• Raqamlar tugmalar
  • Informatika




    Download 35.8 Mb.
    bet17/70
    Sana31.10.2023
    Hajmi35.8 Mb.
    #92112
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
    Bog'liq
    newimetodichka informatika
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
    Funksional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
    Yo‘nalish tugmalari: Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o‘ngga va pastga siljitish.
    Yordamchi tugmalar: Home - Satr boshiga o‘tish. End - Satr oxiriga o‘tish. PgUp - Bir sahifa yuqoriga o‘tish. PgDn - Bir sahifa pastga o‘tish. Insert - Belgilarni o‘chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish holatini o‘rnatish. Delete - Keyin (o‘ngda) joylashgan bitta belgini o‘chirish.
    Raqamlar tugmalari: Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. 0-9 gacha raqamlar va /,*,-,+ belgilari.


    1.3. Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalari, ularning vazifalari

    S ichqoncha. Amallarni tanlash qismi. Sichqonchalar 3 xil bo‘ladi: standart, trekbol va sensor panel. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor panel bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan temir sharik bor, u stol bo‘yicha harakat qilganda maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu harakat kompyuterga jo‘natiladi va ekrandagi sichqoncha ko‘rsatkichi (strelkasi) biz belgilagan yo‘nalishda harakatlanadi.


    Sichqonchaning ikkita tugmasidan chap tugmasi asosiy, o‘ng tugmasi esa yordamchi bo‘ladi. Asosiy tugma bilan biz tugmalarni bosamiz, amallarni tanlaymiz, rasm chizamiz va har xil ob‘ektlarni cho‘zib joyini o‘zgartiramiz. O‘ng tugma esa bizga yordamchi menyuni ekranga chiqarishda yordam beradi.
    P rinterlar. Ma‘lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlar lazer, matritsali (ignali) va sepuvchi turlari bor. Har biri ishlash holati, tezligi, bosmani sifati va narxi, hamda ranglar bo‘yicha farqlanadi. Matritsali printerlar pechatlash moshinaga o‘xshagan holda ishlaydi. Qog‘oz va ignali qurilma o‘rtasida qora rangli lenta joylashadi va ignalar lentaga urganda qog‘ozda nuqtalar paydo bo‘ladi. Bu printerlar narxi o‘rtacha, ular juda sekin va shovqin bilan ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bo‘ladi.
    Sepuvchi printerlarda qog‘oz ustidan kraska joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyda kraska bilan nusxa qoldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular o‘rtacha tezligda va o‘rtacha shovqin bilan ishlaydi, bosmaning sifati o‘rtacha, rangli bo‘lishi mumkin. Ishlash vaqtida kraskalar kerak bo‘ladi.
    Lazer printerlarda qog‘oz magnitlangan qurilma ustidan o‘tib kerakli joylar magnitlanadi, keyin maxsus poroshok joylashgan qurilma tagidan o‘tib magnitlangan joylarga poroshok yopishadi va keyin issiq qurilma ustidan qog‘oz o‘tib shu poroshok eridi va nuqta hosil qilinadi. Lazer printerlar narxi baland, ular yuqori tezlikda va shovqinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori,bo‘ladi.
    Modem. Ma‘lumotlar bilan telefon aloqa orqali almashish qismi. Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bo‘yicha farqlanadi. Telefonda hamma ma‘lumotlar tovush holatida bo‘ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun, bitta modem raqamlarni tovush holatiga o‘tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o‘tkazadi. Bu holat modulyatsiya va demodulyatsiya deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan.
    Skanerlar. Tasvir va matn ma‘lumotlarini kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo‘yicha farqlanadi.

    Download 35.8 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




    Download 35.8 Mb.