• Axborotlarni kodlashning usullari
  • IV. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va mashqlar.
  • V. Uyga vazifa
  • Informatika 7-sinf. 1-Mavzu: axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi




    Download 0.86 Mb.
    bet5/34
    Sana25.03.2022
    Hajmi0.86 Mb.
    #18888
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid
    ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide
    Qadimda axborotlami kodlash
    Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan-ko'p usullari mayjud. Birinchi kodlashni qo'llagan inson qadimgi Gretsiya sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni maxfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Ssital" tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb ataladi.
    Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotni maxfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri" da matndagi harf alifboda o'zidan keyin kelgan uchinchi harfga aimashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usul alifboni surish usuli deyiladi.
    Axborotlarni kodlashning usullari
    Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan, ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hozirgi
    kunda ham qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchan) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil bo`lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.
    IV. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va mashqlar.

    1. Kodlash deganda nima tushuniladi?

    2. Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?

    3. Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?

    4. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?

    5. Alilbo bilan bog`liq qanday kodlash usullari bor?

    6. O'zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" iborasini kodlang.

    7. O'zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do'stingizga axborot uzating

    V. Uyga vazifa
    Mashqlar
    1. Alifbodagi harflarni ularning tartib raqami bilan almashtirish usulidan foydalanibuyidagi jumlalarni kodlang.
    a) NIMANI EKSANG SHUNI O'RASAN.
    B) KUCHLI DAVLATDAN KUCHLI JAMIYAT SARI.
    d) BUYUK MAQSAD YO'LIDA OG`ISHMAYLIK.
    e) OZ BO`LSA HAM BILMOQ UCHUN KO'P O'QIMOQ ZARUR.
    f) MUSHOHADA QILMASDAN O'QISH, OVQAT HAZM QILMASLIK BILAN BAROBAR.
    2. Aralashtirilgan alifbodan foydalanib berilgan jumlalarni kodlang.
    a) NAMUNASIZ HECH NARSANI O'RGANA OLMAYSAN.
    b) DEYDILARKI, KITOB - OFTOB.

    Download 0.86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 0.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika 7-sinf. 1-Mavzu: axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi

    Download 0.86 Mb.