos xavf-xatarlari,yutuqlari va maqsadlari.

Ekologiya muammolari. Farmatsevtik sanoatda biologik faol moddalarni biotexnologik ishlab chiqarilishining istiqbollari va xavflari. Biotexnologik ishlab chiqarishni takomillashtirishning yo‘nalishlari. Farmatsevtik sanoatning biotexnologik jixatlari. Biotexnologik ishlab chiqarishning chiqindilari va ularni zararlantirish va utilizatsiyasi. Xom ashyo materiallari biotexnologiya istiqbollari.



8-mavzu. Dori vositalarini olish uchun qo‘llaniladigan bioob’ekt-produtsentlarni mutagenez va seleksiya usullari vositasida takomillashtirish.

Bioob’ektlar dorivor, profilaktik va diagnostik dori vositalarini ishlab chiqarishni bioob’ekti sifatida. Mikroorganizmlar seleksiyasi. Mutagenez va mutantlarni ajratib olish usullari. Bioob’ektlarni takomillashtirishda biotexnologlarning roli.


9-mavzu. Dori vositalarini olish uchun qo‘llaniladigan bioob’ektlarni hujayra injeneriyasi usullari vositasida takomillashtirish.
Hujayra muhandisligi texnikasi. Gen-hujayra muhandisligi. Gen-muhandisligi.
10-mavzu. Laboratoriya tahlillarini tashkil etish qoidalari (GLP), klinik tadqiqotlarni tashkil qilish qoidalari (GCP), dori vositalari sifatini nazorat qilish va ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalari (GMP).
GLP, GCP, GMP tushunchalari. Farmatsevtik sanoatga GLP , GCP, GMP Halqaro qoidalarini kiritilish sabablari. GMP ning milliy va regional qoidalari. GMP qoidalarining mazmuni. Terminologiya. Sifatni ta’minlash. Validatsiya. GLP laboratoriya tadqiqotlarini tashkillashtirish qoidalari. GCP klinik sinovlarining tashkillashtirish qoidalari.

11-mavzu.Tayyor mahsulotning sifatini hamda ishlab chiqarish jarayonini reglament asosida tasdiqlovchi me’yoriy-texnik xujjatlar (DF, FS, Davlat standarti). Texnologik reglament.
So‘nggi maxsulotni ishlab chiqarish jarayonini va sifatini reglamentlovchi normativ-texnik hujjatlar. Hujjat strukturasi. Dori vositalari uchun NTX (GF, FS, VFS, FSP). Tibbiyot uchun mo‘ljallangan NTX (GOST, TU, OzDSt). So‘nggi maxsulotni ishlab chiqarish jarayonini normativ-texnik xujjat, hujjat strukturasi. Texnologik reglamentlar. Texnologik ko‘rsatmalar.


Modul. Biologik faol moddalarning asosiy klassifikatsiyasi.
12-mavzu. Uglevodlar.Umumiy tasnifi, klassifikatsiyasi, biologik ahamiyati.Tabiiy xom ashyolardan uglevodlarni olish texnologiyasi va qo‘llanilishi.

Uglevodlar. Umumiy ma’lumot. Klassifikatsiyasi. Uglevodlarning biologik funksiyalari. Tabiiy manbalardan uglevodalarni ajratib olish texnologiyasi. Qo‘llanishi.


13-mavzu. Lipidlar.Umumiy tasnifi, organizmdagi biologik ahamiyati. Tabiiy xom ashyolardan lipidlarni ajratib olish.

Lipidlar. Lipidlar klassifikatsiyasi. Lipidlarning organizmdagi biologik funksiyalari. Lipidlarni ajratib olish.


14-mavzu. Karbon kislotalari. Karbon kislotalari biotexnologiyasining asoslari.

Karbon kislotalari. Karbon kislotalarini olinish texnologiyasi. . Karbon kislotalari biotexnologiyasi asoslari. Karbon kislotalarini olinishini xususiy texnologiyasi.


15-mavzu. Aminokislotalar biotexnologiyasi.

Aminokislotalar. Aminokislotalarni olish usullari. Oqsil saqlovchi tabiiy substratlarni gidrolizlash. Kimyoviy (nozik organik) sintez. Kimyoviy-mikrobiologik usul (mikroorganizmlar yordamida aminokislotalar o‘tmishdoshlarini biotransformatsiyasi). Aminokislotalarni qo‘llash.


16-mavzu. Oqsillar.Ularning xossalari, tuzilishi va organizmdagi biologik ahamiyati.Oqsil ajratib olish uchun qo‘llaniladigan manbalar.Oqsil sintezining usullari.

Oqsillar. Xususiyati va tuzilishi. Oqsil manbalari. Oqsil sintezining usullari. Bir xujayrali oqsilni qo‘llashni iqtisodiy jihatlari.


17-mavzu.Gormonlar.

Gormonlar. Umumiy klassifikatsiyasi. Gormonal preparatlarning asosiy sinflari va ularning qo‘llanishi. Gormonal preparatlarning olinish texnologiyasi.



18-mavzu. Steroid birikmalarning biotransformatsiyasi asosida dori vositalarini olish.

