|
- rasm. Kompyuter disklarini testlash
Nazorat savollari
|
bet | 22/70 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 35.8 Mb. | | #92112 |
Bog'liq newimetodichka informatika PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR10.2- rasm. Kompyuter disklarini testlash
Nazorat savollari:
1. Everest dasturining vazifalari?
2. Everest dasturining imkoniyatlari?
10- amaliy mashg‘ulot bo‘yicha topshiriqlar
1. Nazorat savollariga javob bering.
2. Xar bir talaba Everest dasturini o‘z kompyuteriga o‘rnatsin va Everest dasturi ishlashi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tayyorlasin.
3. Amaliy mashg‘ulotda beriladigan vazifani bitta hisobot shaklida topshiring.
11- AMALIY MASHG‘ULOT. OPERATSION TIZIM. WINDOWS OPERATSION TIZIMINI O‘RNATISH
Ishning maqsadi:
11.1. Operatsion tizim tushunchasi
11.2. Windows 7 operatsion tizimini o‘rnatish va sozlash
11.1. Operatsion tizim tushunchasi
Hisobot shakli
1. Amaliy mashg‘ulot ishining nomi
2. Amaliy mashg‘ulotning topshirig‘i
3. Topshiriq natijasi (elektron shaklda)
11.1. Operatsion tizim tushunchasi
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo‘lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatish, tashqi qurilmalar bilan ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o‘rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux operatsion tizimlaridir.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS operatsion tizimi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 operatsion tizimi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 operatsion tizimi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 operatsion tizimi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 operatsion tizimi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP operatsion tizimini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Windows dasturning taniqli bo‘lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko‘p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklardir. Boshqa operatsion tizimlarga o‘xshab Windows operatsion tizimi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtida avtomatik ravishda yuklanadi. Windows so‘zi inglizcha “window” - oyna degan ma’noni anglatadi. Windows - oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlash tushuniladi.
|
| |