• Raqamni surish
  • Pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari




    Download 35.8 Mb.
    bet6/70
    Sana31.10.2023
    Hajmi35.8 Mb.
    #92112
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
    Bog'liq
    newimetodichka informatika
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
    3.2. Pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari

    Sanoq sistemalari shu xossasiga ko‘ra raqamlarining pozitsiyasiga bog‘liq bo‘lgan va raqamlarining pozitsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan sanoq sistemalariga (qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalariga) bo‘linadi. Pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemasiga rim sanoq sistemasi misol bo‘ladi. Sizga ma’lumki, pozitsiyali sanoq sistemasi bo‘lgan o‘nlik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish juda qulay, lekin, pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemasi bo‘lgan rim sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish juda murakkab. Shuning uchun ham ajdodlarimiz raqamlar va sonlarni aniq bir shakllar tizimiga keltirish masalasiga katta e’tibor qaratganlar. Pozitsiyali sanoq sistemalari. Pozitsiyali sanoq sistemalarida qo‘llaniladigan qoidalar turlicha bo‘lsada, ular bir xil tamoyil asosida qurilgan. Mazkur tamoyilga ko‘ra ixtiyoriy manfiy bo‘lmagan N butun sonini p asosli sanoq sistemada quyidagicha ifodalash mumkin:



    ak , ak-1 ,.., a0 – berilgan sonni tashkil etuvchi raqamlar (ularning qiymati p dan kichik); k – sondagi raqamlar sonidan bitta kam miqdor (chunki birinchi razryad 0 (nol) dan boshlangan). Masalan, o‘nlik sanoq sistemasidagi 98327 sonida 7 raqami birlikni, 2 raqami o‘nlikni, 3 raqami yuzlikni, 8 raqami minglikni, 9 raqami o‘n minglikni ifodalaydi. Yuqoridagi ifodaga ko‘ra a0 = 7; a1 = 2; a2 = 3; a3 = 8; a4 = 9 va p = 10, k = 4 = (5 – 1) bo‘lib, berilgan son quyidagi shaklda bo‘ladi:

    Pozitsiyali sanoq sistemasining yana bir qulayligi shundaki, unda katta sonlarni kam miqdordagi raqamlar bilan ifodalash mumkin. Pozitsiyali sanoq sistemalariga ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari ham kiradi. Ikkilik sanoq sistemasida 2 ta raqam mavjud: 0 va 1. Sakkizlik sanoq sistemasida 8 ta raqam bor: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7. Sonlarni o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalash uchun o‘n oltita raqam: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F dan foydalaniladi. Bu yerda A, B, C, D, E, F raqamlarining qiymati mos ravishda o‘nlik sanoq sistemasidagi 10, 11, 12, 13, 14, 15 sonlarining qiymatiga tengdir. Ular sonlardan farqlanishi uchun lotin harflari bilan belgilangan. Sakkizlik sanoq sistemasida 8 soni, o‘n oltilik sanoq sistemasida 16 soni 10 ko‘rinishda yoziladi.
    Raqamni surish deganda uni sonlar alifbosida o‘zidan keyin kelgan raqamga almashtirish tushuniladi. Masalan, 1 ni surishda 2 ga, 2 ni surishda 3 ga va hokazo almashtiriladi.

    Download 35.8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




    Download 35.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalari

    Download 35.8 Mb.