Steroidlar. Steroid birikmalarning tuzilishi. Steroidlar klassifikatsiyasi. Asosiy steroid preparatlar. Steroid gormonlar olish uchun xom ashyo. Organizmda steroid gormonlar biosintezining yo‘llari (xolesterin). Steroidlarni transformatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha qisqacha tarixiy ma’lumot. Steroid strukturali dori vositalarini yaratishda mikroorganizmlarni qo‘llanishini imkoniyatlari. Sanoat miqyosida qo‘llanadigan streroidlarni asosiy mikrobiologik transformatsiyasi.



19-mavzu.Vitaminlarning biotexnologik usullarda olinishi.

Vitaminlar va ularni inson organizmidagi ahamiyati. Vitaminlarni qo‘llanishi. Vitaminlar manbalari. Suvda eruvchi vitaminlar. Yog‘da eruvchi vitaminlar. Vitamin preparatlarini olinishida biotexnologiyaning ahamiyati.


20-mavzu. Fermentlar.

Fermentlar ta’rifi. Fermentlar klassifikatsiyasi. Biologiya va tibbiyotda fermentlarni qo‘llanish sohasi. Moddalar almashinuvi jarayonida fermentlarning roli. Fermentlarni ta’sir mexanizmi. Fermentlarni qo‘llashda chegaralanishlar. Fermentlarni ishlab chiqarish. Tibbiyotda ferment preparatlar.


21-mavzu. Mikroorganizmlar. Ularning biotexnologiyada qo‘llanilishi.

Mikroorganizmlar. Ta’rifi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi va morfologiyasi. Bakteriyalar. Viruslar. Zamburug‘lar. Achitqilar. Mikroorganizmlarni biotexnologiyada qo‘llanishi. Sanoatda qo‘llaniladigan mikroorganizmlar. Mikroorganizmlarni sanoatda kultivatsiyalashning o‘ziga xosliklari.


22-mavzu. Antibiotiklar. Klassifikatsiyasi, tasnifi, olinish tarixi. Antibiotiklarning olinish manbalari, qo‘llanilishi.

Klassifikatsiyasi, tasnifi, olinish tarixi. Antibiotiklarning olinish manbalari, qo‘llanilishi, ishlab chiqarilishi. Antibiotiklar produtsentlari. Sintetik, yarim sintetik va biologik antibiotiklarni olish texnologiyalari. Sefalosporinlar, levomitsetinni olish texnologiyasi.Antibiotiklarni ajratib olish va tozalash.


23-mavzu. Antibiotiklar. Antibiotiklari ishlab chiqarish.

Antibiotiklarni ishlab chiqarish. Antibiotiklarni olinish usullari. Antibiotiklar olinishining texnologik jarayoni. Antibiotiklarni boshqa dori vositalari bilan birga ishlab chiqarish imkoniyati. Modifikatsiyalangan antibiotiklarni olish.



24-mavzu. O‘simlik to‘qimalari kulturasidan biotexnologik usulda dori vositalarini olish.

O‘simlik a’zolari, to‘qimalari va hujayralari kulturasi. Predmeti va vazifasi. O‘simlik a’zolari, to‘qimalari va hujayralarini kultivatsiyalash usulining rivojlanish tarixi. YUksak o‘simliklar to‘qimalari va hujayralarini kultivatsiyalash prinsiplari. O‘simlik to‘qimalari va hujayralarining kulturalari turlari. O‘simlik to‘qimalari va hujayralari asosida kultivatsiyalanadigan biotexnologiya.


25-mavzu. Mikroorganizmlarning tirik kulturalari - simbiotiklar asosida dori preparatlarini olish (normoflora va probiotiklar).

Inson va mikrofloraning simbiozi va ularning klassifikatsiyasi. Oshqozon ­ ichak traktining rezident mikroflorasi va uning ahamiyati. Disbakterioz, va uning klassifikatsiya va sabablari.Normofloralar. Probiotiklar. Prebiotiklar. Sinbiotiklar. Probiotiklarni ishlab chiqarishning umumiy texnologik sxemasi.



26-mavzu. Genomika va proteomika asosida dori preparatlarini yaratish.

Genomika va proteomikaning umumiy tavsifi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi va farqlari. Genomika. Vazifalari va genomika bo‘limlari. Proteomika va uning maqsadi. Genomika va farmatsevtik preparatlar. Molekulyar tibbiyotdagi klinik proteogenomikaning konsepsiyasi.


27-mavzu.Vaksinalar (Immunobiotexnologiya).

Vaksina va zardoblar (Immunobiotexnologiya). Vaksina va zardoblar (Immunobiotexnologiya). Vaksina va zardoblarni ishlab chiqarish.Umumiy tasnif va klassifikatsiyasi. Vaksinalarni ishlab chiqarish. Profilaktik dori preparatlari. Bakteriofaglar.


28-mavzu. Ekologik va iqtisodiy samarali sanoat texnologiyalarini yaratishning ustivorligi.

Texnologik progressning ekologik muammolari. Ekologik toza texnologiyalarni qo‘llanishi. Ishlab chiqilgan texnologiyalar namunalari.



