|
Hujjatda izlash va almashtirish
|
bet | 28/70 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 35.8 Mb. | | #92112 |
Bog'liq newimetodichka informatika PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGORHujjatda izlash va almashtirish
Katta hajmdagi matnda biror so‘z (nom yoki jumla) izlab topilishi va almashtirilishiga ko‘p vaqt sarfl anadi. MS Word dasturida bu jarayonni amalga oshirish qulay bo‘lishi uchun Izlash va almashtirish (Найти и заменить) muloqot oynasi bor. Mazkur oynani chaqirish uchun Ctrl + F tezkor klavishlar juftligini bosish yoki Bosh (Главная) menyuning Tahrirlash (Редактирование) mantiqiy guruhidan Almashtirish (Заменить) tugmasini tanlash mumkin. Natijada Izlash (Найти), Izlash va almashtirish (Найти и заменить) hamda O‘tish (Перейти) qatlamlaridan iborat quyidagi ko‘rinishdagi muloqot oynasi ochiladi(12.8- rasm):
12.8- rasm. Hujjatda izlash va almashtirish oynasi
Sahifa tartib raqami
Sahifaning asosiy xususiyatlari avval ko‘rilgan edi. Sahifa xususiyatlaridan yana biri sahifa tartib raqamidir. Sahifalarga tartib raqami berish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasi Kolontitullar (Колонтитулы) guruhining Sahifa tartib raqami (Номер страницы) tugmasi tanlanadi.
Natijada tartib raqami joyi va formatini aniqlashga oid quyidagi takliflar aks etadi(12.9- rasm):
12.9- rasm. Sahifaga raqam qo‘yish
Hujjatga maxsus belgilarni joylashtirish va formatlashning ba’zi imkoniyatlari yordamida sodda formulalar yozish mumkin. Murakkabroq formulalar yozish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasining Simvollar (Символы) guruhidan Формула ( ) tugmasi beradigan imkoniyatlardan foydalaniladi. Biror formulani yozish uchun yurgich formula joylashtirilishi lozim bo‘lgan satrga o‘rnatiladi va Формула ( ) tugmasi tanlanadi. Natijada rasmidagi kabi formula uchun joy aks etadi. Menyular satrida esa Formula bilan ishlash- Konstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekst-menyusi va unga mos quyidagi tasma aks etadi(12.10- rasm):
12.10- rasm. Fo‘rmular bilan ishlash
Formulalar muharriridan chiqish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini ish sohasining bo‘sh joyiga olib kelib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.
|
| |