• Informatika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini shakllantirish vositalari: innovatsion o‘quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, malakaviy amaliyot
  • Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi




    Download 33.47 Kb.
    bet1/3
    Sana27.04.2023
    Hajmi33.47 Kb.
    #54184
      1   2   3
    Bog'liq
    3-loboratoriya
    Lju1H5yoGaf9xy3mwTWbijCJplxSSexcwsJkOiPm, 7sA-19 TJA -Elektronika (2), “Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish 2023, Ustama 2- chi yo\'nalish olimpiada, 1-mustaqil xufyona, eldor Referat2, abu-ali-ibn-sino-va-uning-falsafiy-qarashlari, O\'zbekiston suv omborlarining xalq xo\'jaligida ahamiyati, MOHINUR-BIOFIZIKA, Kompyuterlarni ishga tushiruvchi sistemaviy dasturlar, UltraISO dasturi va uning imkoniyatlari, Malumot, 34.AYLANA UZUNLIGI VA DOIRA YUZI, ABDUSHUKUROVA SHOHIDA ONA TILI

    Mavzu: ”Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi” fanini kasbga yo’naltirib o’qitish jaroyonida qo’llaniladigan innovatsion , pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar
    Reja :

    1. Innovatsiya so’ziga tarif

    2. Interfaol metodlar haqida ma’lumot

    3. Xulosa

    4. Foydalanilgan Adabiyotlar

    Hozirgi kunda “Innovatsiya” atamasining ta’rifini turlicha talqin etishmoqda. Innovatsiya-bu pedagogik haqiqatning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning shunday mazmuniki, u ta’lim va tarbiyaning avvaldan ma’lum bo‘lmagan, avvaldan uchramagan holat, natija, rivojlanadigan nazariyasi va amaliyotiga olib keladi. Bu holat pedagogikada to‘lig‘incha, shuningdek, uning alohida tashkil etuvchilariga ham tegishli bo‘lishi mumkin



    • mazmun tuzilmasi – o‘quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv(va b.)da yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi va o‘zlashtirilishi;

    • bosqichlikka asoslangan hayotiy davriylik tuzilmasi-yangilikning paydo bo‘lishi-ildam-o‘sish-yetuklik-o‘zlashtirish-diffuziya (singib ketish, tarqalish) – zamonaviylashtirish;

    • boshqaruv tuzilmasi – boshqaruv harakatlarining 4ta turining o‘zaro aloqasi: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish:

    tashkiliy tuzilma – diagnostikalash, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.
    A.Abduqodirov va A.Pardayevlar o‘z qarashlarida innovatsiyaning to‘rtta asosiy elementlari mavjudligini ko‘rsatib berganlar. Ular: kreativlik (g‘oyalarni yangilari bilan almashtirib turish), strategiya (ushbu g‘oyaning jamoa faoliyatini muvofaqiyatli rivojlantirish nuqtai nazaridan yangi va foydali ekanligini aniqlash), amalga oshirish(yangi va foydali g‘oyadan uni aniq mahsulot va xizmat ko‘rinishiga o‘tishini ta’minlash) va natijaviyligi (yangi g‘oyani amalga oshirish tufayli olingan mahsulot va xizmatlarning qiymati keskin ko‘tarilishi yoki pasayishi mumkin).
    Pedagogikada absolyut(mutloq) yangilik yo‘q, nisbiy yangilik(mahalliy, xususiy, shartli: amalga qo‘llanilayotganlarga ba’zi o‘zgarishlarni kiritish) va psevdoyangilik(yuzaki, mayda-chuyda ixtirochilik) bo‘lishi mumkin.
    Shunday qilib informatika o‘qituvchisi o‘z innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun:

    • g‘oya va fikrlarning xilma-xilligi va o‘zgarib turuvchanligiga;

    • yangilikni tez qabul qila olish (perseptiv qobiliyat);

    • ijodkorlik qobiliyati(kreativlik)ga;

    • o‘z-o‘zini tahlil qilishi va obyektiv baholash (refleksiflik)ga;

    • bag‘ri kenglik, qarama-qarshilikni adolatli bartaraf eta olishga (tolerantlik);

    • o‘z emotsional holatini boshqarish (rahbar, o‘quvchi, ota-onalarga nisbatan), samimiylik, boshqalarga hamdardlikka (empatiya);

    • yangilikni amalga oshirib, o‘z xulosa va qarorlarini chiqara olish kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim.