IV. Amaliymashg‘ulotlar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1.Dorivor o’simlik xom ashyosini tahlil qilish usullsri.

2.Biofaol moddalar ajratib olish uchun ishlatiladigan xom ashyolar. O‘simlik xom ashyosidan suyuq ekstraktni ajratib olish.

3.Tabiiy xom ashyolardan biofaol moddalarni ajratish va tozalash usullari.

4.O‘simlik xom ashyosidagi biologik faol moddalarni ajratish va miqdorini aniqlash.

5.Aminokislotalar ajratib olishning asosiy usullari. Aminokislotalarning inson organizmdagi ahamiyati.

6.Vitaminlar va karotinoidlarning biosintezi, ularning produtsentlari.

7.O‘simlik to‘qimalaridagi lipidlarni ekstraksiyalash .

8.Pektin moddalarini ajratib olish va miqdorini aniqlash.

9.Qoramol shirdonidan pepsin ajratib olish.

10.Qoramol oshkozon osti bezidan tripsin olish.

11.Lidaza preparatini olish.

12.Mikroorganizmlardagi lipidlarni ekstraksiyalash.

13. Sutdan kazein ajratib olish.

14.Fermentlar olish usullari.



15.Penitsillin olish texnologiyasi.
«Biofaol moddalar texnologiyasi» fani bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari reaktivlar va zarur jihozlar bilan ta’minlangan laboratoriya xonasida o‘qituvchi nazorati ostida o‘tkaziladi. Laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazishdan avval talabalar texnika havfsizligi qoidalari bilan tanishadilar.Uslubiy-metodik qo‘llanmadan foydalanib ,ma’ruza darslarida olgan bilimlariga tayangan holda laboratoriya ishi amalga oshiriladi. Laboratoriya ishining nazariy va amaliy ma’lumotlarini to‘la o‘zlashtirgan talabalargagina tajriba o‘tkazish ruxsat etiladi. Mashg‘ulotning nazariy va amaliy qismlari hamda o‘tkazilgan tajriba natijalari laboratoriya daftariga qayd etiladi va olingan hulosalar keltirilib,o‘qituvchi tomonidan reyting tizimi asosida baholanadi.
V. Laboratoriya mashg‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati


  • Dorivor o’simlik xom ashyosini tahlil qilish usullsri.

  • Xom ashyo tarkibidan biofaol moddani ekstraksiya qilish va erituvchilarni tanlash.

  • Xromotografiya usullari va ularni qo‘llash. Gel va ion almashinuv xromotografiyasi.

  • O‘simlik xom ashyosidan (aloes vera) suyuq ekstraktni (Extractum aloes fluidum) ajratib olish.

  • Pektin moddalarini ajratib olish va miqdorini aniqlash.

  • O‘simlik xom ashyosida karotinoidlarni aniqlash.

  • O‘simlik xom ashyosi tarkibidagi vitamin C miqdorini aniqlash. Na’matak urug‘idan vitamin E konsentratini ajratib olish.

  • Dorivor o‘simliklar tarkibidagi umumiy moy miqdorini aniqlash.

  • Amilolitik fermentlar sintezi.Undirilgan bug‘doy tarkibidagi α-amilazaning faolligini aniqlash.

  • Xayvon (mol jigari) to‘qimalaridagi lipidlarni ekstraksiyalash.

  • O‘simlik (sabzi) to‘qimalaridagi lipidlarni ekstraksiyalash.

  • Tuxum sarig‘i tarkibidagi fosfolipidlarni ajratib olish.

  • Sutdan kazein ajratib olish.

  • Dukkaklilar (mosh) tarkibidagi lipidlarni ekstraksiyalash.

  • Substansiya tarkibidagi oqsilni sifat va miqdoriy taxlili. Folin reaktivini tayyorlash. Oqsillarni cho‘ktirish jarayoni.

  • Aminokislotalar ularni ajratib olish usullari. Aminokislotalarga xos sifat reaksiyalari.

  • Aminokislotalarning qog‘ozdagi xromatografiyasi.

  • Erkin aminokislotalar miqdorini formaldegid yordamida aniqlash.

  • Qoramolol shirdonidan pepsin ajratib olish uchun xom ashyo tayyorlash. Defrostatsiya jarayoni. Avtoliz.

  • Qoramol shirdonidan pepsin ajratib olish.Pepsinni faolligini aniqlash.

  • Pepsinni liposomal formasini olish.

  • Qoramol oshkozon osti bezidan tripsin olish va uning faolligini aniqlash.

  • Qoramol oshkozon osti bezidan fosfolipaza A2 fermentini ajratib olish. Poliamid tashuvchini olish va granullalash. Poliamidni faollash. Biospetsifik (affin) sorbent yordamida toza ferment olish va unin faolligini o‘rganish.

  • O‘rta Osiyo turpidan fosfolipaza D fermentini olish va uning faolligini etanolamin ajralib chiqishi bo‘yicha aniqlash.


Download 65.75 Kb.
  1   2   3   4




Download 65.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilovalar o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 65.75 Kb.