• Hisobot shakli
  • KIBERNETIKA
  • Chirchiq davlat Pedogogika instituti 2021




    Download 35.8 Mb.
    bet2/70
    Sana31.10.2023
    Hajmi35.8 Mb.
    #92112
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
    Bog'liq
    newimetodichka informatika
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
    Chirchiq davlat Pedogogika instituti 2021
    1- AMALIY MASHG‘ULOT. AXBOROT TUSHUNCHASI VA TURLARI


    Ishning maqsadi:



      1. Informatika fani haqida

      2. Axborot tushunchasi

      3. Axborot turlari



    Hisobot shakli

    1. Amaliy mashg‘ulot ishining nomi


    2. Amaliy mashg‘ulotning topshirig‘i
    3. Topshiriq natijasi (elektron shaklda)


    1.1. Informatika fani haqida


    Informatikaga fan sifatida XX asrning 50- yillarida Fransiyada asos solingan. “Informatika” atamasi fransuzcha informatique va avtomatique so‘zlaridan tashkil topgan. Bu davrda Amerika va Janubiy Yevropa mamlakatlariga inson imkoniyatlaridan bir necha pog‘ona yuqori turgan, axborotni katta tezlikda qayta ishlay oladigan elektron hisoblash mashinalari (EHM) kirib kelgan va inson kundalik faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. Yevropa mamlakatlarida bu fan “informatics” sifatida taqdim etilgan. Amerikada u “computer science”, ya’ni kompyuter ilmi nomi bilan mashhur bo‘lgan.
    XX asrning 70–80- yillariga kelib kompyuter ilmi faqat olimlarni emas, balki butun jahon jamoatchiligini qamrab oldi. Ishlab chiqarish korxonalari hamda jamiyat hayotining turli sohalarida faol qo‘llanila boshlandi. Chunki bu davrda rivojlanish murakkab bosqichga yetdi. Yig‘ilib qolgan ulkan hajmdagi axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va tezkorlik bilan almashishda jiddiy muammolar yuzaga keldi. O‘z davrining yangi yo‘nalishi sanalgan “kompyuter ilmi” bu muammolarni o‘rgandi, ularni zamonaviy kompyuter va aloqa texnologiyalari yordamida yechish imkoniyatini yaratdi.
    INFORMATIKA – kompyuter va kommunikatsion texnologiyalar yordamida axborotni katta tezlikda izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini o‘rgatuvchi fan.
    O‘zbekistonga informatika fanining kirib kelishi 1970-yillarda O‘zbekiston
    Fanlar Akademiyasi «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining
    bosh direktori, kibernetika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
    matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Vosil
    Qobulovich Qobulov nomi bilan bog‘liq. Uning ilmiy ishlari hisoblash
    texnikasini fan, texnika va xalq xo‘jaligining turli sohalariga qo‘llash, ish
    jarayonini avtomatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
    KIBERNETIKA (yun. kybernetile – boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash jarayonlarni avtomatik tarzida boshqarish bilan shug‘ullanuvchi fan. Hozirgi kunda bu fan quyidagi yangi bo‘limlar asosida o‘rganilmoqda:

    • Hardware (qattiq qism yoki texnik ta’minot)

    • Software (yumshoq qism yoki dasturiy ta’minot)

    • Brainware (aqliy ta’minot yoki intellekt)

    Ilmiy qarashlarning va kompyuter texnologiyalarning yuqori tezlikda rivojlanishi atrofimizdagi olam va inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida ko‘p o‘zgarishlarga olib keldi.

    • Kompyuter injeneriyasi

    • sun’iy intellekt

    • robototexnika

    • golografik xotira

    • optik kompyuterlar

    • kvant kompyuterlar

    • neyro kompyuterlar




    Download 35.8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




    Download 35.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chirchiq davlat Pedogogika instituti 2021

    Download 35.8 Mb.