    Tadqiqotlardan shuni aytishimiz mumkinki uzluksiz ta’lim tizimida informatika o‘qituvchilarining innovatsiyaga munosabat bo‘yicha pedagoglarni besh guruhga bo‘lish mumkin ekan:
    1-guruh: novatorlar doimo yangilikni novatorlik ruhi bilan qarshi oladilar, jasorat bilan uni qo‘llaydilar va boshqalarga ham tarqatadilar;
    2-guruh: liderlar(ilg‘orlar) yangilikni qabul qilish va qo‘llashda oldinda yuradiganlar va o‘zlari istab qo‘llaydiganlar;
    3-guruh: o‘rtalikdagilar, birinchi bo‘lishni ham, oxirida qolishni ham istamaydiganlar, yangilikni ko‘pchilik qo‘llaganidan keyingina qo‘llovchilar.
    4-guruh: oxiridan bitta oldingilar, yangilik haqida butun jamoatchilik fikrini bilib, yangi bilan eskini o‘rtasida turib, gumonsirab, ikkilanib yangilikni qo‘llaydiganlar.
    5-guruh: oxirgilar, eskilikka o‘ta bog‘lanib qolgan, yangilikni hammadan keyin qo‘llashga qaror qiladigan pedagoglar.
    Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida talabaga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari, texnologiyalari va vositalari majmuidir Yuqorida keltirilgan besh guruhga mansub pedagoglar innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim va tarbiya jarayoniga olib kirish uchun aynan o‘z munosabatlari bo‘yicha harakat qiladilar va munosabatga mos natija oladilar.Bizning vazifamiz bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda ularni oxirgilar, oxirgidan bitta oldindagilar yoki o‘rtalikdagilar qilib emas, ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishda liderlar va novatorlar qilib tarbiyalashimiz kerak. Liderlik va novatorlikning muhim jihatlari, ta’lim-tarbiyaning rivojlanishdagi o‘rnini ko‘rsatib berishimiz kerak.Informatika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatga tayyorligini shakllantirish vositalari: innovatsion o‘quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, malakaviy amaliyot. Innovatsiyalar nazariy jihatdan asoslangan, biror-bir sohada aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yo’naltirilgan yuqori samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi. Innovatsiyaning o’ziga xos xususiyati uni quyidagilar bilan bog‘laydi:
    - innovatsiyalar doimo dolzarb muammoning yangi yechimini o‘z ichiga oladi;
    -ulardan foydalanish yangi sifatli natijalarni olish imkonini beradi;
    -ta’lim jarayonida innovatsiyalarni tatbiq etish ta’lim tizimidagi barcha komponentlarning sifatiy o‘zgarishlariga olib keladi.
    Bugungi kunda innovatsion pedagogik jarayonlar ta’lim muassasasi o‘quv faoliyatining muhim komponentlaridan biriga aylanib bormoqda. Chunki innovatsion pedagogik jarayonlar ta’lim xizmatlari bozorida nafaqat u yoki bu ta’lim muassasasining raqobatbardosh bo‘lishiga asos yaratadi, balki, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsini intensiv rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati va muloqotini demokratlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, o‘quvchini faol ta’lim olish hamda o‘zini shakllantirishga yo‘naltirish, ta’lim texnologiyalari, metod va vositalari hamda ta’limning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash kabi vazifalarni bajaradi, pedagoglarning kasbiy mahorati, ularning ijodkorligi, izlanuvchanligining rivojlanish yo‘na-lishlarini aniqlaydi, o‘quvchilarning shaxs sifatida kamol topishida muhim o‘rin tutadi.
    Informatika o‘qituvchisining innovatsion o‘quv-biluv faoliyati o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi:

    • yangi bilimlarni egallashga qaratilgan tadqiqot ishlariga ishtirok etish;

    • amaliyotda tasdiqlangan kasbiy bilimlarni egallash, shaxsiy bilim va tajribalarni, kasbiy kompetentlikni rivojlantirib borish [34];

    • maxsus mutaxassislik, texnik bilimlarni egallash, rivojlantirish, o‘z pedagogik faoliyatini loyihalashtirib borish, amalga oshirib, samarali natijalarga erishishva h.k.

    Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish sohasidagi ilmiy ishlar, maqolalarni o‘rganish natijasida oliy ta’limda ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan talabalar, magistrlar oldida muhim muammolar mavjudligi aniqlandi. Bu muammolar:

    1. Ilmiy tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlay olmaslik;

    2. Ilmiy tadqiqot metodlari va undan foydalanishni bilmaslik;

    3. Ilmiy tadqiqot ishi asosnomasini mustaqil tayyorlay bilmaslik;

    4. Adabiy manbalar bilan ishlashda qiyinchiliklarga uchrash;

    5. Bajarilgan tadqiqot ishining taqdimotini amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lmaslik va h.k.

    Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:
    - birinchisi, bevosita dars jarayonida: seminar, amaliy mashg‘ulot darslarida muammoli darslarni tashkil etish, muammoli vazifalarni qo‘yib, ularni yechishga undash, talabalarning mutaxassisligi yoki biror fan doirasida o‘quv loyiha(dars ishlanma, texnologik xarita, elektron qo‘llanma)larini yaratishga erishish;
    - ikkinchisi, darsning mantiqiy davomi bo‘lib, darsdan tashqari vaqtda o‘quv-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish: mustaqil ish, referat, kurs ishi, ilmiy, o‘quv-tadqiqot ishlarini bajarish, olimpiada va ko‘rgazmalarda o‘z chiqishlari va konferensiyalarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etish.

    Download 33.47 Kb.
      1   2   3




    Download 33.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasi

    Download 33.47 Kb.