Kompyuterning qurilmalari. Ushbu shartimizda o’quvchilar kompyuterning qurilmalari bo’yicha konvertlardagi savollarga javob berishadi.
Texnika xavfsizli qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Ushbu shartda ishtirokchilar tezkor savollarga javob beradilar.
“Darslar majlisi” nomli she’riy sahnali ko’rinishni tomosha qilamiz.
Tunov kuni barcha darslar Majlis qilib qolishdi… Adabiyot gap boshladi: Yangi fikr axtarib: - Men darslarning burrosiman,- der darrovdan maqtanib, Turli tuman kitoblarim Barcha sevib o’qiydi. Mening uchun katta – katta Shoirlar she’r to’qiydi. Yoshlar mendan o’rganishar Qahramonlik yo’lini. O’rganganlar to’g’ri yurar Topib o’ngu so’lini… Adabiyot gapidan so’ng “Tarix” turib so’zladi: Men bo’lmasam bilmasdingiz Vatanimiz tarixin Aytadirman o’tgan zamon Va kelgusi ta’rifin. Notiq “Tarix” so’zlariga Hamma quloq soldi jim Rais “Ingliz tili” der - Do’stlar yana so’zlar kim?
“Ona tili” turib dedi: - So’z bering, bizga, qani? O’z tilini bilmay turib, Bilish qiyin boshqani! Birinchidan, savod kerak O’rganishga har fanni, Fikrlari ravon oqar Tilni yaxshi bilganning…
“Botanika” der:- har bola bilsin meni yaxshiroq. Asli mening ilmim bilan Gulga to’lar hamma yoq.
“Botanika”so’zlab bo’lgach Irg’ib turdi “Fizika”. Lampochkalar nur sochardi Butun sinf yuziga: -Fizikaning ilmi bilan Daryolardan chiqar nur. Shu bilimning asosida Texnikamiz yuksalur. Bilasizmi atomlarim Tinchlik uchun xizmatda Qani ayting insof bilan Qay fan tursin izzatda Mana mening xizmatimdan Zavod, GES va fabrika
“Fizika”ning so’zlari ham
Loyiq bo’ldi tabrikka
Fizikaga rahmat aytdi “Hisobjon” o’z gapida: Men turaman xizmatimla Fizikaning safida. Geografiya yoydi Kattakon xaritani Shoshmay turib boshladi so’z Ko’rsatib xaritani Mana bizning poytaxtimiz
Bu bepoyon yurtimiz Mana bunday shaharlar ila
G’ururlanib yurarmiz Mana Urganch, bu Navoiy
Mana temir mis, oltin Yer ostin boyliklarin
Bilish kerak eng oldin.
Mana menchi “Kimyo” man,
Har sohada hissam bor… Men ko’rsatgan usul bilan
Dori-Darmon yasalar…
Intizom-la qo’l ko’tarib, “Fizkultura” turdi tik
Qomati ham kelishgan Ko’rinishi mard, tetik:
O’rtoq darslar, bilasizmi? Fikultura ishini?
Bola agar sog’ bo’lmasa Bilarmi o’qishini? “Sog’lom tanda-sog’ aql”. Bilib qo’ying bu naql. Ba’zi darslar maqtanishib, Gapni rosa qiyishdi. “Meni yaxshi o’rgasin” deb, Da’volar ham qo’yishdi.
Rais dedi:
Shoshmang, do’stlar. Masalan, bir o’quvchi: Ko’p darslardan “besh”, “to’rt”i bor, Tildan-chi “ikki” “uch”
Yaramaydi bu also Har o’quvchi barcha darsdan O’qiy olsin “besh” a’lo Hamma darslar baravarmiz Vazifamiz har turli Barchamizni to’liq bilgan Bolaning yo’li nurli. Rais so’zin, maslahatin Ma’qullashdi chinakam Gurillatib chapak chaldi So’zlamagan “Rasm” ham
|