11.7- rasm. OT ni o‘rnatish jarayoni
O‘rnatish tugagandan so‘ng foydalanuvchi nomini va porolni kiritish talab etiladi(11.8-rasm).
11.8- rasm. Foydalanuvchi nomini va porolni kiritish
Windows OT ining sozlamalari tugashini kutamiz. Sozlamalar tugaganda so‘ng bizda quyidagicha yozuv paydo bo‘ladi(11.9- rasm).
11.9- rasm. Windows 8 ishchi oynasi
Nazorat savollari:
1. Operatsion tizim nima?
2. Operatsion tizimning qanday turlarini bilasiz?
3. Operatsion tizim o‘rnatilish ketma –ketligi haqida ma’lumot bering?
11- amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar
1. Xar bir talaba ixtiyoriy operatsion tizimni kompyuteriga o‘rnatadi
2. OT o‘rnatish ketma ketligi asosida hisobot tayyorlang
12-AMALIY MASHG‘ULOT. WORD MATN MUHARRIRINING INTERFEYSI BILAN ISHLASH
Ishning maqsadi:
12.1. WORD matn muharriri imkoniyatlari bilan tanishish
12.2.Word matn muharriri interfeysi
12.3. Word matn muharririda ishlash
Hisobot shakli
1. Amaliy mashg‘ulot ishining nomi
2. Amaliy mashg‘ulotning topshirig‘i
3. Topshiriq natijasi (elektron shaklda)
12.1. WORD matn muharriri imkoniyatlari bilan tanishish
Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko‘rinishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o‘lchami, rangi va ko‘rinishlarini o‘zgartirish va hokazo. Matn protsessorlari, odatda, rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko‘p qo‘llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
Matn ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo‘lgan Microsoft Office 2010 dasturlar majmuasiga kiritilgan Microsoft Word 2010 (qisqacha Word) matn protsessoridir. U juda ko‘p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi.
MS Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo‘lgan oynaning maxsus ish sohasida tashkil etiladi. Oynalarning o‘lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o‘z xohishiga qarab belgilab oladi.
Microsoft Office 2010 dasturlar majmuasining MS Word dasturini ishga tushirish turli xil usulda amalga oshirilishi mumkin:
masalalar paneliga biriktirilgan bo‘lsa, piktogrammasi yordamida;
Windows ish stolida hosil qilingan bo‘lsa, yorlig‘i yordamida;
quyidagi tugmalarni ketma-ketlikda tanlash yordamida:
П уск Программы (yoki Все программы) Microsoft Office Microsoft Word 2010
Word dasturida ishni tugallash uchun piktogrammasini yoki fayl menyusining Выход, ya’ni Chiqish buyrug‘ini tanlash yoki Alt + F4 klavishlarini birga bosish yetarli.
|