Informatika va axborot texnologiyalari fani doirasidagi loyihalarni bajarishda klaster usuli




Download 17.94 Kb.
Sana20.10.2022
Hajmi17.94 Kb.
#27613
Bog'liq
Turkiya
PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI DOIRASIDAGI LOYIHALARNI BAJARISHDA KLASTER USULI
Annotatsiya. Maqolada informatika va axborot texnologiyalari fani o`qitishda klaster usuli yordamida loyihalar bajarilish tartibi bayon etilgan, uni umumiy o`rta ta’lim maktab o`quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fanlar o‘qitishda qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan. Ta'lim jarayonining turli bosqichlarida taqdimot klasterlaridan foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan, darslarni o'tkazishning tashkiliy shakllari keltirilgan. Taqdimot klasterlaridan foydalanish tahlil qilinib, o‘quvchilarning bilim faolligini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o`qitishda uzoq vaqt unutilgan loyihalar usuli klaster usuli bilan hamohanglikda yangi davomini topdi, u o`rganishga zamonaviy o`qitishning yangicha yondashuviga mos keladi. Loyiha usuli deganda o`quvchilar loyiha deb ataladigan maxsus amaliy vazifalarni tanlash, rejalashtirish va bajarish jarayonida bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladigan o`quv faoliyatini amalga oshirish usuli tushuniladi. Loyiha usuli odatda informatika va axborot texnologiyalarini o`qitishda qo`llaniladi, shuning uchun ham undan umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilari hamda OTM talabalari uchun ham foydalanish mumkin. Ma’lumki, loyiha usuli AQSHda taxminan yuz yil oldin paydo bo`lgan va 1920-yillarda u Markaziy Osiyo mintaqasi maktablarida keng qo`llanilgan.
Aniq va tabiiy fanlarni o`qitshda axborot texnologiyalarining joriy etilishi o`qitish samaradorligini oshirishda texnik vositalarning o`rni kata ahamiyat kasb etadi. Ta’lim loyihasi deganda o`quvchilarning amaliy vazifa-loyihani bajarish uchun ma’lum bir tarzda tashkil etilgan maqsadli faoliyati tushuniladi. Berilgan loyiha va vazifalarni bajarishga qaratilgan dars mashg`ulotlarini klaster usuli yordamida olib borish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunda klasterning asosida loyiha, uning qolgan bo`limlarida esa qo`yilgan masalani yechishga qaratilgan javoblar aks ettiriladi. Loyiha ma’lum bir mavzu bo`yicha kompyuter kursi, mantiqiy o`yin, laboratoriya jihozlarining kompyuter modeli va boshqalar bo`lishi mumkin.
Informatika va axborot texnologiyalari fanida AdobePhotoshop dasturi orqali ikki o`lchamli tasvirlar bilan ishlashni o`rganishingiz mumkin. Eng oddiy hollarda binolar chizmalarining loyihalari kompyuter grafikasini o'rganishda syujet sifatida ishlatilishi mumkin. Agar siz loyiha sifatida taqdimot yaratishni tanlasangiz, odatda PowerPoint dasturidan foydalanasiz yoki siz yanada rivojlangan Macromedia Flash dasturidan foydalanishingiz va yaxshi animatsiyalar yaratishingiz mumkin.
Download 17.94 Kb.




Download 17.94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika va axborot texnologiyalari fani doirasidagi loyihalarni bajarishda klaster usuli

Download 17.94 Kb.